Katta ashula haqida tushunchalar


Download 88.58 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi88.58 Kb.
#1698684
Bog'liq
Katta ashula


Katta ashula

  1. Katta ashula haqida tushunchalar

  2. Katta ashula ijrochilik jarayonining jismoniy va ruhiy asoslari

  3. Xonanda ovozlarining ruhiyati


Katta ashula, patnusaki (patnis) ashula — Fargona vodiysiga xos boʻlgan oʻzbek anʼanaviy ashula yoʻli. Odatda, 2—5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholgʻu joʻrligisiz (qoʻllariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi.
Koʻpincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, oʻziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula qadimiy marosim va mehnat qushiqlari, marsiya, navha, ayolgʻu qoʻshiqlari hamda aruz vaznidagi gʻazallarning qad. oʻqilish uslublari zaminida vujudga kelgan. Katta ashula, odatda, katta yigʻin, sayil va toʻy-tomoshalarda aytilgan. Uning oʻtmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz gʻazallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf yoʻnalishidagi sheʼrlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqalarning gʻazallari Katta ashula janridan alohida oʻrin olgan. Xalq orasida "Doʻstlar" (Navoiy), "Koʻp erdi", "Yolgʻiz", "Adashganman" (Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim" (Miskin) kabi Katta ashulalar keng tarqalgan. Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Poʻlat, Vosit Saʼdulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, Oʻtkir Rashid va boshqalarning sheʼrlari ham Katta ashulada sevib ijro etiladi.
Katta ashula ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar birbiriga mukammal va uzviy bogʻlanishini taʼminlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qoʻllanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi anʼanaviy "ustoz-shogird" maktabini oʻtgan, sheʼriyat qonunlari va ijrochilik anʼanalariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega boʻlishi lozim. Hofizlar, odatda, sheʼr bandidagi boshlangʻich misralarning har birini galma-gal, soʻnggi misralarni joʻr boʻlib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholgʻu yoʻllari, yakkaxon hofizga moʻljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholgʻu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Joʻraxon Sultonov tomonidan yaratilgan ("Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "Oʻzbekiston" va boshqalar). Ayrim maqom shoʻʼbalari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq") ham Katta ashula ("yovvoyi maqom") uslubida aytilgan (mas, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar). Mohir sozandalar Katta ashulaning cholgʻu (nay, surnay, gʻijjak) yoʻllarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochilik (Qoʻqon, Margʻilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqoʻzi Yusupov, Oʻtimboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov (Qoʻqon), Mamatbuva Sattorov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov (Margʻilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov (Toshkent), Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Joʻraxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori Toʻraqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliyev (Buvayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va boshqa Katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yoʻlchiyeva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboyev, Mahmud Yoʻldoshevlar ham Katta ashulani mahorat bilan ijro etmoqdalar. 1984-yildan OʻzRda Katta ashulachilarning koʻriktanlovlari (Margʻilon, 1984; Toshkent, 1987; Koʻqon, 1991; Shahrisabz, 1994) oʻtkazilmokda. Katta ashula ijrochilik yoʻllari anʼanaviy mahorat maktablari (Baliqchi, Buvayda) va musiqa oʻquv yurtlari (Fargʻona sanʼat bilim yurti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)da oʻzlashtirib kelingan. 2001-yil Andijonda 1- Respublika professional Katta ashula ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferensiyalari oʻtkazildi. Katta ashula bastakor (F. Sodiqov, "Oʻzbekiston", "Toʻy muborak"; M. Murtozoyev, "Sogʻinish" va boshqalar) va kompozitorlar (V. Uspenskiy, "Lirik poema"; M. Tojiyev, 3-simfoniya; M. Bafoyev, Xalq cholgʻulari orkestri uchun konsert; B. Umidjonov, a kapella uchun "Chorgoh")ning ijodlariga ozuqa boʻlmoqda.
Farg`ona vodiysiga xos bo`lgan o`zbek an`anaviy ashula yo`li. Odatda, 2-5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholg`u jo`rligisiz (qo`llariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Ko`pincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, o`ziga xos murakkab ijro uslubi b-n ajralib turadi. K.a. qadimiy marosim va mehnat qo`shiqlari, marsiya, navha, ayolg`u qo`shiqlari hamda aruz vaznidagi g`azallarning qadimgi o`qilish uslublari zaminida vujudga kelgan. K.a., odatda, katta yig`in, sayil va to`y- tomoshalarda aytilgan. Uning o`tmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz g`azallar b-n bir qatorda diniy, tasavvuf yo`nalishidagi she`rlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va b.ning g`azallari K.a. janridan alohida o`rin olgan. Xalq orasida Do`stlar (Navoiy), Ko`p erdi, YOlg`iz, Adashganman (Muqimiy), Oh kim, rahm aylamas (Furqat), Bir kelsun, Ey, dilbari jononim (Miskin) kabi K.a.lar keng tarqalgan. K.a. ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar bir-biriga mukammal va uzviy bog`lanishini ta`minlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari b-n boyitadi, turli avjlar qo`llanishiga olib keladi. K.a. ijrochisi an`anaviy ustoz-shogird maktabini o`tgan, she`riyat qonunlari va ijrochilik an`analariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega bo`lishi lozim. Hofizlar, odatda, she`r bandidagi boshlang`ich misralarning har birini galma-gal, so`nggi misralarni jo`r bo`lib ijro etadilar. 20-a. ning 2-yarmida K.a.ning yangi ashula-cholg`u yo`llari, yakkaxon hofizga mo`ljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholg`u ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. K.a.ning bu uslubi Jo`raxon Sultonov tomonidan yaratilgan (Ey dilbari jononim, Ohkim, Topmadim, Guluzorim qani, Mehnat axli, O`zbekiston va b.). Ayrim maqom sho``balari (Bayot, Chorgoh, Ushshoq) ham K.a. (yovvoyi maqom) uslubida aytilgan (mas., YOvvoyi Ushshoq, Patnusaki Chorgoh, Likobi Bayot va b.). Mohir sozandalar K.a.ning cholg`u (nay, surnay, g`ijjak) yo`llarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida K.a. ijrochilik (Qo`qon, Marg`ilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan.
Download 88.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling