«kitob tarixi»


Download 22.49 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi22.49 Kb.
#1745078
Bog'liq
узб. ИСТОРИЯ КНИГИ ОНМ ФЕВПАЛЬ


Mavzu:
Fevral oyining 4 haftasi. Atrof olam bilan tanishtirish.
«KITOB TARIXI»
Bo'taloq: Salom, bolalar! Kitob qanday ajoyib narsaya! Kitobni kim o'ylab topganikina?
KO: Bo'taloq! Bunday yarativchining o'zi yo'q.
KO: Axir insonlar qadim-qadim zamonlardan buyon bir-birlariga qiziqarli voqealar aytib berib, hayot haqida bilganlarini bo'lishib kelganlar. Faqat yozishni darrov o'rganmaganlar.
Yozuvning ilk shakli geometrik shakllar va rasmlar bo'lgan.
Bizga ma'lum eng qadimgi taraqqiyot – shumerlar bo'lgan. Ular so'z va harflar o'rniga rasmlardan foydalanganlar. Shumer yozuvi mixxat deb ataladi, mix so'zidan olingan, sababi yozish uchun mo'ljallangan loy taxtachalarga belgilarni o'yib chiqish uchun uchi o'tkir tayoqchadan foydalanganlar.
Qadimgi misrliklar piktografik rasmli yozuvdan foydalanganlar, har bir kichik rasm so'z yoki tovushni anglatgan. Bunday rasm yoki belgilar iyerogliflar deb atalgan.
So'ng harflar paydo bo'ldi. Hozirgi kunda insonlar foydalanadigan aksari alfavitlar ehtimol qadimgi rasmli yozuvlardan paydo bo'lgandir.
A lotin harfi balki «Buqa» rasmli belgisidan kelib chiqqandir.
Ko'p sonli xattotlar yozuvlarni yurgaza boshladilar: dalalarda qancha don yig'ib olingani, podada necha bosh mol borligi yana o'sha zamon hayoti tarixini ham yozib borganlar.
Kitoblar shu tarzda paydo bo'lgan.
Misrliklar suv o'simligi bargidan tayyorlangan papirus qog'ozlarga yozganlar. So'ng papiruslarni aylantirib qo'yganlar.
Siyohni qora ko'mirga suv va yelim qo'shib tayyorlaganlar.
Keyinriq insonlar hayvonlar terisidan pergament tayyorlaydigan bo'ldilar. U papirusdan ko'ra yaxshi edi, chunki uning ikki tomoniga ham yozish mumkin edi. Uni qayirish, kesish mumkin edi. Alohida qog'ozlar tikilar va bu holatda ular kitobga o'xshab ko'rinar edi. Faqat bunday kitob katta va og'ir bo'lar edi. Muqova teri qoplangan taxtadan qilinar edi. Uni misli burchaklar, qimmatbaho toshli mis tamg'alar bilan bezatishgan.
Kitob qisqichlar yoki qulf bilan qulflanar edi.
Qadimgi Misrda o'simlikdan olingan maxsus tasma kitoblarni o'ylab topishgan.
Ossuriyaliklar esa loy lavha kitoblar o'ylab topganlar.
Loy lavhalardan ishlangan butun boshli kutubxonalar bo'lgan. Bunday kutubxona shoh Ashshurbanipaluga tegishli bo'lgan.
Qadimgi Rimliklar tomonidan mumdan kitob o'ylab topilgan. Bu kitob shunday ko'rinishga ega edi: o'rtasi yaxshilab o'yib, tekislangan bir necha taxtacha teshiklari orqali arqonchalar bilan mahkamlangan. Har bir kvadrat taxtachaning o'yilgan qismi sariq yoki qoraga bo'yalgan mum bilan to'ldirilgan. Kitobga po'lat tayoqcha bilan yozilgan. Bunday kitoblar uzoq xizmat qilgan, chunki undagi yozuvlar to'lgach, mumli qismini eritib, qaytadan yozish imkoni bo'lgan.
Birinchi qog'ozni Tsay Lun Xitoyda o'ylab topgan. U tut daraxtining ichki tolasimon po'stloq qismidan qog'oz ishlab chiqarish usulini topgan.
Xitoyliklar tolani ajratish uchun po'stloqni suvda ezganlar, keyin bu aralashmani tagida uzun ensiz bambuk yozilgan patnislarga quyganlar. Suv oqib ketgach, yumshoq varaqlarni quritish uchun tekis yuzaga yoyganlar. Bambuk yoki eski matolardan foydalanganlar. Shunday qilib po'stloqdan qog'oz paydo bo'lgan.
Xitoy savdogarlari uzoq shimolga va g'arbga sayohat qilganlar va qog'oz ishlab chiqish sanoati butun dunyo bo'ylab yoyilgan.
O'sha zamon olimlari paxta va zig'ir tolasidan qog'oz ishlab chiqarishni o'ylab ko'rdilar, chunki bu xom ashyolar ham uzunroq bo'lsada, toladan tashkil topgan edi.
Inson hozirda kitob va gazeta bosiladigan qog'ozni ishlab chiqarishni o'rganishi uchun ko'p vaqtlar kerak bo'ldi.
Uzoq vaqt kitoblar qo'lyozma shaklida bo'lgan. Kitobni yozish uchun oylar va yillar ketardi, va nihoyat…
Birinchi bosma stanoklar paydo bo'ldi. Avvaliga kichik qo'l mashinalar,
Keyin esa haqiqiy bosma mashinalar paydo bo'ldi.
Zamonaviy bosma mashinalar elektr toki yordamida ishlaydilar. Ular kitoblarni tez va chiroyli tarzda bosib chiqaradilar.
Bugun esa kitob o'zining dastlabki ko'rinishini o'zgartirib, elektron ko'rinishga keldi.
Zamonaviy kitob o'zining qadimiy ajdodlaridan ancha uzoqlashib ketdi. U ancha yengildir, rangli muqovalari va rasmlari bilan ko'zni quvontiradi.
Elektron bo'lib qoldi. Shunday bo'lsada zanonaviy kitob o'z qiyofasida asrlar davomida yig'ilgan chizgilarni saqlab qoldi. Uzoq yillar avvaliday kitob yaratish uchun ko'p insonlar: yozuvchi, shoir, rassom, bosmaxona ishchilarining mehnati talab qilinadi. -
Bo'taloq: О, kitobning yaralishda juda ko'p insonlar mehnat qilar ekan. Bolalar,keling, kitobni asrab-avaylaymiz!
Zulfya Karimova.
Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling