Materiallarning xarakteristikalarini sinov yo`li bilan o`rganish


Download 40.11 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi40.11 Kb.
#1585412
  1   2   3
Bog'liq
Materiallarning xarakteristikalarini sinov yo`li bilan o`rganish


Materiallarning xarakteristikalarini sinov yo`li bilan o`rganish


REJA:
1. Umumiy tushunchalar.
2.Cho’zilish diagrammasi. Materialning mustahkamlik xarakteristikalari.
3. Materialning plastiklik ko’rsatkichlari.
4. Solishtirma deformastiya ishi.
5. Qattiqlik.
6. Zarbiy qovushqoqlik.

1. Umumiy tushunchalar

Mustahkamlik va bikrlikka hisoblashda materiallarning zarur xususiyatlarini bilish lozim. Materiallarning asosiy mexanik xossalarini uning chegaraviy kuchlanishlari (asosiy elastiklik va mustahkamlik xarakteristikalari), plastiklik ko’rsatkichlari, qattiqligi va zarbiy qovushqoqligi tashkil etadi.


Konstrukstion materiallar o’z xossalari bo’yicha shartli ravishda plastik va mo’rt materiallarga bo’linadilar. Plastik materiallarga kam uglerodli po’lat, mis, alyuminiy va boshqalar kiradi. Ular sezilarli deformastiyalanib emiriladilar. Mo’rt materiallarga yuqori uglerodli po’lat, cho’yan, beton, tosh va boshqalar kirib, ular juda oz deformastiyalanib emiriladilar.
Plastik materiallar cho’zilish va siqilishda bir xil qarshilik ko’rsatadilar. Mo’rt materiallar cho’zilishga qaraganda siqilishga yaxshiroq qarshilik ko’rsatadilar.
Materiallarning xossalarini materialdan yasalgan maxsus namunalarni sinash orqali aniqlanadi. Cho’zilish va siqilishga sinash statik sinovlar ichida keng tarqalgan va oddiy hisoblanib, uning natijalari asosida materialning boshqa deformastiyalarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatlari haqida xulosa qilish imkonini beradi.
Cho’zilishda sinash uchun stilindrik yoki yassi namunalar qo’llanadi. Namuna ishchi qismining diametri d0=10 mm va hisoblash uzunligi 0=10d0=100 mm bo’lgan stilindrik namuna asosiy namuna hisoblanadi.


2. Cho’zilish diagrammasi. Materialning mustahkamlik xarakteristikalari

Sinov paytida mashinada N- cho’zilish diagrammasi yozib olinadi. Bir xil materialdan yasalgan turli o’lchamli namunalarning sinov natijalari haqida to’gri xulosalar qilish maqsadida cho’zilish diagrammasini - koordinata o’qlar sistemasida qayta quriladi (1 - shakl). Bunda =R/F0 va =/0.




1 - shakl.
Kuchlanish va nisbiy cho’zilish tegishlicha boshlangich kesim yuzasi va namunaning boshlangich uzunligiga nisbatan hisoblanganidan bu diagrammani shartli cho’zilish yoki shartli kuchlanish diagrammasi deb yuritiladi.
Kam uglerodli po’latning cho’zilish diagrammasining proporstionallik chegarasi (n) gacha OA qismida deformastiya kuchlanishlarga proporstional ortib boradi, ya’ni bu oralikda material Guk qonuniga bo’ysunadi. A nuqtaga juda yaqin V nuqta elastiklik chegarasi (e) ga mos bo’lib, bunda 0,002...0,005 foiz qoldiq deformastiya qolishi mumkin. Kuchlanish S nuqtaga etganda deformastiya kuchning deyarli o’zgarmas qiymatida ortib boradi. Diagrammaning SD qismi oquvchanlik yuzachasi deb yuritiladi. Bu qism boshidagi S nuqta oquvchanlik chegarasi (oq) ga mos keladi. Material oqqanda namunaning yaltiroq sirti xiralashadi. Buning sababi material zarralarining o’zaro siljishidir. Unda namuna sirtida bo’ylama o’qqa 45 gradus burchak ostida siljish chiziqlari (Chernov-Lyuders chiziqlari) paydo bo’ladi.
Yuqori uglerodli va legirlangan po’latlar, dyuralyumin, bronza, mis va alyumin diagrammalarida oquvchanlik yuzachalari bo’lmaydi. Ular uchun shartli oquvchanlik chegarasi (0,2) belgilanadi. U qoldiq uzayish namuna uzunligining 0,2 foizini tashkil qiladigan kuchlanishdan iborat.
Oquvchanlik chegarasidan keyin material mustahkamlashadi va namuna butun uzunligi bo’yicha bir tekis uzayadi. Kuchlanish diagrammaning E nuqtasiga mos eng yuqori qiymatga erishgach, namunada mahal liy ingichkalashish - «bo’yin» hosil bo’ladi. Ana shu eng katta kuchlanish mustahkamlik chegarasi yoki vaqtli qarshilikka (v) tegishli kuchlanish deb yuritiladi.
Qoldiq deformastiya «bo’yin»da to’planadi, natijada uning ko’ndalang kesim yuzasi kichrayadi va chuzuvchi kuch pasayadi. Namunaning uzilishi diagrammaning N nuqtasida «bo’yin»ning eng kichik kesimi bo’yicha yuz beradi. Bu vaqtda haqiqiy kuchlanish kamaymaydi, balki namunani uzadigan darajada o’sadi (haqiqiy diagrammaning S nuqtasi).
Amaliy hisoblarda materiallarning asosiy elastiklik va mustahkamlik xarakteristikalari sifatida elastiklik chegarasi - e, oqish chegarasi - oq va vaqtli qarshilik (mustahkamlik chegarasi) - v qo’llanadi.



Download 40.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling