Taqqoslash metodi – ta’lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning namoyon bo’lishini aniqlaydi. Taqqoslash metodi
Download 278.39 Kb.
|
Bt120Karimova Oybibi6
Termiz davlat universitetiIjtimoiy fanlar fakultetiBoshlang’lich ta’lim yo’nalishi3-bosqich 120-bosqich talabasiKarimova Oybibiningona tili va o’qish savodxonligi fanidan tayyorlaganMustaqil ishiMavzu: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida taqqoslash metodidan foydalanish
Taqqoslash metodi – ta’lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning namoyon bo’lishini aniqlaydi. Taqqoslash metodi ta’lim tizimlaridagi umumiylik va o’ziga xoslikni, pedagogik nazariya va amaliyotning o’xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. Masalan, hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Xitoy va Yaponiya ta’lim tizimlarini bir-biriga qiyoslash imkoniyatlari kengroq. Ammo, bu ikki davlat ta’lim tizimlarini Evropa davlatlari bilan qiyoslash va taqqoslash maqsadga muvofiq bo’ladi. Fanlar ni qiyosiy metod bilan taqqoslash zarurligini ko’pgina olimlar uqtiradilar. Ularning fikricha, qiyosiy pedagogika fanlarni qiyoslash va taqqoslash obyektlar sohasidagi farqlarni aniqlash tufayli katta yutuqqa erishadi. Bu fanlarda qiyoslash xuddi qiyosiy anatomiya, botanika, tilshunoslik va boshqa fanlardagidek umumiy xarakter kasb etadi. Qiyoslanayotgan ma’lumotlarni taqqoslash turli ijtimoiy tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qarama-qarshi va qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum belgilangan prinsiplari, alohida mamlakatlar va maorif taraqqiyotining umumiy qonuniyailari va tendensiyalari, ilmiy xususiyatlari aniqlanadi. Maktab va maorifning ahvoli haqidagi miqdor va sifat ma’lumotlarini qiyoslash va solishtirish uchun umumiy sifat ko’rsatkichlari bo’lishi kerak.Qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy, iqtisodiy tizim, ta’lim va tarbiya sohasidagi tarixiy an’analar, mamlakat fan-texnika va madaniyatning rivojlanishi darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning tarbiya amaliyotida ta‘siri aks etishidir.
E’tiboringiz uchun rahmat! Download 278.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling