Kasb ta’limi Cholg’u ijrochiligi bo’limi 4-bosqich talabasi Rashidov Qahramonning 5-amaliy topshiriq javoblari


Download 21.39 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi21.39 Kb.
#110454
Bog'liq
qahramon 5-mashg'ulot


Kasb ta’limi Cholg’u ijrochiligi bo’limi 4-bosqich talabasi Rashidov Qahramonning 5-amaliy topshiriq javoblari

  1. Topshiriq. Jadvalni moslang



1

1989 yil 10 iyul

A

Fransiyaning hozirgi davrida amal qilayotgan ―Ta`lim haqidagi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan.

2

O‘rta guruh

B

4 yoshdan 5 yoshgacha

3

Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz

C

FiNlandiya ta’lim tizimi shiori

4

quyi (alakoulu)

D

1-6 sinf Buyuk Britaniya

5

102 ta universitet

E

Respublikamizda Unversitet OTMlar soni 102 taga yetdi. Ushbu ro‘yxatdan harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari o‘rin olmagan.MAHALLIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI 
1 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
2 O‘zbekiston milliy universiteti 
3 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 
4 Toshkent davlat texnika universiteti 
5 Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali 
6 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali 
7 Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali 
8 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
9 Toshkent moliya instituti 
10 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 
11 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
12 Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
13 Toshkent davlat pedagogika universiteti 
14 Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali 
15 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
16 Andijon mashinasozlik instituti 
17 Andijon davlat universiteti
18 Buxoro davlat universiteti 
19 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
20 Guliston davlat universiteti 
21 Jizzax politexnika instituti 
22 Qoraqalpoq davlat universiteti 
23 Qarshi davlat universiteti 
24 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 
25 Namangan davlat universiteti 
26 Namangan muhandislik-qurilish instituti 
27 Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
28 Samarqand davlat universiteti 
29 Samarqand davlat chet tillar instituti 
30 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
31 Termiz davlat universiteti 
32 Termiz davlat universiteti Denov filiali 
33 Farg‘ona davlat universiteti 
34 Farg‘ona politexnika instituti 
35 Urganch davlat universiteti 
36 Navoiy davlat pedagogika instituti 
37 Nukus davlat pedagogika instituti 
38 Jizzax davlat pedagogika instituti 
39 Qo‘qon davlat pedagogika instituti 
40 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
41 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 
42 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali 
43 Toshkent davlat agrar universiteti 
44 Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali 
45 Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali 
46 Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali 
47 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 
48 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali 
49 Toshkent tibbiyot akademiyasi 
50 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 
51 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali 
52 Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 
53 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti 
54 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali 
55 Toshkent farmatsevtika instituti 
56 Toshkent davlat stomatologiya instituti 
57 Andijon tibbiyot instituti 
58 Buxoro tibbiyot instituti 
59 Samarqand tibbiyot instituti 
60 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 
61 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
62 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 
63 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali 
64 Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 
65 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 
66 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 
67 Milliy rassomlik va dizayn instituti 
68 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
69 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali 
70 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali 
71 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 
72 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali 
73 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 
74 Toshkent davlat yuridik universiteti 
75 Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali 
76 Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti 
77 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti 
78 Navoiy davlat konchilik instituti 
79 Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali 
80 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 
81 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
82 Toshkent arxitektura-qurilish instituti 
83 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 
84 Ipak yo‘li turizm xalqaro universiteti 
85 Akfa universiteti 
XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI 
1 I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali 
2 M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali 
3 G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali 
4 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 
5 Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti 
6 Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti 
7 Toshkent shahridagi Inxa universiteti 
8 Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq shahridagi filiali 
9 Toshkent shahridagi Puchon universiteti 
10 MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali 
11 Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filiali 
12 Toshkent shahridagi Adju universiteti 
13 Toshkent shahridagi Amiti universiteti 
14 Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti) Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali 
15. Sharda universiteti 
16. Toshkent shahridagi Vebster universiteti 
17. Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand shahridagi filiali 6

“Onalar maktabi”

F

Fransiya maktabgacha ta’lim tizimi

7

yuqori (yläkoulu)

G

7-9 sinf

8

Mustaqillik

H

mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatish




  1. Topshiriq Dual ta’lim tizimi

Afzalliklari

  • o‘qish jarayoniga korxonalar jalb qilinganligidan ijtimoiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi sababli kuchli siyosiy aloqadorlik usulini paydo bo‘lishiga olib keladi;

  • xalq xo‘jaligining davlat tuzilmasi, shuningdek, nodavlat xususiy tadbirkorlik nuqtai nazaridan ham foydali moliyaviy usul hisoblanadi;

  • xalq xo‘jaligining rivojlanishida zarur bo‘lgan o‘rta pog‘onada malakali kadrlarning bandlik darajasi yuqori bo‘ladi.




Kamchiliklari

  • ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarga kasb-hunar sirlari nisbatan tor ixtisoslik doirasida o‘qitilganligi uchun jamiyatda va xo‘jaliklarda ishlash uchun keng imkoniyat yaratilmaydi;

  • birgina yo‘nalishda malaka oshirilgani sababli ular yaqin ikkinchi bir yo‘nalishga moslashuv mexanizmi cheklangan;

  • kasb - hunar ta’limini amalga oshirish o‘ziga xos berk xarakterga ega;

  • tor mutaxassislik berilganligi mutaxassis shaxsning tashabbuskorligi va erkinligi chegaralangan bo‘ladi;

  • taklif qilinayotgan o‘quv muassasalarini ishlab chiqarish korxonalarining smeta xarajatlariga bog‘liqligi uchun ko‘p sondagi tinglovchilar malaka oshirishdan foydalana olmaydi.





  1. Topshiriq . Yaponiya Ta’lim tizimi haqida 5 varaqdan kam bo’lmagan taqdimot tayyorlang.- YAPONIYA-juda tez rivojlanaѐtgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunѐdagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda YAponiya dunѐdagi barcha davlatlar uchun ochiq va halqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok etib kelmoqda. YAponiyada juda qadimdan xalqning aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siѐsati eng muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda YAponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori bo‘yicha dunѐda 2-o‘rinda turadi. YAponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. YAponiya o‘z oldiga 2 vazifani: 1-boyish, 2-g‘arb texnologiyalarini YAponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini angladi. Maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’limga YAponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 ѐshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. YApon aѐllari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon aѐllarining aytishlaricha, bola tarbiyasi-ularning haѐtlarining maqsadlaridir. YAponlar bolaning erta voyaga etishi tarafdoridirlar. Turli ѐshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 ѐshda-o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 ѐshda-amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 ѐshda-burch hissini tarbiyalash, 4 ѐshda-yaxshilik va ѐvuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 ѐshdaliderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak 52 tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni engishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayѐrlaydilar. YAponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar-―xan‖larga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada ―o‘z ish o‘rni‖ ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar. SHu tariqa eng kichik ѐshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday xanlar keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. YAponiya bog‘chalariga 3-5 ѐshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. SHuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 ѐshdagi bolalarning barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bolalar bog‘chasi YAponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayѐrlashdir. Bu erda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi. Boshlang‘ich ta’lim -―sѐgakko Boshlang‘ich maktab ta’limning ilk 6 yilini qamrab oladi va uning asosiy qismi hisoblanadi. YAponiyada maktabga 6 ѐshdan boriladi. 53 Boshlang‘ich maktabga 6 ѐshdagi yapon bolalarning 99% qatnaydi. 99% yapon boshlang‘ich maktablari davlat tasarrufida, 1% - xususiy. O‘quv rejasiga yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika kabilar kiradi. San’at va hunar (yapon xusni xati), musiqa, uy xo‘jaligini yuritish, jismoniy tarbiya, axloqiy odobnoma akademik predmetlar hisoblanmaydi. YAponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy va bepul bo‘lib, mashg‘ulotlar aprel oyida boshlanadi. O‘quv yili 3ta choraktrimestrga bo‘linadi. 1-chorak-6 apreldan-20 iyulgacha davom etadi, keyin ѐzgi ta’til boshlanadi. 1-sentyabrdan 2-trimestr boshlanadi va 26 dekabrgacha davom etadi. 26-dekabrdan 7-yanvargacha qishli ta’til bo‘ladi. Oxirgi 3-trimestr 7- yanvardan 25-martgacha davom etadi. 25-martdan 6-aprelgacha bahorgi ta’til bo‘ladi. SHu paytda o‘quvchilar sinfdan sinfga ko‘chadi. CHoraktrimestrlarning boshlanishi va tugallanishi turli maktablarda turli sanalarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ta’til paytida o‘quvchilar uy vazifalarini oladilar. Ba’zan ta’til paytida ham, agar trimestrda yaxshi o‘qimagan bo‘lsa, maxsus kurslarda o‘qiydilar. YAponiyada o‘qish 6 kunlik, lekin har 2-shanba dam olish kuni hisoblanadi. Maktablarda o‘qitish dasturi o‘zgaruvchan, lekin Ta’lim vazirligi tasdiqlagan standartlarga asoslanadi. Boshlang‘ich ta’limni moliyalashtirish, o‘qituvchilar bilan ta’minlash, maktab dasturlarini yaratish mahalliy hokimiyat zimmasida.

  2. Finlandiya ta’lim tizimining o’ziga xosliklari.-O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi.

Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling