Kirish. Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Organik moddalarning klassifikatsiyasi
Download 31.09 Kb.
|
Organik birikmalar klassifikatsiyasi
Organik birikmalar klassifikatsiyasi. REJA: Kirish. Organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Organik moddalarning klassifikatsiyasi. Kirish. Tarkibida uglerod bo‘lgan birikmalar organik moddalar deyiladi. Uglerodning C0, C02 va karbonatlar singari oddiy birikmalari anorganik kimyoda utiladi. Organik moddalar dastlab tirik organizmda – o‘simlik va xayvon organizmida topilganligidan, bu birikmalar organik moddalar deb atalgan edi. Ayrim olimlar organik moddalar tirk organizmdagina «illoxiy kuch» yordami bilan hosil kilinadi, ularni sun’iy ravishda hosil qilib bulmaydi, degan edilar. Lekin 1824 yilda nemis olimi Vyoler organik modda bo‘lgan oksalat kislotani va 1828 yilda mochevinani sun’iy ravishda sintez qilishga muvaffaq buldi. Hozir juda kup va xatto anchagina murakkab organik moddalar ham sun’iy ravishda hosil kilingan. Hozir organik birikmalar yuz mingga yetadi. Organik birikmalarning kupligi, asosan, uglerod atomlarining bir-biri bilan bevosita birikib, barkaror uglerod zanjiri hosil qilishdan kelib chiqadi: - C – C – C – C - Ko‘pchilik elementlarning atomlari bir-biri bilan bunday zanjir hosil qila olmaydi, agar kilganda ham, u kup atomli bulmaydi yoki bekaror bo‘ladi. Uglerod zanjiri yuqorida ko‘rsatilganidek ochiq zanjir yoki berk ciklik zanjir bo‘lishi mumkin. Uglerod atomlarining zanjirida shu atomlar orasidagi bog‘ yakka yoki kush bog‘ bo‘lishi mumkin. Yakka bog‘da uglerod atomlari o‘zaro bitta valentlik bilan, kush bog‘da esa ikkita va uchta valentlik bilan bog‘langan bo‘ladi. Yonib, kup issiklik chikaradigan moddalar yoqilg‘i deyiladi. Jumladan, suyuq yoqilg‘i-neftda, qattiq yoqilg‘i –toshko‘mir, torf, yogoch, gaz yoqilg‘i-tabiy gazlarda kup miqdorda uglerod va birikmalari bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ular organi birikmalarning asosiy manbaidir. Yogochni xavo kirmaydigan joyda kizdirib –quruq xaydab, yog‘och spirti, sirka kislota, aceton, fenol va boshqa moddalar olish mumkin. O‘simlik koldiklarini – kipik, chigit sheluxasi, kamish va boshqalarni suv bilan reaksiyaga kiritib gidrolizlab, 50 dan ortik modda, masalan, turli spirtlar, furfurol va boshqalar olish mumkin. Organik moddalarning eng asosiy manbai neftdir. Hozir kupchilik organik moddalar neftdan olinadi. Neft juda muxim kimyoviy ashyo bo‘lib koldi. Turli joylardan chiqadigan neftning tarkibi har xil bo‘ladi. Ular, asosan, uglevodlardan iborat, lekin ularga ozgina oltingugurt, azot, kislorod va boshqalarning birikmalari aralashgan bo‘ladi. Download 31.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling