Klinik ko‘rinishlari
Gripp keskin boshlanadi: bir necha soat ichida bemorda isitma, yo‘tal (odatda
quruq), bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, zaiflik, tomoq
yallig‘lanishi va burun oqishi
paydo
bo‘ladi.
Ushbu alomatlarning ba'zilari
mavjud bo‘lmasligi mumkin, ammo yuqori isitma va keskin boshlanish
kasallikning klassik belgilaridir. Boshqacha qilib aytganda, agar
siz bir necha
kun davomida betoblik his qilib yurib, keyin «yiqilib» qolsangiz, unda bu
gripp emas, balki o‘tkir respirator virusli infeksiya ya'ni tomoq og‘rig‘idir.
Aksariyat odamlar bir hafta ichida davolanmasdan tuzalib ketishadi. Ammo
xavf guruhi ostidagi gripp jiddiy oqibatlarga va o‘limga olib kelishi mumkin.
Xavf guruhlari:
•
ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar;
•
65 yoshdan katta qariyalar;
•
homilador ayollar;
•
har qanday yoshdagi
surunkali yurak, o‘pka, buyrak, jigar, qon
kasalliklari, shuningdek qandli diabetdan aziyat chekuvchilar;
•
immuniteti pasaygan bemorlar (masalan, OIV bilan kasallanganlar).
Foto: parens.com