Kasbiy faoliyat samaradorligining ko‘rsatkichlari quyidagilar


Download 17.91 Kb.
Sana26.07.2023
Hajmi17.91 Kb.
#1662696
Bog'liq
Kirish


Kirish
Kasbiy faoliyat samaradorligining ko‘rsatkichlari quyidagilar:

  1. Natijaviy ko‘rsatkichlar:

  • maqsadga muvofiqlik, natijalarning dastlabki maqsadlarga mosligi, samaradorlik;

  • mahsuldorlik, mehnat predmetini o‘zgartirishda namoyon bo‘ladigan natijalar;

  • tejamkorlik, manbalar, vaqt va ishchi kuchidan minimal darajada foydalanish;

  • qulaylik, mazkur sharoitda eng yaxshi natijalarga erishish uchun minimal darajada vaqt va kuch sarf qilish;

  • yuksak namunalarga mos keladigan faoliyat usullarini o‘zlashtirish va natijalarga erishish;

  • yangi vazifalar qo‘yish, nostandart texnologiyalarni topish, umuman yangi mahsulot yaratish, shakllangan tajribalardan chetga chiqish (kasbiy ijod, yangiliklar yaratish).

2. Jarayonga xos ko‘rsatkichlar:

  • kasbiy faoliyat vazifalarining turli-tumanligi;

  • ijtimoiy talablarga moslashuvchan, qulay texnologiyalardan foydalanish;

  • kasbiy faoliyat sub’ektining shakllanganligi (kishining maqsad qo‘ya olishi, anglashi, faoliyatni boshqara olishi);

  • kasbiy faoliyatda deformatsiyalarning mavjud emasligi (maqsad, zveno va operatsiyalarni o‘tkazib yubormaslik);

  • o‘tmish tajribaga asoslanish va o‘zining shaxsiy tajribasiga ega bo‘lish;

  • aniq faoliyat turlarini egallash, ixtisoslashuv;

  • bir necha oraliq faoliyat turlarini egallash, universallik);

  • ixtisoslik talablariga mos keladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash.

3. Professional muloqotning rivojlanganlik ko‘rsatkichlari:

  • hamkorlikda, jamoa bo‘lib bajariladigan kasbiy faoliyat samaradorligining oshishi;

  • “komanda” bo‘lib bajariladigan ish usullarini egallash, yuqori darajada mahsuldor kasbiy faoliyatning mavjudligi;

  • yangi kasbiy muhit, ishga oid va ijodiy muloqotni loyihalash;

  • hamkorlikdagi mehnat faoliyatida o‘zaro bilish, o‘zaro tushunish, bir-birini tuzatish;

  • hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilarining psixik rivojlanishi uchun ichki zahiralarni safarbar etish uchun zarur sharoit yaratish;

  • hamkorlikdagi mehnat faoliyatida funksiya va rollarni oqilona taqsimlash;

  • kommunikativ texnikaning ko‘plab turlaridan foydalanish;

  • hamkasblar bilan nizolarsiz hamkorlik qilish;

  • mehnat jarayonida boshqa kishini o‘rganish, unga hamdard bo‘lish;

  • boshqa kishilar tomonidan samarali natijalarga erishish maqsadida to‘plangan tajribani tahlil qilish;

  • iste’molchilar ehtiyojlari va kasbiy faoliyat natijalarini hisobga olish;

  • kasbiy faoliyatda ijobiy psixologik muhitni ta’minlash, ishtirokchilarning hamkorlikdagi faoliyatdan o‘zaro qiniqishiga erishish;

  • mazkur guruhda qabul qilingan kasbiy etika, me’yor va muloqot tiliga rioya qilish.

4. Yetuk mutaxassis shaxsining ko‘rsatkichlari:

  • mazkur kasbning ahloqiy qadriyatlari va mentalitetini tushunish;

  • shaxsiy kasbiy tajribasini to‘plash va tahlil qilish;

  • o‘z kasbining ustasi sifatida namoyon eta olish, kasbiy rivojlanishi uchun eng qulay ssenariyni tashkil eta olish;

  • o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olish va kompensatsiya qilish (o‘rnini to‘ldirish);

  • kasbiy faoliyatda kishining imkoniyatlariga mos keluvchi, kasbiy topshiriq va faoliyat usullarini birlashtiruvchi individual uslubni shakllantirish;

  • o‘zini saqlab qolish uchun xavf tug‘ilgan paytda ham mehnat faoliyatini blokirovka qilish (ajratib olish), xulq-atvorga xos kasbiy xatti-harakatlarning adekvatligi va tejamkorligi;

  • o‘z imkoniyatlarini maksimal tarzda safarbar eta olish, kuch-quvvatni bir joyga to‘plash;

  • mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda butun kuch-quvvatni yuqori darajada safarbar etish va to‘plash, ortiqcha zo‘riqishlarning oldini olish;

  • o‘z kasbining ustasi sifatida mehnatga ijobiy munosabat va undan to‘liq qoniqish hosil qilishni ta’minlash;

  • har bir yangi imkoniyatni kasbiy takomillashuvga safarbar etish, foydalanilmay qolgan imkoniyatlar uchun mas’uliyatni his qilish;

  • individual kasbiy optimumni ishlab chiqishga qobiliyatli bo‘lish;

  • kasblar dunyosi va ular uchun zarur sifatlar haqida bilimga ega bo‘lish;

  • o‘zining kasbiy faoliyat ko‘p qirrali ekanligi anglagan holda faoliyat hamda muloqotning turli soha va turlarida muvaffaqiyat qozonishga intilish;

  • shaxsning kasbiy tipiga yaqinlashli, mazkur mehnat faoliyati uchun muhim bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish;

  • shaxs deformatsiyalarining mavjud emasligi;

  • kasb uchun muhim bo‘lgan cho‘qqilarni zabt etish usullarini o‘zlashtirish, akmeogramma tuzish.

Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling