Katalitik kreking qurilmalari uchun xom ashyo hisoblangan gazoyl frakstiyalari miqdorini ko’paytirish muhim masala hisoblanadi


Download 52.57 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi52.57 Kb.
#1573695

Katalitik kreking qurilmalari uchun xom ashyo hisoblangan gazoyl frakstiyalari miqdorini ko’paytirish muhim masala hisoblanadi. Jarayonni muhimligi shundaki, xom ashyo termik parchalanishi bilan uning smolali qoldiqlari bug’latgichda qoladi.destruktiv haydash vaqtida benzin va kerosin frakstiyalari asosan zmeevikli pechda hosil bo’lsa, gazoyl frakstiyalari past bosimlarda va 420-425 0C da ishlovchi bug’latishda hosil bo’ladi. Krekinglanadigan suyuqlikning bug’latgichda bo’lish davomiyligi taxminan 1,5 soatni tashkil etadi. Xom – ashyoni pechdan chiqishdagi harorati 460-475 0C ga teng. Xom – ashyoni bir karrali o’tkazishdagi uzluksiz ishlovchi qurilma tarkibiga qizdirish pechi va bug’latuvchini o’z ichiga oluvchi yuqori temperaturali sekstiya va frakstiyalash, hamda sovutish sekstiyalari kiradi.
Neftni haydash qurilmasidan kelayotgan mazut 8-nasos yordamida 5 va 6-issiqlik aralashtirgichlardan o’tib 2-zmeevikli pechga beriladi. Mazut zmeevikli konvekstion quvurlari bo’ylab o’tib, radiant qismi quvurlariga tushadi. Radiant qism quvurlar ikkinchi qatori bo’ylab qizdirilgan bug’ kiritiladi. Aralashma zmeevikni radion qismidan chiqib, 3-bug’latgichni pastki qismidan beriladi bu erda ham aralashma berilayotgan qismni pastidan qizdirilgan suv bug’i beriladi. Bug’latgich hajmi suyuqlikni bo’lish vaqti va u orqali suv bug’ini haydash uchun etarlidir
Bug’latgichdan 4-porshenli nasos yordamida chiqariladigan og’ir qoldiqni qovushqoqligini kamaytirish maqsadida 2-nasos yordamida suyultiriluvchi qo’shimcha qo’shiladi. Sukyultiriluvchi qo’shimcha sifatida qurilmadan olinayotgan dizel frakstiyasidan oz miqdorda qo’shiladi.
Bug’latgich yuqoridan chiquvchi tarkibida oz miqdorda kreking gaz bo’lgan aralashma bug’lari 5 – issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchilar hisoblanadi, bu erdan uglevodorod kondensati, gazlar va bug’lar 9-rektifikastionkolonna pastki tarelkasidan beriladi. Bu kolonnani 6 va 7-tarelkalar oralig’ida ichki tub joylashtirilgan. Aralashma bug’lari 6-tarelkaga etganda, 6-issiqlik almashtirgichda yuboriladi. Bu erda hosil bo’lgan suyuq flegma 5-tarelkaga oqib tushadi, bug’lari esa 7-tarelka ostidan kiritiladi, kolonnadagi tarelkalarning umumiy soni 15 ta.
Kolonna pastki mahsuloti boshlang’ich qaynash harorati 3400C atrofidagi gazoyl frakstiyasi hisoblanadi. Dizel yoqilg’isi frakstiyasi 10-bug’latish kolonnasi orqali chiqariladi.
Oltingugurtli mazut (zichligi 20 0C da 942 kg/m3, koks darajasi 9,5% (massa, oltingugurt miqdori 2% massa) va 350 0C gacha bo’lgan frakstiya 4,7% massani mazutni destruktiv haydashdagi qurilma ish rejimi quyida keltirilgan.



Xom ashyoni pechdan chiqishdagi harorati, 0C

460-475

Mazutga nisbatan suv bug’i sarfi, % (mass)




Radiant quvurlarda

1,5-2,0

Bug’latgichning pastida

5,5-2,0

Bug’latgichda qoldiqni bo’lish vaqti, min

40-120 min

Bug’latgichdagi ortiqcha bosim, MPa

0,2-0,3

Bug’latgichdagi bug’lar tezligi, m/s

0,26




Rasm-21. Katalitik kreking usulidan foydalanib mazutni distruktiv usulda haydash jarayoni texnologik sxemasi:


1-quvurli pech; 2, 8-bug’latgich; 4-porshenli nasos; 5, 6- issiqlik almashtirgichlar; 7-sovitkich; 9-rektifikatsion kolonna; 10-bug’latuvchi kolonna.
Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling