Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi


Download 408.5 Kb.
bet1/4
Sana02.02.2023
Hajmi408.5 Kb.
#1147739
  1   2   3   4
Bog'liq
Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi


Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Bosh arteriyasi

Umumiy bosh – yelka tomiri - truncus brachlocephalicus qisqaroq bo‘lib, kekirdakning ustida joylashadi. Undan chap va o‘ng o‘mrov osti arteriyalari chiqadi, o‘zi esa bosh – yelka arteriyasi - a.brachiocephalica ga aylanadi va to‘g‘ri qo‘ltiq osti, so‘ngra oyoqning yelka arteriyasi sifatida davom etadi.
Umrov osti arteriyasi qo‘ltiq osti chuqurcha orqali chap oldingi oyoqqa kirishidan oldin birinchi qovurg‘a yonidan chiqadi, qo‘ltiq osti arteriyasiga aylanadi va so‘ngra yelka arteriyasi tarmog‘ini ajratib, chap oldingi oyoqni qon bilan ta’minlaydi.
Aorta ko‘krak qafasi orqali davom etib, juft orqa arteriyalarni hosil qiladi va umurtqa pog‘onasi hamda ko‘krak qafasi muskullariga boradi.
Bosh arteriyalari
Umumiy uyqu arteriyasia.carotis communis bo‘yinturuq chuqurchasining tubida joylashgan. Qoramolda bu arteriya ensa-atlant bo‘g‘imida ikkiga, ya’ni tashqi uyqu (juda yirik) va ichki (juda nozik) uyqu arteriyalariga bo‘linadi. Bunday bo‘linishgacha uyqu arteriyasi muskul, qizilo‘ngach, kekirdak arteriya tarmoqlari hamda quyidagi: qalqonsimon bezning oldingi halqum, hiqildoq va ichki uyqu arteriyalarini ajratadi. Qalqonsimon bezning oldingi arteriyasi – a.thyreoidea cranialisbu arteriya halqumga tarmoq, ya’ni halqum arteriyasini beradi, uning o‘zi esa hiqildoq arteriyasiga aylanadi. Halqum arteriyasi – a.pharyngea halqum muskullarini oziqlantiradi. Hiqildoq arteriyasi – a.laryngea hiqildoq muskullariga tarmoqlanadi.
Ichki uyqu arteriyasia.carotis interna faqat yosh buzoqlarda bo‘ladi. Umumiy uyqu arteriyasidan ajralib, yirtiqsimon teshik orqali miya qutisi ichiga kiradi va bosh miyaga hamda uning qismlariga tarqaladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyaitlari: Otda umumiy uyqu arteriyasidan quloq orti arteriyasi hamda qalqonsimon bezning oldingi arteriyasi ajraladi. Cho‘chqadaumumiy uyqu arteriyasidan va ensa arteriyasidan ichki uyqu arteriyasi ajralib, ensa qismi organlariga tarqaladi.

Download 408.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling