Kirish I bob. Sinfdan tashqari o’qishning ahamiyati


Download 489.39 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2023
Hajmi489.39 Kb.
#1078945
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
begaliyev ijodini o\'rganish Shahzoda




Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………….2


I BOB. Sinfdan tashqari o’qishning ahamiyati
1.1.Sinfdan tashqari o’qishni har bir sinfda tashkil etish, uning o’ziga xos tomonlari…………………………………………………………………3
1.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarini olib borishda o’qituvchi va o’quvchining vazifalari……………………………………………………..6
1.3. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslarini bog’liqligi………..8
1.4. Bolalar yozuvchilari bilan tanishtirish ular bilan uchrashuvlar o’tkazish. O’tilgan asarlarni sahnalashtirish………………………….11
1.5. Olloyor Begaliyev hayoti va ijodini sinfdan tashqari o’qish darslarida qo’llash………………………………………………………..13
Xulosa………………………………………………………………………27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………..28

Kirish



Boshlang’ich (I-IV) sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tkazish jarayonida o’quvchilarga o’qish va qiroatxonlik saboqlarini berish, kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobning muqaddas ekanligini his etish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini kuzatish, ularning ibratli ishlariga ergashish, salbiylardan nafratlanish, o’z taassurotlarini tasvirli so’zlab berish kabi mahoratlarini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat.
Mavzuning dolzarbligi: Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilarga metodik va uslubiy tushunchalar berish.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.

Download 489.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling