8-amaliy mashg’ulot mavzu: Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash jihozlari va texnologiyasi. Himoyalovchi gazlar
Download 1.68 Mb.
|
8-mavzu. Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol himoyalovchi gazlar.
8-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash jihozlari va texnologiyasi. Himoyalovchi gazlar Himoyalovchi gazlar, o’z navbatida, faol va inert himoyalovchi gazlarga bo’linadi. Inert himoyalovchi gazlar. Inert gazlar suyuqlangan va qizigan metall bilan reaktsiyaga kirishmaydi va unga singimaydi. Shuning uchun payvandlashning keng tarqalgan turlaridan biri, bu inert himoyalovchi gaz muhitida payvandlashdir. Payvandlashda himoyalovchi inert gazlar sifatida, asosan, argon va geliy gazlari ishlatiladi. Argon ГОСТ 10157-79 asosida 2 ta navda tayyorlanadi: oliy-nav - argon 99,993% dan kam emas; birinchi nav – argon 99,98% dan kam emas. Geliy gazi texnik shartnoma TУ 51-689-79 asosida tayyorlanadi va 2 ta navda yetkazib beriladi: maxsus tozalikdagi geliy – geliy 99,98% dan kam emas; oliy tozalikdagi geliy – 99,00% dan kam emas. Geliyni himoyalovchi gaz sifatida ishlatilganda payvandlash yoyining metal erish chuqurligiga ta’siri oshadi. Argon va geliy gazlari suv sig’imi 40 litr bo’lgan ballonlarda 150 atmosfera bosimi ostida saqlanadi. Argon ballonlarining rangi kulrang bo’lib, undagi “Sof argon” yozuvi esa yashil rangda bo’ladi. Geliy ballonlarining rangi qo’ng’ir rangda bo’lib, undagi “Geliy” yozuvi esa oq rangda bo’ladi. Har ikkala gaz uchun ballonlarning tepa qismidan biroz joyi bo’yalmasdan, u yerga ballonlarning pasport ko’rsatkichlari o’yiq yozuv bilan yozilgan bo’ladi. Faol himoyalovchi gazlar. Faol himoyalovchi gazlar qiziga va suyuqlangan metallda yoki singiydi, yoki ular bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. Faol himoyalovchi gazlar sifatida po’latlar uchun karbonat angidrid gazi va mis qotishmalarini payvandlashda azot gazi ishlatiladi. Karbonad angidrid gazini himoyalovchi gaz sifatida ishlatilganda u payvand vannasini qisman oksidlaydi. Shuning uchun maxsus, tarkibida qaytaruvchi (kislorodni biriktirib oluvchi, temirdan faolligi yuqori) elementlari bo’lgan payvandlash simlari ishlatiladi. Jumladan, Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-08Г2СМА va shu kabilar. CO2 gazi 8050-85 ГОСТ asosida tayyorlanadi va 3 ta navda etkazib beriladi: oliy navli – CO2 tarkibi 99,8%; 1- nav – CO2 tarkibi 99,5% 2-nav – CO2 tarkibi 98,8%. Payvandlash ishlari uchun CO2 gaz yoki suyuq holatda keltiriladi. Suyuq holatdagi CO2 maxsus qurilma yordamida gaz holatiga o’tkazilib, so’ng payvandlash joyiga quvuro’tkazgichlar yordamida yetkazib beriladi. Suyuq CO2 40 litr suv sig’imiga ega bo’lgan ballonda 25 kg og’rlikda bo’ladi va gaz holatiga o’tganda 12,6 m3 hajmni egallaydi. CO2 ballonlari va maxsus idishlarining rangi qora, yozuvining ranggi esa sariq bo’ladi. CO2 gazi sanoatda uch xil usulda olinishi mumkin: Ohaktoshga sulfat kislotasi ta’sir ettirish yo’li bilan; Maxsus pechlarda koksni yoqish usuli bilan; Isitish qurilmalarining tutun gazlaridan yig’ish usuli bilan. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling