Kirish I bob. Mehnatga haq to’lashning nazariy asoslari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish va takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ........................................................................................... 13
- ................................. 29
- XULOSA VA TAKLIFLAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. ILOVALAR.
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
- Kurs ishining tarkibi.
- I BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASHNING NAZARIY ASOSLARI.
- 1-jadval. Ish haqining shakllari va tizimlari 9
2
KIRISH ................................................................................................................ 3 I BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASHNING NAZARIY ASOSLARI. 1.1. Korxonalarda mehnatga haq to’lashning mohiyati va turlari ............................ 6 1.2.. Korxonada mehnatga haq to‘lash tizimi va moddiy-ma'naviy rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish ........................................................................................... 13 1.3. Mehnatga haq to’lashning xorij tajribasi ....................................................... 17
2.1. O’zbekistonda o’rtacha ish haqining o’sish dinamikasi va mehnat resurslari tahlili ................................................................................................................... 24 2.2. “Deluxe Fabric” MCHJ korxonasining faoliyati tahlili ................................. 29
2.3. “Deluxe Fabric” MCHJda mehnatga haq to’lash jarayoni va mehnat resurslari tahlili .................................................................................................................... 33 XULOSA VA TAKLIFLAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. ILOVALAR.
3
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidagi qiyinchiliklar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo etadi. Bu o’z navbatida mamlakatimizning yuqori salohiyatga ega bo’lgan ishchi kuchidan samarali foydalanishni vazifa qilib qo’yadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning negizida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi 5 yil ichida aholi daromadlarining salmog’i sezilarli darajada oshgani ma’lum. Xususan, Prezidentimizning 2019-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish to’g’risidagi murojatlari buning yaqqol ifodasidir: “…Birinchidan, aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019 yil uchun bandlikka koʻmaklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak. Bu borada ishsizlarni kasbga oʻqitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq toʻlash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, soliq va boshqa toʻlovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bogʻliq boʻlishiga barham berish kerak.” 1
Jahon bozorida turli iqtisodiy qiyinchiloiklar hukm surayotgan bir paytda xalqimiz turmush tarzining yaxshilanishi va farovonlik darajasining oshirilishi uchun ildam qadam tashlayapmiz. Aholi daromadlari nafaqat yirik tadbirkorlik subyektlari tarkibida ishlayotganlar hisobiga, balki kichik biznes tadbirkorlari qo’lidagi jamoaning hissasiga oshib bormoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:
1
http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-olij-mazhlisga-murozhaatnomasi
4
“…Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko‘paytirildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi.” 2
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega. Jamoa shartnomalari korxonalarda, ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi. 3
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 3 Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодекси. 16, 29, 35-моддалари. 5
haqi masalalari, mehnatga haq to‘lash shakllari va sistemalari, tarif tizimi nazariy jihatlari V.P. Gruzinova 4 , Ye.A. Kantora, Gorfinkel' V.Ya., Shvandar V.A., Gorfinkelya 5 V.Ya., Shvandara V.A. va boshqalarning ilmiy ishlarida atroflicha tahlil qilingan. Ishlab chiqarish munosabatlarida kadrlar, Zamonaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyatida kadrlar masalalari xorijiy olimlardan John Sloman, Alison Wride 6 , Church J., and R.Ware. 7 va boshqa olimlarning ishlarida bayon etilgan. Kurs ishining maqsadi. Korxona va tashkilotlarda xodimlar mehnat faoliyati uchun ish haqi to’lash jarayonlari va tizimlarini o’rganish va takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagilar tadqiqot vazifalari etib belgilangan: - Korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashning mohiyati hamda ijtimoiy farovonlikni ta;minlashda tutgan o’rni va ahamiyatini asoslash; - O’zbekiston sharoitida mehnatga haq to’lash jarayonining rivojlanish dinamikasini tahlil etish; - Korxonalarda mehnatni tashkil etishning nazariy jihatlarini asoslash; - Korxonalarda mehnatni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish;
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
переработанное издание. ИНФРА – М ,. 2007: 5 Горфинкель В.Я., Швандара В.А. Экономика предприятия. Учебное пособие.-М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008, 6 John Sloman, Alison Wride . Economics. Seventh edition. 2009, England.
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2010 6
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Mehnat – har bir shaxs va umuman jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘ladigan moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq faoliyatdir. Mehnat - insonda mavjud ong ma'naviyat bilan uning jismoniy imkoniyatlarining birlashishi tufayli yuzaga keladi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonini tadqiq qilish asosida shunday fikrga kelish mumkinki, mehnat avvalo, inson bilan tabiat o‘rtasidagi sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson o‘z faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi davrida mehnatga haq to’lash, daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq masalalarning mohiyati tubdan o’zgardi. Totalitar tizimda moddiy ne’matlarni mehnatkashlar o’rtasida taqsimlash markazlashgan holda amalga oshirilgan bo’lib, unda mehnat o’lchovlari va iste’mol o’lchovlarining tenglik tamoyili asos qilib olinar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy ne’matlar markazdan turib taqsimlanmasdan, yollanma xodimning har bir muayyan vaziyat uchun sarflagan mehnatini ish haqining miqdori bilan to’g’ridanto’g’ri ayirboshlash tamoyiliga asoslangan. Bunday sharoitda ish haqi – bu davlat tomonidan mehnatga haq to’lash uchun ajratiladigan milliy daromadning qismi bo’lmasdan, balki ish beruvchi daromadning mehnat shartnomasi asosida va mehnat natijasiga muvofiq ravishda yollanma mehnatning to’lovchi uchun sarflaydigan qismidir yoki yollanma xodimning bajargan ish evaziga ishlab topilgan mablag’ining miqdoridir. Mehnatga haq to’lash ishchi va xodimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib, korxonada buni amalga 7
oshirishning iqtisodiy shakli – ish haqidir. Mehnatga haq to’lashda xodimlarning yoshi, jinsi millatidan qat’iy nazar sarflangan mehnat, mehnatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi. Mehnatga haq to’lash ish haqi orqali amalga oshiriladi. Ish haqining asosiy vazifasi mehnatkashlarning xayot va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’ minlashdan iboratdir. Inson uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli ish haqining ikki turi: nominal va real ish haqi mavjud. Mehnatga haq to’ lashni to’g’ri tashkil qilish ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish ayniqsa mehnat unumdorligini o’stirishning muhim vositalardan biridir. Mehnatga haq to’lashni tashkil qilish - bu sarflangan mehnat va unga to’ lanadigan ish haqi miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ta’minlashdan iborat bo’ lib, u ish beruvchi bilan ishlovchilarning manfaatini ko’zlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lashni tashkil qilishning bir qancha vazifa va tamoyillari mavjud.
1. Takror ishlab chiqarish vazifasi. U mehnatkashlarni, ularning oila a’zolarini farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bunday inson ehtiyojlarining oshib borishini belgilovchi iqtisodiy qonun aks etadi. Ushbu vazifa davlat tomonidan ish haqini tartibga solish qonun-qoidalari bilan o’ta bog’langan. 2. Rag’batlantiruvchi vazifa u xodimlarning ish haqining miqdorini sarflagan mehnati bilan bog’liqligini, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini natijalari asosida hisoblanganligini belgilaydi. Ushbu bog’lanish xodimlarning o’z mehnatlari natijalarini doimo yaxshilashdan manfaatdor bo’lishlariga qaratilgandir. 3. Taqsimlovchi vazifa. Bu vazifa yollanma ishchi va ishlab chiqarish vositalarining egalari orasida iste’mol fondlarini taqsimlashda jonli mehnat me’ yorlarining aks etishini ko’rsatadi. Ish haqi yordamida ishlab chiqarish jarayonida 8
qatnashgan har bir xodimning sarflagan mehnatiga ko’ra iste’mol fondidagi shaxsiy ulushi aniqlanadi. 4. Resurslarni taqsimlash vazifasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan bu vazifalarning ahamiyati oshib bormoqda. U hududlar, iqtisodiyotning tarmoqlari va korxonalar bo’yicha mehnat
resurslarini joylashtirishni optimallashtirish masalasini hal qiladi. 5. Aholini xaridorgirligini ta’minlash vazifasi. U aholining xaridorgirligini pul mablag’lari bilan ta’minlash orasidagi bog’liqligini belgilaydi. Mehnatga haq to’lashning tamoyillari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: 1. Ishlab chiqarish va mehnatning samaradorligi o’sishi hisobiga real ish haqi miqdorini o’sishi. 2. Mehnat unumdorligini o’sish darajasini ish haqining o’sish darajasidan yuqori bo ’lishi. 3. Xodimning korxona faoliyatining natijalariga qo’shgan hissasi bo’yicha ish haqining differensiyalash. 4. Mehnatiga yarasha ish haqini belgilash. 5. Mehnatga haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solinishi. 6. Mehnat bozori ta’sirini hisobga olish. Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Xodim uchun ish haqi – uning shaxsiy daromadidagi bosh va asosiy manba bo’lib, u uning va oilasining farovonligini ta’minlash va yuksaltirishda asosiy vosita bo’lib hisoblanadi 8 .
8 Головачева А. “Организатсия, нормирование и оплата труда” Москва: “Новое знания”, 2007.
9
Minimal ish haqini belgilashdagi asosiy mezonlardan bo’lib, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ehtiyojini hisobga olish hisoblanadi. Minimal ish haqi ularning faqat jismoniy faolliklarini emas, balki ishlashga bo’lgan qobiliyatlarini qayta tiklash, rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, u jismoniy ehtiyojlarni qondirishi bilan birga, ularning ixtisosligini oshirish va ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishini ham ta’minlash kerak. Shunga ko’ra, hozirda Respublikamizda kishilarning fiziologik minimumidan kelib chiqqan holda mehnat to’lovining minimal darajasi belgilangan. Hozirgi paytda iqtisodiyotning turli jabhalari va sohalarida mehnatga haq to‘lash asosan ikki shaklidan foydalaniladi. Bular ishbay va vaqtbay mehnatga haq to‘lash shakllaridir. Mehnatning samarasi bir kunda yoki soatda o‘z ifodasini topmaydigan yoki
yaratilgan mahsulotning miqdorini aniqlash imkoni bo‘lmaydigan korxonalarda mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklidan keng foydalaniladi. Bularga o‘qituvchilar, tarbiyachilar, shifokorlar kabi toifadagilarning mehnatini misol qilish mumkin. Qilingan mehnatning natijasini soatda yoki bir kunda aniqlash imkoni mavjut hollarda asosan ishbay usulda mehnatga haq to‘lanadi. Mehnatga haq to‘lash murakkab tizimga ega. Mehnatga haq to‘lashda ishlatiladigan barcha elementlar mehnatga haq to‘lash tizimini tashkil etadi. Mehnatga haq to‘lash tizimidagi funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur. 1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi yuksalib borgan sari real ish haqining ortib borishi. 2. Mehnat unumdorligi o‘sishini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur'atlaridan ilgarilovchi sur'atlarini ta'minlash 3. Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo‘shgan mehnat hissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga , korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqini tabaqalashtirish. 4. Barobar (teng) mehnat uchun barobar haq to‘lash.
10
5. Mehnatga haq to‘lashni davlat yo‘li bilan boshqarish va tartibga solib turish. 6. Mehnat bozorining ta'sirini hisobga olish. Mehnat bozorida pirovard natijada mehnatning har xil turlariga baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga to‘lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqei bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, mazkur bozordagi vaziyat va bandlilik imkoniyatini ham belgilab beradi. 7.Mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi 8.Ish haqini tashkil etish tamoyillarini ularni amalga oshirishga qaratilgan funksiyalarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir. Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqi bu mehnat uchun mukofotdir. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismidir. Ish haqining nominal va real turlari mavjud. Nominal ish haqi bu xodimning ma'lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir. Real ish haqi nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste'mol qobiliyati ”dir. Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur: * adolatlilik, ya'ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to‘lash; * bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;
* mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni hisobga olish; 11
* sifatli, sidiqidildan mehnat qilishni rag‘batlantirish, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas'uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash; * mehnat unumdorligi sur'atini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur'atlariga nisbatan tezroq o‘stirish; * ish haqi miqdorini inflyasiya sur'atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish; * mehnatga haq to‘lashning korxona ehtiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg‘or shakl va tizimlarini qo‘llash. Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda mehnatga haq to‘lashning turli tizim va shakllari qo‘llanilib, ulardan eng ko‘p tarqalganlari ishbay va vaqtbay ish haqi shakllaridir. Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar' vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi. Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma'lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi. Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi. Korxonalarda ko‘pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma'lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi. Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir turi bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi. Korxonada quyidagi hollarda akkord haq to‘lash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi: • korxona biron-bir buyurtmani o‘z vaqtida bajara olmasa va buning uchun shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima to‘laydigan bo‘lsa;
12
• korxonaning to‘xtab qolishiga sabab bo‘luvchi favqulodda vaziyatlar (yong‘in, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga ko‘ra asosiy texnologik liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro‘y berganda; • alohida ishlarni bajarishga o‘ta zarurat tug‘ilganda yoki korxonada yangi asbob-uskunalar ishga tushirilganda. 1-jadval. Ish haqining shakllari va tizimlari 9
Ko‘pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi. Sanoat korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementlari mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Mehnatni normalash - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning natijalarini vaqt normalari, soni, xizmat ko‘rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish normalangan topshiriqlar normalarini aniqlashdir.
9 Abduraxmonov K.X. «Mеhnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot)» (Oliy o`quv yurtlari uchun darslik) ( T.: «Mеhnat», 2004 y.) 13
Ish haqining shakllari va tizimlari –bu mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart- sharoitlariga) bog‘liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling