Kimyoviy kanserogenez


Download 267.96 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi267.96 Kb.
#1479956
Bog'liq
Kimyoviy kanserogenez


Kimyoviy kanserogenez
O‘t kislotalar, benzoy kislotasi glikokol bilan birikib gippur kislotasini xosil qiladi. Bu usul bilan jigarning zararsizlantirish faoliyatini tekshirish mumkin (Kvik sinamasi). Zararsizlantirishning yana bir yo‘li bulib metillanish hisoblanadi, masalan, nikotinamid metilnikotinamidga aylaniyu ekskretsiyalanadi.
Nitrozaminlarning zararsizlantirilishining buzilishi turli to‘qima va a’zolarda neoplastik jarayonlarga olib kelishi mumkin. Normal xujayralarni o‘sma xujayralarga aylantiruvchi moddalarni kanserogenlar deyiladi. Benzantratsen va aflotoksinlar kanserogenlar bo‘lib, epoksidlar hosil qilish bilan zararsizlantiriladi.
Kimyoviy kanserogenez asosida kimyoviy kanserogenlar ta’sirida DNKning buzilishi yotadi. Kanserogen moddalar organik va anorganik tabiatga ega bulishi mumkin. Kanserogenlik aloxida kimyoviy tshilishga boglik emas. Anorganik tabiatga ega bulgan kanserogenlarga nitratlarni misol kilish mumkin. Bu birikmalar suv, tuprokda keng tarkalgan bulib u erga turli yullar, masalan ugitlar tarkibida tushishi mumkin. Odam organizmiga ular turli ozka moddalar tarkibida va dori-darmonlar orkali kiradi. Nitratlar kuchli oksidlovchi moddalar xisoblanadi. Oksidlanuvchi substratlar bulib xamma temir tutuvchi gemoproteinlar xisoblanadi. Nitratlar ularning katabolizmi natijasida xosil bulgan oralik maxsulotlar antioksidant xususiyatini namoyon kiluvchi fermentlar faolligini susaytiradi, bu xoll esa faol kislorodni tuplanishi va lipidlarnng periksli oksidlanish jarayonining kuchayishiga olib keladi.
Jigarda turli xil biologik faol moddalar (adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonin, tironin) aminooksidazalar ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan zararsizlantiriladi; estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar – oksidlanib ketosteroidlar shaklida siydik bilan ekskretsiyalanadi.
CHaqaloqlar va go‘daklarda jigarning zararsizlantirish funksiyasi to‘liq rivojlanmagan. Masalan, bir oylik go‘daklarda glyukuroniltransferazalar, atsillanish va deatsillanio‘ fermentlar faolligi 4-5 marotaba pastdir. Bu ularning organizmida dori vositalar va yot moddalarning biotransformatsiya va detoksikatsiya jarayonlarini sekin ketishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun dorilarning miqdori yoshga qarab belgilanadi.
Jigarda mikrosomal oksidlanish Bilan bir qatorda peroksisomal oksidlanish xam kechadi. Peroksisomalar — bu mikrotanachalardir va ularni mahsus oksidlovchi organellalar deyish mumkin. Ularda siydik kislota oksidazasi, laktatoksidaza, D-aminokislotalar oksidazasi, hamda katalaza mavjud. Katalaza yuqorida qayd etilgan fermentlar ta’sirida xosil bo‘lgan vodorod peroksidni parchalaydi. Peroksisomal oksidlanishda ham, mikrosomal oksidlanish kabi makroergik birikmalar xosil bo‘lmaydi.
Download 267.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling