Kirishlari montaji va o’rnatilgan tok transformatorlari montaji


Download 40.92 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi40.92 Kb.
#1428940
Bog'liq
50- mavzu


Kirishlari montaji va o’rnatilgan tok transformatorlari montaji.
Reja:

  1. Reaktorlar montaji

  2. Nochiziqli o‘ta kuchlanishni cheklagichlar (UKCH) montaji

  3. O‘lchov transformotorlar montaji

Reaktorlar montaji
Reaktorlarni montajdan oldin tekshirishdan o‘tkaziladi. Izolyasiya va ustunlarida nuqsonlar (yoriq va singan erlari) laklangan ustun yuzalarida buzilish bo‘lmasligi kerak; atrof-muhit harorati 15-20 0S da izolyasiya qarshiligi 50 MOm RB-6 va 100 MOm RB-10 ruso‘mli reaktorlar uchun ko‘satilganidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar o‘lchangan izolyasiya qarshiliklari ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, u holda ularni ishlab chiqargan korxona pasport malumotlari bilan taqqoslash zarur; o‘lchangan izolyasiya qarshiligi ishlab chiqargan korxona o‘lchagan haroratdagi izolyasiya qarshiligini 70% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Reaktor kuchli magnit maydonnini tashkil qilishi mumkin, shu sababli bir necha to‘rdagi himoya usullari qo‘llaniladi:
Reaktorning eng chetki bo‘linmasi ichidagi po‘lat tuzilishgacha bo‘lgan oraliq (konstruksiyagacha) reaktor diametrining yarmidan kam bo‘lmasligi kerak; po‘lat tizimi va o‘tkazgichlar yopiq zanjir qilmasligini ko‘zatish zarur; tayanch izolyatorlari nomagnit materiallar bilan suvoq qilinadi (armirovkalanadi), kontaktlar bolti nomagnit po‘lat va latundan tayyorlanadi va mahkamlanadi.
Reaktor izolyasiya qarshiligi qiymati kam bo‘lganida issiq havo purkovich yordamida olovbardosh kamerada qo‘rintilishi kerak.
Kabel qog‘ozi matoqog‘ozli tasma bilan o‘rab qoplanadi. CHulg‘am o‘ramlarini maxsus ustunlarda yuqori sifatli beton qo‘yibmahkamlanadi. Beton qo‘ringach ustunlarni namga chidamli izolyasiyalovchi laklarga shimitib to‘la qo‘ritiladi.
Download 40.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling