Kimyo kafedrasi nizomi


Download 87 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi87 Kb.
#1732372
  1   2   3   4
Bog'liq
2023 yi Nizomi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Kimyo


KAFEDRASI NIZOMI
Chirchiq-2023
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Q. Xaydarov
________________________
«___»_____________2023 y.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fizika va kimyo fakulteti “Kimyo” kafedrasi to‘g‘risida
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 9-son., 225-modda), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi 09.02.2003 yildagi №9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom xamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 apreldagi №267 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqildi.




I. Umumiy qoidalar.

1.“Kimyo” kafedrasi Toshkent vilyaoti Fizika va kimyo fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.


“Kimyo”kafedrasi bundan buyon kafedra deb yuritiladi.
2. Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, injener-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarini ta’minlovchi o‘quv xonalari va ilmiy labaratoriyalar, kabinetlar, o‘quv markazlar va boshqa bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin.
Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona (tashkilot)lar hududdida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnik bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati oliy ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
5. Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.



Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling