Kashtan Kashtan
Download 20.68 Kb.
|
Kashtan
Kashtan Kashtan (Castanea) - qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shimoliy Amerika, Sharqiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. Kashtan 500-1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin Kashtan (C.sativa) Qora dengiz boʻylari va Zakavkazyeda, togʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Bo‘yi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng, bargi oddiy, yirik, uzunligi 12-25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastgi qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), to‘q jigarrang. Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5-10-yilda meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sentabrdan noyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120–140 kg hosil olinadi. Kashtan mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8-11% azotli moddalar, 2% moy, vitaminlar, limon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochida, poʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6-14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos hushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel ishlab chiqarishda, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoqlar ishlab chiqariladi. Kashtanning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tarqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. Kashtan urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasalliklari: ildiz vatana raki, oʻzak chirishi. Zararkunandalari: meva qurti, qoʻngʻizlar va b. Matnda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni nechta va ular qaysilar? Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni fonetik tahlil qiling. Unlilarning o‘zaro o‘rin almashinishini tushuntiring. Download 20.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling