4 амалий машғулот (2-соат) Himoyalovchi erga ulash qurilmalarni hisoblash


Download 74.76 Kb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi74.76 Kb.
#1203747
  1   2   3
Bog'liq
T.B 4- Amaliy


4 - АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ (2-соат)


4.Himoyalovchi erga ulash qurilmalarni hisoblash.
4.1. Himoyalovchi erga ulash qurilmalarni hisoblash.
Insonlarni elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan usullaridan biri elektr uskunalarini erga ulash yoki nollashtirishdir. Erga ulash qurilmasi elektrodlar (1) va ularni birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan (2) tashkil topgan bo‘ladi (4.1-rasm).


4.1-rasm. Ishchi va himoyalovchi erga ulash sxemasi.
a - himoyalangan ieytral bilan 1000 v gacha tarmoqqa ulanganda;
b - erga ulangan neytral bilan 1000 v dan yuqori tarmoqqa ulanganda.
1-elektrodlar; 2-erga ulanadigan uskuna
Erga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsad uchun maxsus o‘rnatilgan po‘lat truba, burchaksimon po‘lat, armatura) va tabiiy (boshqa maqsadlarda erga o‘rnatilgan po‘lat materiallar) bo‘lishi mumkin. Tabiiy elektrodlarga po‘lat suv quvurlari, bino va inshootlarning temir-beton konstruksiyasidagi erga ulangan metall materiallar va boshqalarni misol qilish mumkin.
Sun’iy elektrodlar sifatida ishlatilishi lozim bo‘lgan trubalar yoki burchakli materiallarning uzunligi 2-3 m, qalinligi esa 3,5 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Elektrodlarni bir-biriga ulashda ko‘ndalang kesimining o‘lchami 4x12 mm2 bo‘lgan yoki diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat materiallardan foydalaniladi.
Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi hollarda erga ulanishi kerak:
- 380 V va undan yuqori nомinal kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok, hamda 440 V va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi uskuna va jihozlarning barchasi;
- 42 V dan 380 V gacha bo‘lgan kuchlanishdagi o‘zgaruvchan, hamda 110 V dan 440 V gacha bo‘lgan kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan yuqori va o‘ta xavfli sharoitlarda ishlovchi elektr jihozlari;
- 42 V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok, hamda 110 V va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi portlashga moyil elektr jihozlari va payvandlash transformatorlarining ikkilamchi chulg‘am o‘ramlari. Bu kuchlanishdagi boshqa elektr jihozlarini erga ulash shart emas.
Amaldagi Davlat standartlariga ko‘ra kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan uskunalar uchun erga ulash tizimining qarshiligi 4 Ом, kuchlanishi 1000 V gacha va quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan elektr dvigatellar, generatorlar, hamda transformatorlar uchun esa, 10 Ом gacha ruxsat etiladi. Elektr uskunalarining erga ulash qurilmasini tekshirishda ularning elektrodlari va o‘tkazgichlarini holati ko‘zdan kechiriladi va qarshiligi o‘lchanadi. Tekshirish har 6 oyda bir marta, yuqori va o‘ta xavfli elektr uskunalari uchun har 3 oyda bir marotaba o‘tkazilishi shart. Ularning qarshiligi esa, bir yilda bir marta o‘lchanadi. Bundan tashqari elektr jihozlarni ta’mirlashdan so‘ng yoki uzoq muddat ishlamasdan turganda ham erga ulash qurilmasining qarshiligi tekshirilishi zarur.
Erga ulash qurilmasining qarshiligi amper-voltmetr yoki M-416, M-1103 markali megомetrlar (2-rasm) yordamida aniqlanishi mumkin. Bu jihozlar yordamida elektr qarshiligini o‘lchash uchun erga 0,7-0,8 m chuqurlikda 2 ta ko‘shimcha elektrod o‘rnatiladi. YOrdamchi elektrodlar bilan asosiy elektrodlar orasidagi masofa 20 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 74.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling