Kimyo (fani yo’nalishlari) mutaxassisligi bo’yicha bitiruvchisi Yo’lbarsova Muattar Abdullajon qizining “Phlomoides nuda o’simligining biologik moddalarini ajratib olish” mavzusidagi magistr darajasini olish uchun tayorlangan magistr dissertasiyasiga


Download 30 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30 Kb.
#1587675
Bog'liq
karimov (2)


Namangan davlat universiteti
70530101-Kimyo (fani yo’nalishlari) mutaxassisligi bo’yicha bitiruvchisi Yo’lbarsova Muattar Abdullajon qizining “Phlomoides nuda o’simligining biologik moddalarini ajratib olish” mavzusidagi magistr darajasini olish uchun tayorlangan magistr dissertasiyasiga
TAQRIZ
Xozirgi vaqtda tabiiy birikmalar asosida olingan dori vositalariga bulgan talab keskin ortgan. Shuning uchun maxalliy usimlik dunesidan fiziologik faol moddalarni ajratib olish va ular asosida yangi samarali dori vositalaprini yaratish dolzarb xisoblanadi.yu Respublikamizda inson organizmi immunitetini oshirish bilan birga kupgina kasalliklarni oldini olish va davolash xususiyatiga ega bulgan tabiiy ozik-ovkat kushilmalari ishlab chiqish buyicha ishlab borilmokda.
Bugungi kunda dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlash, ular asosida inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Dorivor o‘simliklar asosida sintetik dori vositalariga yordamchi bo‘ladigan, tarkibida biologik faol birikmalar, makro- va mikroelementlar saqlagan tabiiy, zararsiz va ekologik toza oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish hamda xalq tabobatida qo‘llash asosiy muammolardan biridir.
Tabiiy, kimyoviy birikmalar saqlagan dorivor o‘simliklarni aniqlash, ular asosida xalq tabobati usullari bilan davolash va oldini olishda sintetik dori vositalariga yordam sifatida qo‘llaniluvchi, tarkibida alkaloid, flavonoid, terpenoid kabi tabiiy birikmalar, hamda mikro- va makroelementlar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini yaratish, ishlab chiqarish, hamda amaliyotga joriy qilish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Dissertatsiya ishi tarkibiy jihatdan kirish, 4 bob, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
Dissertatsiyaning kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zaruratiga asoslanib, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi qo‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Phlomoides nuda o‘simligining neytron faollashuv tahlili natijasida o‘simlik na’munalarida 3 ta makroelement, 29 ta mikroelement va 3 ta zaharli element miqdori aniqlangan. Ushbu o‘simlik na’munalarining ikkala davrdagi makro- va mikro elementlarning miqdorini o‘rganish natijalari gullash davriga kelib o‘simlikda kaliy, magniy, natriy makroelementlari, temir, brom, nikel, molibden, kobalt mikroelementlarining miqdori ortishini, kalsiy, xlor, kumush, mis elementlarining miqdori kamayishini, kadmiy, seziy, selen elementlarining miqdori deyarli o‘zgarmasligini ko‘rsatdi.
O‘simliklardan biologik faol moddalarning yupqa qatlamli va yuqori samarali suyuqlik xromotografiya usullarida o‘rganilib, UB-, IQ- YAMR- -spektroskopiya usullari yordamida tarkibi va tuzilishi aniqlanganligi, shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalarining statsionar sharoitda dorivor xossalari tasdiqlangani, olingan natijalarning bir qator xorijiy va mahalliy ilmiy nashrlarda chop etilganligi, amaliy natijalar vakolatli davlat tuzilmalari faoliyatiga joriy etilganligi bilan asoslangan.
“Asixon” oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqilganligi, ushbu oziq-ovqat qo‘shilmalarini gepatit V, hamda gipertoniya kasalliklarining davolash xususiyati bo‘yicha tibbiyot amaliyotiga tavsiya etilganligi tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini ko‘rsatishi bilan izohlanadi.
yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun kimyoviy tarkibi asosida normativ hujjatlar: tashkilot standarti TS 27326037-02-2022, texnik yo‘riqnomalari chiqilgan;
Tadqiqot ishining yutuqlari bilan birga, uning umumiy qiymatini tushurmagan holda dissertatsiya ishi bo‘yicha quyidagi takliflar mavjud:
1. Dissertatsiyada gramatik, texnik xatolar uchraydi.
2. Phlomoides nuda o‘simligidan ajratilgan moddalarning UB va Mass spektrlari berilsa yaxshi bular edi
3. Dissertatsiyada 2.1 – jadvalda mikro- va makro elementlarning miqdoriy birligi keltirilmagan.
4. Yangi taklif qilingan oziq-ovqat qo‘shilmasini tarkibidagi biologik faol moddalarini qaysi metod yordamida aniqlangani yoritilmagan.
5. Avtoreferatda kullanilgan ayrim kiskartma suzlarga ( YUKX. YUSSX, GXTSG) izoxlar berilsa yaxshi bular edi.
Yuqorida kеltirilgan kamchiliklar dissеrtatsiya ishini ilmiy va amaliy ahamiyatini pasaytirmaydi. Dissеrtatsiya ishining mazmun va mohiyati 70530101-Kimyo (yo’nalishlari) mutsaxasisligiga mos kеladi.
Dissertatsiya mavzusi aktual, olingan natijalar asosida ish tugallangan bo’lib ilmiy va amaliya natijalarga erishilgan kimyo fanlari bo’yicha magistr dissertatsiyasiga qo’yilgan talablarga javob beradi va talabgor shu darajaga loyiq deb hisoblayman.

Taqrizchi:


Namangan davlat universiteti
Organikkimyo kafedrasi k.f.d.dotsent Karimov A
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling