Kechagidek esimda- kichik yoshda edik biz


Download 13.54 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.54 Kb.
#1527914
Bog'liq
DMTT Sher


BOGʻCHA
Kechagidek esimda–
Kichik yoshda edik biz,
Bogʻcha tomon kelgandik,
Murgʻak koʻngil, oʻgʻil-qiz.

Ustozimiz–mehribon,


Bizni kutib oldilar.
Tanitib yeru osmon,
Toʻgʻri yoʻlga soldilar,

Oʻrgandik bunda sanash,


Ham oʻyin, ham bilimni,
Bogʻchadagi sheʼr, qoʻshiq,
Burro qildi tilimni.

O'rtoqlarim bilan biz,


Oʻynardik berkinmachoq.
Bogʻcha opamiz kulib,
Ochardi bizga quchoq.

Kundan-kunga zehnimiz,


Tiniqlashdi, charxlandi.
Bunda murabbiylarning,
Sabrlari sarflandi.

Tanib oldik raqamni,


Hisoblashni oʻrgandik.
Qoʻshib biz harflarni,
Soʻz yasashni oʻrgandik.

Chiqdi had-savodimiz,


Endi maktabga olgʻa.
Bogʻchadan ustozimiz,
Kuzatar katta yoʻlga.

Hayr, qadrdon bogʻcha,


Hayr sizga ustozim.
Boshlar yerga tekkuncha–
Sizga qilamiz tazim.

Bizlarni ulgʻaytirding,


Xotirda boʻl har qachon.
Bizni ham eslab turgin,
Bogʻcha opa, bogʻchajon!

Bizlar orzuga toʻla,


Ozod va shod bolamiz.
Katta boʻlsak, albatta.
Yurtga tirgak boʻlam.


Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling