Kim Doninning "Olov sonatasi"


Download 20.5 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi20.5 Kb.
#144572
Bog'liq
olov santanati



TDSHU koreysshunoslik fakulteti

4-kurs koreys-ingliz guruhi talabasi

Abdumalikova Nasiba

Kim Doninning "Olov sonatasi" Olov sonatasi" asaridagi iqtidor egasiga bo'lgan Pek Songsuning xatti -harakatlarini oqlaysizmi yoki qoralaysizmi?

Koreys adabiyotida realizm asoschisi bo'lgan Kim Doninning "Olov sonatasi" asarining bosh qahramoni musiqa sohasida faoliyat yuritadigan Pek Songsu otasidan erta yetim qolgan, yolg'iz onasi qo'lida tarbiyalangan odobli bola bo'lgan. Ammo yo'qchilik ba'zan insonni olgan yaxshi tarbiyasidan chiqishga majbur qiladi. Pek Songsu ham shunday vaziyatni boshdan kechirdi. Onasi betob bo'lib yotib qoladi. O'shanda, Pek Songsu shikorga to'lash uchun puli yetmaganidan, garchi bunga olgan tarbiyasi yo'l qo'ymasada o'g'irlik qilishga majbur bo'ladi. Hatto u tilanchilik qilganida ham bu pulni darrov ishlab topolmasligiga ishonchi komil edi. Negaki, o'sha davrda tilanchilik, aldov yo'li bilan insonlarni chuv tushirish, o'g'rilik ko'payib ketgan ediki, hatto insonlar bir-birining rost so'zini ham to'g'ri deb qabul qilmasdi. Bunga misol qilib birgina do'konchining xatti - harakatini misol keltirish mumkin. Pek Songsu o'z holati haqida rost gapirsada, lekin do'kon egasi uni har safargi o'g'ri degan o'yda uni politsiyaga topshirdi. Jamiyatda bu kabi ko'rinishlar oldindan ham shunday bo'lgan va hozir ham shu zayilda davom etmoqda. Olti oy qamoq jazosini o'tab chiqqan Pek Songsu alam o'tida do'kon egasining uyini yoqib yuboradi. Sababi uni deb onasi ko'chalarda o'lib qolgani, onasini oxirgi yo'lga kuzata ololmagani edi. Hamma narsa mana shu yong'indan boshlanadi. O'z alamlari bilan o't qalangan bu uchqun o'zidan keyin juda ko'plab yong'inlarni keltirib chiqaradi. Bu alam, nafrat tuyg'ularini u musiqa yordamida ifodalab beradi. Musiqa har vaqtda, har davrda insonlarga birdek tushuniladigan va ta'sir qiladigan vositadir. U shu yo'l orqali o'zining kechinmalarini ochib bergan. Birgina musiqa uning bu yara qalbiga malham bo'la olgan. Uning bastalagan kuylari o'sha davr ruhini aks ettira olgani bilan shuhrat qozongan emasmi aslida?

Pek Songsu har bir kuyini bastalashdan oldin yong'in paydo qilishi yoki odam o'ldirishi kabi holatlari uning shu qahr, g'azab, alam singari hislarni tuyishida yordam bergan. U shunday qilmasa bu kabi tuyg'ularni his eta olmagan. Axir u yaxshi tarbiya ko'rgan inson-ku! Unga bu hislar o'z -o'zidan singib qolmaydi. Unga bu hislar kerakmidi degan savol tug'iladi. Ha, kerak edi. Aynan shu davrda unga va jamiyatga kerak edi. Aks holda hamma narsadan xabari bor Janob K uni politsiyaga topshirgan bo'lar edi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Pek Songsu kambag'al oilada, otasi ichkilikka berilib erta vafot etgani uning aybi emas. U shunday ayovsiz qonun qoidalar ustun bo'lgan jamiyatda yashashi ham uning o'z xohish istagi emas. Jamiyatdagi ma'lum qonunlar deb umuminsoniylik tuyg'ularidan yiroqlashayotgan insonlarning ko'payib borishi shunday "buyuk bastakor" ning hayotiga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Musiqa Pek Songsu uchun mana shu qonun-qoidalardan mustasno o'ziga xos olam edi. U shu olamni tanladi va unga intildi. Uning ruhiyati, xatti -harakatlari shu musiqa olamida erkin bo'la olardi. Uning qoldirgan ulkan merosi esa kelajak avlod uchun bebaho boylik bo'lib qoldi.




Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling