Yelka-bosh poyasi (truncus brachiocepalicus)


Download 1.89 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1411453
Bog'liq
truncus brachiocepalicus

Yelka-bosh poyasi (truncus brachiocepalicus)

  • Yelka-bosh poyasi (truncus brachiocepalicus) aorta ravog‘idan о‘ng II qovurg‘a tog‘ayi sohasida chiqadi. Yelka-bosh poyasi yuqori ga va o‘ng tomongayo‘nalib, o‘ng to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi sohasida o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyasiga bo‘linadi

O‘mrov osti arteriyasi

  • 0‘mrov osti arteriyasi (a. subclavia) o‘ng tomonda yelka-bosh poyasidan, chap tomonda bevosita aorta ravog‘idan boshlanadi. Shuning uchun chap o‘mrov osti arteriyasi o‘ngidan 4 sm uzunroq bo‘ladi. 0‘mrov osti arteriyasi ko‘krak bo‘shlig‘ining ustki aperturasidan chiqib, narvonsimon mushak oralig‘idan o‘mrov ostiga o‘tib, I qovurg‘aning shu nomdagi egatida yotadi. I qovurg‘aning lateral chekkasidan qo‘ltiq osti chuqurchasiga o‘tadi va qo‘ltiq osti arteriyasiga davom etadi. 0‘mrov osti arteriyasi shartli ravishda uch qismga bo‘lib o‘rganiladi

Yelka arteriyasi

  • Yelka arteriyasi (a. brachialis) qo‘ltiq osti arteriyasining bevosita davomi bo‘lib, katta ko‘krak mushagining pastki chekkasi sohasidan boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi sulcus bicipitalis medialis bo‘ylab tirsak chuqurchasiga boradi. Bu chuqurchada bilak suyagi bo‘yini sohasida bilak va tirsak arteriyalariga bo‘linadi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling