Kassirlar uchun yo‘riqnoma


Download 49.99 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi49.99 Kb.
#1625356
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kassirlar uchun yo‘riqnoma (3)


Kassirlar uchun yo‘riqnoma:
Ushbu eslatma korzinka.uz ilovasidan foydalanish vaqtida mijozlar bilan muloqot qilishga yordam beradi
X – xaridor
K – kassir
___________________________________________________________________
X: ilovani qayerdan yuklab olsam bo‘ladi?
K: Siz ilovani Play market (Android uchun) yoki App store (IOS uchun), shuningdek, reklama materialimizdagi QR-kodni skanerlash orqali yuklab olishingiz mumkin.

X: “Sodiqlik kartasi”ni ilovaga qanday qilib biriktiraman?


K: Uni karta shtrix-kodi va telefon raqamini kiritish orqali qo‘shishingiz mumkin.
Siz karta shtrix-kodi va kartani olganingizdan so‘ng so‘rovnomada to‘ldirilgan telefon raqamingizni kiritish orqali kartangizni qo‘shishingiz mumkin. Agar siz raqamni o‘zgartirgan bo‘lsangiz, 78 1401414 aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, almashtirish uchun ariza berishingiz kerak bo‘ladi. Shaxsiy ma’lumotlar almashtirilganidan keyin esa kartani dasturga qo‘shasiz.
__________________________________________________________________
K: Sizda sodiqlik kartasi bormi?
X: yo‘q, unutibman.
K: Siz bizning ilovani yuklab olib, unga kartani biriktirib qo‘yishingiz mumkin. Shunda sizda xavotirlanishga va kartani qidirishga hojat qolmaydi.
___________________________________________________________________
X: Nega mobil ilovani ishlatish vaqtida sodiqlik kartasi balansidan 200 000 bonusdan ortig‘ini yecholmayman?
K: Hurmatli mijoz, mazkur cheklov xavfsizlik maqsadida o‘rnatilgan.
X: Nega ekan, ustingizdan shikoyat qilaman, men kartadan 200 000 bonusdan ko‘proq yechishingizni talab qilaman.
K: Biz albatta Sizning shikoyatingizni yetkazamiz. Agar yoningizda karta bo‘lsa, biz qancha desangiz, shuncha yechishimiz mumkin. Jismoniy kartalarga cheklovlar yo‘q.
___________________________________________________________________
Agar mijoz telegram-bot orqali elektron kartani taqdim etsa, uni faqatgina hisoblash uchun qabul qilish, shuningdek, ilovani yuklab olishni taklif qilish kerak.
K: Siz ilovani Play market (Android uchun) yoki App store (IOS uchun), shuningdek, reklama materialimizdagi QR-kodni skanerlash orqali yuklab olishingiz mumkin.
X: Qanday bank kartalarini qo‘shsam bo‘ladi?
K: Hurmatli mijoz, siz Uzcard va Humo bank kartalarini qo‘shishingiz mumkin.

QR-kodni skaner qilgandan keyin xatolik yuz berdi – Kartadan mobil ilova orqali foydalanish kerak yoki telefonda noto‘g‘ri vaqt o‘rnatilgan. Mazkur xatolik kassir “Tab” tugmasini bosgan holda kartaning o‘zini yoki telegram-botdagi elektron kartani o‘tkazmoqchi bo‘lganida, shuningdek, mobil telefonda vaqt noto‘g‘ri o‘rnatilgan (Avtomatik sozlashga o‘tkazilmagan) bo‘lsa, kelib chiqadi.


K: Hurmatli mijoz, telefoningizdagi vaqtni tekshirib ko‘rsangiz, agar u qo‘lda o‘rnatilgan bo‘lsa, uni avtomatik sozlash rejimiga o‘tkazish kerak.

Download 49.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling