"Kim bo’lasan?", "Kelajagin uchun nimadir qilyabsanmi?" Har safar shu savollar men tamon berilganda, o’ylanib qo’lar edim. Chunki bu savollarga javob berish uchun hali tayyor emas, hali biror bir qarorga kelmagan edim
Download 5.17 Kb.
|
personal statement uz
“Kim bo’lasan?”, “Kelajagin uchun nimadir qilyabsanmi?” Har safar shu savollar men tamon berilganda, o’ylanib qo’lar edim. Chunki bu savollarga javob berish uchun hali tayyor emas, hali biror bir qarorga kelmagan edim. Lekin o’z yo’limni topish uchun ko’p harakat qildim. 2017-yili hududimdagi eng zo’r maktabga minglab o’quvchilar orasidan qabul qilinganimda hayotimda qandaydir mano paydo bo’la boshladi, aniqrog’i o’zim hohlagan tomon yo’l ko’ringandek edi. Bu yerga kelib juda ham ko’p imkoniyatlarni ko’rdim va ulardan unimli foydalanishga bor kuchim bilan harakat qildim. Maktabda ikkinchi yil boshida, “IT Park” da ko’ngilli bo’lishni boshladim. Bu fikr menga IT va Computer Science ga qizishimdan kelib chiqgandi. U yerda asosan biz mehmonlarga ichimliklar tarqatardik va har xil uchrashuvlardan oldin uchrashuv bo’ladigan xonalarni uchrashuvga tayyorlardik. Bu narsalarni qilib yurib ham men ko’p foyda oldim. Sababi bu yerda sohasi IT ga bog’liq insonlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirilardi va bunga men ham qatnasha olardim, ko’ngillilik qilib yurganim uchun. Ularning har bir so’zini yaxshilab eshitib o’tirar va suhbatdan so’ng o’zimga hulosalar chiqarar edim. “IT Park” ga kelishimning ham asl sababi shu edi. Bir kuni maktabimda “Zamin Creative” ijod studiyasi ochildi. Bu studiya o’z ichiga Computer science, dizayn va teatr san’atini qamrab olgan edi. Shu payt men Computer Science borligi ko’rib “Computer Science? Nahotki men hohlagan narsa maktabimga o’z oyoqlari bilan keldi” deya hursand bo’lib ketdim va darhol royxatdan o’tdim. Darsim bo’ladigan kunni haligacha eslayman. Hamma taraf yorqin, xona o’ziga judayam tortadigan qilib bezatilgan edi. Va sekin asta ustozim Computer science nimaligi, uni kelejakdagi o’rni va qanday qiyinchiliklarga duch kelishimiz haqida batafsil gapirib berdi. Haqiqatdan men buni sevib qoldim. Jamoamiz ham borgan sari kattalashib borar edi. Shu orqali men o’zimda yaxshi muloqat qilish, creativlik va leaderlik kabi hislatlarni yaxshigina rivojlantira oldim. Bir necha oydan keyin ustozim menga musobaqaga qatnashib ko’rishimni tavsiya qildi. Men ko’p ikkilanmay ro’zi boldim. Ozimga bo’lgan ishonch ilgariga qaraganda juda ham o’sgan edi. Musobaqa men o’ylagandan ancha qiyinroq kechdi. Natiyjada hech qanday o’rin egallay olmadim. Lekin bu meni tushkinlikka tushishimga emas balki o’zimni ustimda yanada ko’proq harakat qilishimga sababchi bo’ldi. Ko’p izlandim va o’qidim. “Qanchalik ko’p o’rganganing sari bilmaydigan narsalaring ko’p ekanini anglaysang” deganlari rost ekan. Men bu yerda, yani maktabda, o’rgana oladigan hamma narsalarni o’rgandim. Va men bu bilan to’xtab qolmoqchi emasman. Axir muvaffaqiyatli dastani qurish men uchun endigina boshlandi. Shuning uchun ham men raqobatbardosh universitetda o’qishni hohlayman. Chunki raqobat bor joyda doimo rivojlanish bo'ladi. Furthermore, I am influenced by the fact that computer science has become a key part of creating a better future for our world, and my aim is to be a part of this development process. Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling