1-tajriba ishi metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash. Ishdan maqsad


Download 21.36 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi21.36 Kb.

1-tajriba ishi
METALL VA UNING QOTISHMALARINI CHOKBOB SIMLAR BILAN YONUVCHI GAZLAR ALANGASI YORDAMIDA QIZDIRIB PAYVANDLASH.

Ishdan maqsad: Payvandlash jarayoni uskunalari va payvandlash texnologiyasini o’rganish. Oddiy payvandalsh ishlarini bajarish malakasini talabalarda qosil qilish.

Topshiriq

1. Xafsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.

2. Payvandlash uskunalarini va ularda ishlashni o’rganish.

3. Kam uglerodli po’latlarni payvandlash holatini tanlash.

4. Namunalarni uchma-uch yoki ustma-ust payvandlash.

5. Qilingan ishlar yuzasidan hisobot tuzish.



Ishni bajarish uchun zarur uskuna, material va asboblar:

1. Atsetilen generatori yoki atsetilen to’ldirilgan ballon.

2. Kislorod to’ldirilgan ballon.

3. Gaz yordamida payvandlash garelkasi.

4. Reduktor.

5. Rezina shlanglar.

6. Kalsiy karbidi Ca2C

7. Payvandlash simi.

8. Simdan tayyorlangan shyotka.

9. Kam uglerodli po’lat namunalari.

10. Xafsizlik texnikasi vositalari.

Uslubiy ko’rsatmalar.

Har bir talaba yoki talabalar guruhiga turli materillardan tayyorlangan turli qalinlikdagi metall namunalar beriladi. Payvadlash maxsus belgilangan joyda amalga oshiriladi. Atsetilen va kislorod ballonlari orasidagi masofa kamida 5 metr bo’lishi shart.

Gaz yordamida payvandlashda briktiriladigan qismlar uchlari va qo’shiladigan material (sim) ni suyuqlantirish uchun yoqilqi gazlar aralashmasining kislorodda yonishidan ajralib chiqadigan issiqligidan foydalaniladi. Yoqilg’i gazlar sifatida atsetilen, tabiiy gaz, koks gazi va boshqalar ishlatiladi.

Qo’shiladigan simning diametri payvandlanadigan metall qalinligiga boqliq ravishda tanlanadi. Amalda qo’yidagi munosabatlarga asoslanadi.


Metallning qalinligi


Simning (chiviq) diametri

1–2

Simsiz

2–3

2

3-5

2-4

5-10

3-5

Ishni bajarish tartibi

1. Payvandlash uchun ish joyini tayyorlash.

a) Yong’inga chidamli mato yoki fanerdan tayyorlangan shit bilan tajriba

joyini o’rash.

b) Polni va ishi stolini tozalash.

c) Himoyalovchi, ishchi jixozlarni, asboblarni va payvandlash uskunalarini ishga tayyorlash.

2. Briktiriluvchi namunalarni payvandlashga tayyorlash.

a) Namunaning biriktiriluvchi qismlarini turli xil qalamlardan tozalash.

b) Payvandlanuvchi qismlarini bir biriga mos keltirish.

3. Payvandlanuvchi metall qalinligini hisobga olgan holda quyidagilar tanlanadi:

a) Payvandlash gorelkasi uchlarining o’lchami

b) Payvandlash simning diametri va materiali.

c) Payvandlash jarayoning me’yorlari.

4. Tanlangan ish me'yoriga qarab payvandlash uskunasi sozlanadi.

5. O’ng va chap usullarni qo’llab namunani payvandlash.

6. Payvand choklarni tashqi tomondan tekshirib borish.



ГС-55 injektorli payvandlash gorelkasining texnik ko’rsatkichlari

Ko’rsatkich

Uchlik o’lchami


1

2

3

4

5

6

7

Payvandlanadigan metal qalinligi (po’lat), mm

0,5-1,5

1-2,5

2,5-4

4-7

7-11

10-18

17-30

Atsetilen sarfi, ls

55-135

130-260

250-440

430-750

740-1200

1150-1950

1900-3100

Kislorod sarfi, ls

50-125

120-240

230-430

400-700

600-1100

1030-1750

1700-1800

Kislorod bosimi, kGsm2

1-4

1,5-4

2-4

2-4

2-4

2-4

2-4

Atsetilen bosimi, kGsm2

0,01 dan kam emas
Bajarilgan ish yuzasidan hisobot

Material markasi

Namunaning qalinligi

Birikish usuli

Uchlik o’lchami

Payvandlash simining materiali va diametri

Bosim, kGsm2

O2

C2H2

































































Nazorat savollari

  1. Gaz yordamida payvandlash qanday amalga oshiriladi?

  2. Gaz yordamida payvandlashda qanday gazlar ishlatiladi?

  3. Payvandlash vaqtida xavfsizlik texnikasini aytib bering.

  4. Payvand choklar qanday tekshiriladi?

  5. Gaz yordamida payvandlash qanday hollarda ko’p ishlatiladi?

Payvandash gorelkasi qanday tutlarga ajratiladi?
Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling