Kationlarning II – analitik guruxiga umumiy xarakteristika


Download 21.41 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1745866
  1   2
Bog'liq
laboratoriya ishi-3


Kationlarning II – analitik guruxiga umumiy xarakteristika.Ikkinchi guruh kationlariga Ba2+,Ca2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu kationlarning karbonitlari suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydn. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 guruh reageiti hisoblanadi. BaS, CaS va SrS sulfidlar suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib II — guruh kationlari sulfidlarini, suvda erimaydigan III —V guruq kationlaridan ajratish mumkin. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari rangsiz kationlardir. Kislotali tuproqda Sa2+ ionlari N+ ionlariga, sho’rxok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashgan bo’ladi. Kislotali tuproqlarga CaCO3, sho’rxok tuproqlarga esa CaSO4•H2O gips qo’shiladi.Tarkibidakalsiy va fosfor bo’lgan birikmalar qishloq xo’jaligida o’g’itsifatida ishlatiladi.
Ca3(PO4)2+2CaSO4— fosfat tolqoni.
Ca(H2PO4)2 +2CaSO4 — oddiy superfosfat.
Ca(H2PO4)2 — qo’sh superfosfat.
CaHPO4•2H2O —presipitat.
CaSN2defoliant,
Ca(NO3)2— kalsiyli selitra.
BaC12 va BaCO3zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi.
Gurux reagentini ta’siri
Ba2+, Ca2+va Sr2+ kationlari guruh reagenti (NH4)2CO3 ta’siridan suvda erimaydigan, lekin kislotalarda eriydigan karbonatlar holida cho’kadi.
CaC12+(NH4)2CO3=  CaCo3+2NH4Cl
Ca2++CO32- = CaC O3
Ba2++CO32- =BaCO3
Sr2++CO32- = SrCO3
Guruh reagenti bilan II—guruh kationlarini cho’ktirishda qo’yidagilarga e’tibor berish kerak.
1. Guruh reagenti suv ta’siridan gidrolizlanadi bu jarayonni to’xtatish uchun Le —Shatele qoidasiga muvofiq eritmaga NH4OH qo’shish kerak.
(NH4)2CO3+HOH  NH4HCO3+NH4OHNH4OH qo’shilganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi.
2. Ammoniy karbonat qisman ammoniy karbaminatga aylanishi mumkin, uni yo’qotish uchun reaksiyani 70 — 80°S olib borish kerak.
(NH4)2CO3 NH2COONH4+H2O
3. Ammoniy gidroksid qo’shilganda, erkin kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo’lib Mg2+ asosli tuz hosil qilib cho’kmaga tushadi. Eritmaga NH4C1 eritmasidan qo’shilsa muvozanat chapga siljiydi.
2MgCl2+2(NH4)2CO3+H2O[Mg(OH)]2CO3+2NH4Cl+CO2
Demak IIguruh kationlarini (NH4)2CO3 ta’sirida NH4OH+NH4Cl li bufer eritma ta’sirida (pH=9.2) va eritmani 70—80°S gacha. suv xammomida qizdirish yo’li bilan cho’ktirish lozim. Reaksiyaning bajarilishi: 2--3t BaC12 eritmasiga, 1t dan 2n NH4OH va 2n NH4Cl eritmasidan qo’yib, probirkani suv hammomida. 70— 80°S da qizdirib, 2—3 t (NH4)2CO3 eritmasi qo’shilsa oq cho’kma — BaCO3xosil bo’dadi.
Ba2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni BaC12 yoki Ba(NO3)2 eritmalari bilan o’tkaziladi.
1. Kaliy bixromatK2Cr2O7 tasiri

Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling