8-amaliy mashg’ulot mavzu: Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash jihozlari va texnologiyasi. Himoyalovchi gazlar


Inert gazlar muhitida payvandlash


Download 1.68 Mb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1004416
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash (2)

Inert gazlar muhitida payvandlash. Argon va geliy muhitida payvandlash suyuqlanadigan elektrodlar bilan ham, erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan ham olib boriladi.
Argon-yoy bilan payvandlash lehirlangan po’latlarni, rangli metallar va ularning qotishmalarini biriktirishda qo’llaniladi, u o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda eriydigan va erimaydigan elekrodlar bilan bajariladi (5.3-rasm).

Qo’lda argon-yoy bilan payvandlashda volfram elektrodning uchi konus shaklida o’tkirlanadi. O’tkirlangan uchining uzunligi, odatda, elektrod diametrining ikki-uch qismiga teng bo’lishi kerak.
Yoy maxsus ko’mir plastina yondiriladi. Yoyning asosiy metallda yondirish tavsiya etilmaydi, chunki bunda elektrodning uchi ifloslanishi va suyuqlanib, isrof bo’lishi mumkin.
Geliy-yoy bilan payvandlash prinspi ham argon-yoy bilan payvandlash kabidir. Argon-yoy bilan payvandlash vositasi uchma-uch burchakli birikmalarni hosil qilish mumkin.
Chok metalini asos tomonidan himoyalash va chok orqa tomonining shakllanishini ta’minlash uchun himoya gazlari puflanadi, chok asosi tomonidan himoya gazining ortiqcha bosimi hosil qilishda puflash uchun argon yoki ayrim hollarda (titanni payvandlashda) geliy ishlatiladi. Zanglamas po’latlarni payvandlashda argon, azot, karbonat angidrid gazi va azotning vodorod bilan aralashmasi (azot – 93%, vodorod – 7%) ishlatiladi.
Kremniy-marganesli simning kimyoviy tarkibi 5.1-jadval

Simning markasi

C

Si

Mn

Cr

Ni

S

P

CB-08ГС

<0,1

0,7-1,0

1,0-1,3

<0,2

<0,3

0,03

0,04

СВ-08Г2СА

<0,1

0,7-0,95

1,8-2,1

<0,2

<0,3

<0,03

0,035

Kompozitli mikrolegirlangan payvandlash simlarining xossalari 5.2-jadval




Simning markasi

Qutb

Yoy yonishining tavsifi

Tarqoqlik koeff.

Payvand chokining mexanik xossalari

σ, MPa

Ψ %

σ %

α, J/sm2

CВ-08Г2С

Teskari

Barqaror tarqoqlik koeff. yuqori

10-16

585-590

58-68

24-30

96-155

СвК-09Г2СЦ

Teskari

Barqaror

3-6

560-640

60-68

24-32

140-160

СвК-14Г2СНЦ

Teskari

Barqaror oqimli

1,5-3

580-650

63-69

26-33

125-169


Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash texnologiyasi.
Inert gazlar muhitida payandlash. Yuqori legirlangan po’latlar, titan va uning qotishmalari to’g’ri qutbli o’zgarmas tokda payvandlanadi. Oksid pardasini buzish uchun alumin va magniy qotishmalari o’zgaruvchan tokda payvandlanadi.
Qo’lda argon-yoy bilan payvandlash gorelkani tebratmasdan bajarladi; payvandlash sohasi himoyasi buzilishi ehtimoli bo’lganidan gorelkani tebratish tavsiya etilmaydi. Argon-yoy gorelkasi, mundshtugi bilan payvandlanadigan buyum orasidagi burchak 75-800 bo’lishi kerak. Eritib qo’shilgan sim gorelka mundshtugi o’qiga nisbatan 900 burchak hosil qilib joylashtiriladi, sim bilan buyum orasidagi burchak 15-200 bo’lishi kerak. (5.23-rasm).

Argon havodan og’irroq, shuning uchun uning oqimi yoyning payvandlash sohasini yaxshi himoyalaydi. Argon muhitidaki yoy juda turg’unligi bilan farq qiladi.
Argon muhitida payvandlash. Mis va zanglamas po’latlarning ba’zi bir xillarini payvandlashda yoy sohasi himoya qilish uchun kislorod qurilmalarida rektifikatsiya yo’li bilan hosil qilingan azotdan foydalanish mumkin. Azot bu materiallarga nisbatan inertdir. Azot qora rangli, sariq halqasimon chizig’i bo’lgan po’lat ballonlarda 150 atm. Bosim bilan saqlanadi va tashiladi.
Azot-yoy vositasida payvandlashda ko’mir yoki grafito’zaklar elektrod bo’lib xizmat qiladi, volfram elektrodlar ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ularning sifatida hosil bo’ladigan volfram juda ko’p sarf bo’ladi. Azot-yoyda ko’mir elektrod bilan payvandlashda yoyning kuchlanishi 22-30 V bo’lishi lozim. Payvandlash to’g’ri qutbli o’zgarmas tokda diametrik 6-8 mm li ko’mir elekrod bilan tok 150-500 A bo’lganda bajariladi. Azotning sarfi 3-10 l/daq. Ni tashkil qiladi. Azot muhitida payvandlash qurilmasining aynan o’zi. Ko’mir o’zaklarni mahkamlash uchun gorelkada almashtiriladigan maxsus uchliklar bo’lishi lozim.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash. Uglerodli va kam legirlangan po’latlarning chetlarini tayyorlash va uchma-uch ulanadigan choklarini taxminiy payvandlash reimlari 5.8-jadvalda keltirilgan.

Chetlari payvandlashdan oldin iflosdan, moy, zang va temirchilik kuyindilaridan, shuningdek, kislorod yordamida kesgandan keyin qoladigan shlaklardan yaxshilab tozalanadi. Uglerodli po’latlardan yasalgan detallarni karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash uchun o’zaro tutashtirish yoki Э42 yoki Э42A turdaki elektrodlar bilan yoki karbonat angidrid gazi muhitida yarimavtomatik payvandlab amalga oshirilishi mumkin. Legirlangan po’latlardan yasalgan detallarni o’zaro tutashtirish tegishli elektrod bilan bajariladi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash hamma fazoviy vaziyatlarda bajariladi. Payvandlashda teskari qutbli o’zgarmas tokdan foydalaniladi. Mundsgtuk bilan buyum orasidagi masofa tok 60-150 A, kuchlanish 22 V bo’lganida, odatda, 7-14 mm, tok 200-500 A va kuchlanish 30-32 V bo’lganida esa 15-25 mm bo’ladi. Elektrodni vertikalga nisbatan qiyalatish burchagi 15-200 ni tashkil etishi lozim.
Payvandlashdan oldin gaz uzatila boshlaydi va uning sarflanishi sarfo’lchash asbobi bo’yicha rostlanadi, shlanglar va tutgich havo qoldiqlaridan puflab tozalanadi.
Payvandlash boshlanishida elektrod 25-30 mm chiqib turishi kerak.
Elektrod bir tekisda surilishi lozim. Yupqa metallni payvandlash jarayonida elektrod faqat chok uzra ilgarilanma suriladi, ancha qalin metallni payvandlashda esa elektrodning uchi bilan ko’ndalang harakatlar ham qilinadi (5.24-rasm a).

Payvandchi elektrodni chapdan o’ngga (burchagi bilan orqaga) yoki o’ngdan chapga (burchagi bilan oldinga), yoxud elektrod chok tekisligiga nisbatan tikkasiga joylashtirilganda “o’ziga tomon” surib borishi mumkin. Elektrodni 5-200 chamasi oldinga yoki orqaga qiyalatsa ham bo’ladi.
Payvandlash vannasining diametrik 30 mm dan katta bo’lmasligi kerak. Keng choklari ingichka valiklar hosil qilib katta tezlikda payvandlash lozim. O’ngdan chapga (burchagi bilan oldinga) payvandlanganda asosiy metallning erish chuqurligi kamayadi, valik esa kengroq chiqadi. Bu usuldan yupqa metal yoki payvandlash hamda sovish jarayonida darz ketishga moyil bo’lgan legirlangan po’latlarni payvandlashda foydalanilgan ma’qulroq.
Tavr birikmalarning burchak choklarini payvandlashda elektrod bilan tavrning vertikal devori orasidagi burchak 25-350 olinadi. Tutqich holati va elektrod uchini surish 5.24-rasm, b da ko’rsatilgan.
Metal qalinligi 2 mm dan kam bo’lganida yoy gazlarning bosimi erigan metallning oqishiga yo’l qo’ymaslik uchun gorizontga nisbatan 600 dan ortiq burchak ostida joylashgan tekislikdagi choklar, shuningdek, vertikal choklar yuqoridan pastga tomon payvandlanadi. Payvandlanayotganda iloji boricha kichik kuchlanish va tok ishlatilgani ma’qul. 2 mm dan qalin metallni elektrodni <> qiyalatib, pastdan yuqoriga tomon vertikal choklar hosil qilib payvandlash mumkin.
Gorizontal choklar pastdan yuqoriga qaratilgan elektrod bilan ko’ndalangiga tebratmasdan, 17-18 V kuchlanishda payvandlanadi. Ship shoklar iloji boricha kichkina kuchlanish va tokdan foydalanib, shuningdek, karbonat angidrid gazidan ko’proq sarflab, elektrodni <> qilib payvandlanadi.
Qalinligi 1,5-3 mm metal <> uchma-uch qilib vertikal holatdagi elektrodni chok o’qi bo’ylab surib payvandlanadi. Yupqa (0,9-1,2 mm) metal mis taglikda yoki qoladigan po’lat taglikda pastki holatda, yoki vertical holatda tagliksiz payvandlanadi.
Qalinligi 1-1,5 mm metallni (zazor 1,5-2 mm gacha bo’lganda) uchma-uchiga 0,8 mm sim bilan karbonat angidrid gazidan yarimavtomatik payvandlash mumkin. Payvandlashni tugatayotib, kraterni metallga to’ldirish, so’ngra simning uzatilishini to’xtatish va gorelkani chetlatmasdan tokni ajratish va vannadagi metal qotmagunicha karbonat angidrid gazi uzatilishi kerak.
Metal oksidlanmasligi uchun yoyini tortib, tutgichni chetlashtirib, payvandlashni to’xtatish yaramaydi.
Payvandlash simi payvandlanadigan po’latning markasiga qarab tanlanadi. 5.9-jadvalda turli po’latlarni payvandlashda ishlatiladigan payvandlash simlarining ba’zi bir markalari ko’rsatilgan.
Po’latlarning turli markalarini payvandlash uchun ishlatiladigan sim markalari.

Rusumi

Ishlatilishi

CB-08 ГС

300-400 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po’latlarni payvandlash uchun

CB-08 Г2С

600-750 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po’latlarni payvandlash uchun

Св-10Х2С

Puxtaligi oshirilgan kam legirlangan po’latlarni payvandlash uchun

Св-10Х2СМ

15XMA turdagi issiqbardosh po’latlarni payvandlash uchun

Св-08ХГСМФ

20ХМФ turdagi issiqbardosh po’latlarni payvandlash uchun

Св-08Х3Г2СМ

30ХГСА markali po’latlarni payvandlash uchun

Св-08Х14ГТ
Св-08Х17Т

X13, X17 turdaki xromli po’latlarni payvandlash uchun

Св-06Х19Н9Т
Св-08Х19Н10Б

OX18H10, OX18H9, OX18H10T rusumli korroziyaga chidamli po’latlarni payvandlash uchun

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling