O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
KICHIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASH MARKAZI
GUMANITAR VA IJTIMOIY FANLAR SIKLI
MAVZU: YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING MAZMUN-MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Ma’ruzachi: Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi Gumanitar va ijtimoiy fanlar
sikli o’qituvchisi zaxiradagi podpolkovnik B.Axmedov
“Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozisiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o’rta maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha o’ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda”.
Shavkat MIRZIYOYEV
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni
Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiya – tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismi bo’lib, yosh avlodda Vatanni asrashda zarur bo’ladigan yuqori mudofaa hissini, siyosiy, axloqiy, psixologik sifatlarni shakllantirish, harbiy-texnik bilimlarni egallash, shaxsning jismoniy takomillashuvi jarayonidir.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirish, ularni o’z fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan davlat va nodavlat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining maqsadli, tizimli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan ko’zlangan maqsad – yoshlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, mamlakatimizning barcha sohalari uchun jonkuyar, halol, o’z kasbiga sadoqatli va etuk kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |