Kimyo. Tuzuvchi: Mexmonxonov Mansurxon. 15 gr temir plastinka 130 ml 40 LI


Download 122 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi122 Kb.
#1681270
Bog'liq
plastinka


Kimyo. Tuzuvchi: Mexmonxonov Mansurxon.

1 . 15 gr temir plastinka 130 ml 40 % li ( p=1,2 gr/ml) CuSO4 eritmasiga tushirildi. Biroz vaqtdan so’ng plastinka chiqarib olindi va qolgan eritmada sulfatlarning massa ulushi teng bo’lib qoldi. Chiqarib olingan plastinkaning massasi qanday bo’lgan ?
A) 13,4 B) 16,6 C) 15,4 D) 14,4

2. 41,4 gr XeF4 7,2 gr suv bilan reaksiyasida gaz hosil bo’ldi . Shuncha miqdor gazni hosil qilish uchun necha gramm BaXeO4 ni 80 % unum bilan parchalash kerak .


A) 796,8 B) 622,5 C) 498 D) 398,4

3. 50 l suvni yumshatish uchun 31,8 g soda sarflandi.


Suvning qattiqligini (mg-ekv) aniqlang.
A) 8 B) 16 C) 12 D) 6
4. Ikkita eritma aralashtirilishidan hosil bo’lgan eritmada erigan moddaning massa ulushi birinchi eritmadagi erigan moddaning massa ulushidan 2 marta ko’p, ikkinchi eritmanikadan esa 2,5 marta kam . Dastlabki eritmalar qanday massa nisbatda aralashtirilgan ?
A) 2:1 B) 3:1 C) 3,5:2 D) 1:2
5. 6,75 gramm MeCl2 ga 50 gramm temir plastinkasi tushirildi. Plastinka massasi 0,8 % ga ortdi. Noma’lum metallni toping.
A) mis B) rux C) kadmiy D) nikel
6. 0,4 l suv tarkibida 44,4 mg CaCI2 va 14,6 mg Mg(HCO3)2 mavjud. Suvning qattiqligini (mg-ekv) aniqlang.
A) 4,75 B) 3,75 C) 1 D) 2,5

7. Rux plastinkasi FeSO4 eritmasiga tushirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka massasi 1,8 % ga kamaydi. Shunday massali plastinka Hg(NO3)2 eritmasiga tushirilganda Hg(NO3)2 miqdori FeSO4 ga nisbatan ikki marta ko’proq kamaysa, plastinka massasi necha foizga o’zgaradi?


A) 27,2 B) 13,6 C) 54,4 D) 40,8

8. Leblan usulida soda olishda ikkinchi bosqichda natriy sulfat ko’mir bilan qizdiriladi. Shu bosqichda 13,2 gramm gaz hosil bo’lgan bo’lsa necha gramm tuz hosil bo’ladiu?


A) 11,7 B) 23,4 C) 31,8 D) 21,2

9. Tarkibida bir moldan mis sulfat bo’lgan eritmalarga oksidlanish darajasi bir xil bo’lgan, ikkita har xil metalldan yasalgan massasi 120 gr dan bo’lgan ikkita plastinka tushirildi. Plastinkalar chiqarib olinganda ikkinchi plastinka massasi 40% ga kamligi aniqlandi. Plastinkalarning umumiy massasi 200 gr bo’lib qolgan bo’lsa, massasi yengil bo’lgan metallni aniqlang.


A) Cd B) Mg C) Fe D) Hg

10.185,2 g (p=0,926 g/ml) 2 M li kumush nitrat eritmasiga noma’lum massadagi temir plastinka tushirilganda plastinkaning 16 %i eritmaga o’tib, eritmadagi kumush nitrat 20% ga teng bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan plastinka massasini toping.


A) 51 B) 116 C) 35 D) 100
1 1. 250 gramm 40% li tuz eritmasiga massasi 50 gramm bo’lgan temir plastinka tushirildi. Bunda plastinka massasi 50% ga ortdi. Eritmada hosil bo’lgan tuzning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 40 B) 50 C) 30 D) 33,3

12. 61,2 kumush nitrat tutgan eritmaga 50g mis tayoqcha tushirildi. Mis tayoqcha eritmadan chiqarib olingandan keyin uning massasi 72,8 g tengligi ma’lum bo’ldi. So’ng qolgan eritmaga kadmiy tayoqcha tushirildi. Reaksiya tugagach, kadmiy tayoqcha massasi ham 72,8 g tengligi ma’lum bo’ldi. Kadmiy tayoqchaning boshlang’ich massasi qancha bo’lgan?


A) 83,12 B) 76,88 C) 68,72 D) 69,68

13. Platina metali noma’lum metall bilan qoplanib, CuSO4 eritmasiga tushirilganda massasi 0,28 g ga ortdi. So’ng plastinka HgSO4 eritmasiga tushirildi, massa 4,88 g ga ortdi. Agar bu metallning valentligi II ga teng bo’lsa, uning nisbiy atom massasini aniqlang.


A) Cr B) Ca C) Cd D) Fe

14. Alyuminiydan yasalgan plastinka xlorid kislota eritmasiga tushirilganda eritma massasi 9,6 g ga ortdi va plastinka massasi 21,6 % ga kamaydi. Tushirilgan plastinka massasini (gramm) aniqlang?


A) 44,4 B) 50 C) 54 D) 40

15. Noma’lum metalldan tayyorlangan 20g plastinka AgNO3 eritmasiga botirildi. Biroz vaqt o’tgach plastinka eritmadan chiqarib olindi va quritib tarozida tortilganda 36g massaga ega bo’lgani aniqlandi, hosil bo’lgan noma’lum metal nitrati esa 18g ni tashkil qildi. Noma’lum metal nitratida metallning oksidlanish darajasi +2 bo’lsa, metallni aniqlang.


A) Cu B) Fe C) Zn D) Cd

16. Qattiqligi 5 mg/ekv bo’lgan suvni 500 litrini yumshatish uchun necha gramm soda kerak bo’ladi?


A) 132,5 B) 265 C) 53 D) 530
Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling