Kavsar turdiyeva
Download 48.61 Kb.
|
KAVSAR TURDIYEVA
KAVSAR TURDIYEVA Bolalar adabiyotining yosh avlod tarbiyasiga ta`siri shakshubhasizdir. Ayniqsa, eng kichik yoshdagilar uchun she`riyat janrlaridagi asarlar bolalar ongiga tez yetib borishi, tez esida qolishi, shuningdek, ilk tarbiya samaralaridan biri sifatida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biridir. So`nggi yillarda bu yo`lda samarali ijod qilib kelayotgan o`zbek bolalar shoirlari talaygina. Ular keksa avlod vakillarining eng yaxshi an`analarini saqlagan holda o`z yangi yo`nalish va uslublarini ham yaratmoqdalar. Shulardan biri Kavsar Turdiyevadir. Kavsar Turdiyevaning har bir she`ri ma`naviy yo ma`rifiy tarbiyaga, ko`pincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi. Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan she`rlarini mavzu jihatdan bo`lib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat, bog`cha va maktab, ota-onaga munosabat, do`stlik, sog`lom turmush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin. Har qaysi she`r bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan tarzda o`quvchilar yoshi va bolalar she`riyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi. Muallif she`rlarining ma`naviy-axloqiy yuki, tasviriyligi, musiqiyligi, ularning ko`pchiligi kuyga solinishiga sabab bo`ldi. Jumladan, “Mard o`g`lonlar bo`lamiz”, “Lolaqizg`aldoq”, “Zamonaviy qizaloq”, “Sehrli o`lka”, “Mittivoylar qo`shig`i”, “Bolalik”, “Yaxshi bola, yomon bola” va boshqalar. Masalan, “Yaxshi bola, yomon bola” she`ri eng kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`lib, ularning yoshiga ko`ra qilgan ishlarini tasvirlab, yaxshi yo yomonligi ta`kidlanadi: Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar, Tabiatning go`zalligin saqlaganlar, Jonzotlarga kimda mehr kuchli, mo`ldir, Bilib qo`ying, bunday bola yaxshi, zo`rdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo`ljallangan “Mard o`g`lonlar bo`lamiz” she`ri ham ota va o`g`ilning savol-javobi tariqasida beriladi. Unda xalq og`zaki ijodi mahsuli bo`lgan maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda tilda o`z fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli she`rda xuddi samimiy suhbat ko`rinishini namoyon qiladi va o`quvchining ishonchini oqlaydi:
Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi ko`pgina she`rlarida Vatan uchun yosh avlodning mas`ulligi, ular shu yurt ravnaqi uchun kuch-g`ayratlarini ayamasliklari kerakligi, onaVatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to`lagonli foydalanishlari o`zlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga olib kelishi yaqqol ko`rsatiladi. Chunki yurt farzandi – o`sha elning bir bo`lagi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga kerak: Yuqoridagi she`rda Vatan, uning qismlari, bo`laklari, ya`ni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uyg`unligi tarannum etiladi. Vatanim qaydadir? Qalbim so`roqlar, Yuragim bog`langan Yaqin-yiroqlar. Vatan – yuragimning Tug`ilgan joyi. O`lkamning quyoshi, Yurtimning oyi. Vatanim jismida Men ham bir bo`lak, Vatanim menga-yu, Men unga kerak. Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, “Vatan iqbol kutar” she`rining har bir misrasi go`yo harakat uchun dasturdek jaranglaydi: Senda, menda, bizda, Har bir o`g`il-qizda, Download 48.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling