Qoraqayindoshlar oilasi Kashtan


Download 25.28 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.28 Kb.
#1578588
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilasi


Qoraqayindoshlar oilasi
Kashtan (Castanea)qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shim. AmerikaSharqiy OsiyoOʻrta dengiz sohillariMarokashTunisKavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. Kashtan 500—1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin Kashtan (C.sativaQora dengiz boʻylari va Zakavkazyedatogʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng , bargi oddiy, yirik, uz. 12—25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimonbir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), tuq jigarrang . Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5—10-yilda meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sentabrdan noyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120–140 kg hosil olinadi. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moyvitaminlarlimon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochidapoʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6—14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalarifanermebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikdaqurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. Kashtanning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. Kashtan urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi.
211-guruh talabasi Umirova Mahliyo


Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling