Kattaqo‘RG‘on tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 95-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining buyrug`I


Download 61.5 Kb.
Sana18.08.2020
Hajmi61.5 Kb.
#126737
Bog'liq
Кутубхона Maktab buyrug'i na'muna






KATTAQO‘RG‘ON TUMAN XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 95-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG`I

2020-2021 o`quv yilida umumiy o`rta ta`lim muassasalari uchun chop etiladigan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarni qabul qilish to`g`risida

“2020-2021-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun chop


etiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil16-maydagi127-son, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 18-iyundagi 69-b-sonli hamda Kattaqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limining 2020 yil ___-iyundagi ___-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

1. Kattaqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limining 2020 yil ___-iyundagi “2020-2021-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun chop


etiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazish tartibi to‘g‘risida”gi ___-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilinsin.

2. Mazkur buyruq bilan:

- 2020-2021-o‘quv yilida chop etilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilib olish bo‘yicha yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq;

- darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni “O‘quv ta’lim-ta’minot” DUK viloyat filialidan kutubxona jamg‘armasiga qabul qilish dalolatnomasi 6-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilsin.

3. Darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilish komissiyasi tarkibi:

1)E.Suyunov (Maktab direktori)


2)I.Abdinazarov (Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari)

3)A.Bobomurodov (Maktab o‘qituvchisi)

4)S.Taniqulov (Maktab o‘qituvchisi)

5)Z.Jalilova (Maktab kutubxonachisi)

6)M.Murodov (Maktab ota-onalari qonuniy vakili)

7)B.Hakimov (Maktab ota-onalari qonuniy vakili) lar ishtirokida tuzilsin.

4. Mazkur komissiya a’zolari tomonidan qabul qilib olingan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning miqdorini hamda “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (Adliya vazirligidan 2014-yil 28-aprelda 2577-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan) 13-ilovasiga muvofiq nashr sifati ko‘rsatkichlari va matbaa ijrosi talablariga mosligi bo‘yicha tekshirishni amalga oshirilsin.

5.Maktab kutubxonachisi Z.Jalilovaga:

- darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilish komissiyasini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni qabul qilishga doir tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bilan ta’minlash;

- “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida kutubxona fondida mavjud bo‘lgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda boshqa adabiyotlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

- xatlov natijalari hamda o‘quvchilar kontingentini tahlil qilgan holda darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilish to‘g‘risida taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.

6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Maktab direktori v/b: E.Suyunov
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling