Ko‘chirma gap


Download 88.5 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1345223
Bog'liq
KO\'CHIRMA GAP QURILMALARI TARKIBIY QISMLARI MUALLIF GAPI VA KO’CHIRMA GAP ULARNINF O’ZARO BOG’ANISHI KO\'CHIRMA GAPNING MUALLIF GAPIGA NISBATAN PREPOZITIV POSTPOZITIV VA INPOZITIV HOLATLARDA QO’LLANA


KO'CHIRMA GAP QURILMALARI TARKIBIY QISMLARI MUALLIF GAPI VA KO’CHIRMA GAP ULARNINF O’ZARO BOG’ANISHI KO'CHIRMA GAPNING MUALLIF GAPIGA NISBATAN PREPOZITIV POSTPOZITIV VA INPOZITIV HOLATLARDA QO’LLANA OLISHI KO’CHIRMA GAPLI URILMALARNING O;ZIGA XOS XUSUSIYATLARI EKANLIGI.

Reja:


  1. Ko'chirma gapning muallif

  2. Ko’chirma gap

  3. O’zlashtirma gap.

  4. Ko’chirma gapda tinish belgilari

KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLAR


Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. Juda oddiy mavzu.
Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa.
Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir.
Ergashgan qo'shma gaplarning bosh gap qismi va ergash gap qismi turlicha joylashgani kabi Ko'chirma gapli qo'shma gapning KO'CHIRMA GAP qismi va MUALLIF GAPI qismi turlicha joylashadi.
ya'ni quyidagicha to'rt xil holatda joylashadi: 1.holat. M gap va K gap 2.holat. K gap va M gap 3.holat. M gap K gap M gap 4.holat. K gap M gap K gap
Bu to'rt xil ko'rinishning ichida tinish belgilarining qo'llanilishi ham turlicha va buni alohida - alohida o'rganamiz.
BIRINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak, yoki buyruq gap bo'lsa, yopilgan qo'shtirnoqdan keyin NUQTA qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida UNDOV va SO'ROQ belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: M: "K". M: "K?" M:"K!" Oxirgi ikki qolipdan keyin nuqta qo'yish xato. Endi qoliplarga mos misollarni keltiraman. Yozuvchi dedi: "Xalq yaxshilarni qo'llab-quvvatlaydi". O'rtog'im dedi: "Kim shaharga ketmoqchi?" Yig'layotgan bolakay dedi: "Unutmayman sizni hech qachon!"

IKKINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin VERGUL qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida SO'ROQ yoki UNDOV tinish belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: 1."K",--- M. 2."K?" --- M. 3."K!" --- M. ikkinchi va uchinchi qoliplarda qo'shtirnoq va tire o'rtasida VERGUL qo'llash xato. Qoliplarga mos misollar keltiraman. 1."Insonlarga yaxshilik qilishni yoqtiraman", --- dedi Sohiba. 2."Topshiriqlarni qachon bajarasiz?" --- dedi muallim. 3."Haydamang meni uyingizdan!" --- dedi Mustafo.


Hurmatli bo'lajak talabalar! Shu yergacha kunduzi yozib ulgurdim. Hozir yana ikki bosqichini yozib yuborishga harakat qilaman. Ulgurolmasam uzr.
UCHINCHI HOLAT. Ko'chirma gap muallif gaplarining orasida kelganida ko'chirma gapdan oldingi muallif gapidan so'ng IKKI NUQTA qo'yiladi. Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida, bosh harfda yozib boshlanadi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin(ya'ni tiredan oldin) VERGUL qo'yiladi. Agar his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, UNDOV yoki SO'ROQ kabi tinish belgilari qo'shtirnoq ichida qo'yiladi. (bunday holda qo'shtirnoq va tire orasida vergul qo'yilmaydi)
1. M : "K", --- M.
2. M : "K?" --- M.
3. M : "K!" --- M.
Masalan:
Guruhimiz sardori: "Baholanganlar uylariga ketaversin", --- dedi sekin ovozda.
Bosh vrachimiz: "Sizning jiyaningiz qaysi palaga joylashgan?" --- dedi otamga qarab.

[In reply to Mirzabek]


shuni to'g'rilayman, 8-gapning boshidagi so'z "Elga" dEb yozilgan, texnik xato uchun uzr.


Kenja singlim: "Sog'inib ketdim uyimizni !" --- dedi jahl bilan.


Yuqoridagi qoliplarga misollar keltirdim.
TO'RTINCHI HOLAT.
K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi
Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida QO'SHTIRNOQLAR har doim gapning BOSHIDA ochilib, gapning OXIRIDA yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, TIRE tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin VERGUL yoki NUQTA qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)
Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap SO'ROQ gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, BOSH HARF bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)
Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku".
"Sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?"
Tushunyapsizlarmi? Sizlar ham shunaqa misollarning miqdorini ko'paytiringizlar.
Anaaaa, endi mavzuning muhim joyiga yetib keldik. Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'ni TIREdan oldin) haaar doim VERGUL qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap BOSH harfda ham, KICHIK harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin NUQTA yoki VERGULNING qo'llanilishI ikkinchi ko'chirma gapning BOSH harfda yoki KICHIK harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap KICHIK harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap BOSH harfa davom etadi.
Masalan:
"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi Hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
"Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi Hakim bobo. --- Boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
Birinchisida muallif gapidan keyin VERGUL va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi.
Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin NUQTA va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi.
K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi
Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida QO'SHTIRNOQLAR har doim gapning BOSHIDA ochilib, gapning OXIRIDA yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, TIRE tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin VERGUL yoki NUQTA qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)

Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap SO'ROQ gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, BOSH HARF bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)


Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku".
"Sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?"
Testning ichida MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR mavzusiga taalluqli savollar ham bor: BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR; BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR; ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAOLAR; QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR. Xohlovchilar yechsin, xohlovchilar tashlab o'taversin.Lisoniy struktura jihatidan qo’shma gapning sodda gapdan farqi ma‘lum darajada ravshan. Aniqrog’i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun, hamda, grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.) 2.Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko’p - kulgu ko’p. (O). 4.Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko’riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, Baqa qurilmadagi cho’l yerlarni suvga serob qilish masalasi muxokama qilinadi.
Ko’rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko’p va ko’p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlovchi muhim asoslardan biridir. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo’shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o’zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqoza etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlaydi.
Komunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda birdan ortiq hukm o’z ifodasini topgan bo’ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo’shma gapda qaysidir darajada bo’rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo’nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lib, gaplarning biri ikkinchisini taqoza etadi. Bu jixatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.
SHunday qilib, qo’shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo’ljallangan sodda gaplarning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatlardan yaxlitlangan butunligidir.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvallo, bu grammatik va intonatsion nomustaqillikdir. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasini ergash gapli qo’shma gap qilib turgan narsa mazmuniy taqoza etuvchanlikdir. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomidir. Biroq bunday mazmuniy zich bog’lanishsiz ham qo’shma gap hosil bo’lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qureyi» eshitilardi, uzoqlardan chuponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi. Ikkinchidan, shuning uchun bog’lovchisi qo’shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan. (Biroq bu bog’lovchisiz ham qo’shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi
intonatsion uzilish qo’shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma‘lum bo’ladiki, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo’ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi.
intonatsiya - grammatik shakl - mazmun
CHunki mazmuniy bog’liqlik va grammatik shakl mavjud bo’lsa ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo’lmasa, ayrim gaplar qo’shma gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog’liqlik va grammatik aloqa bo’lmasa ham, intonatsiya asosida qo’shma gap hosil qilish mumkin (bog’lovchisiz qo’shma gap.) Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo’lganda, qo’shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging kerak. Gaplar orasida qushma gapning barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohang yo’qligi sodda gaplarning mustaqil bo’lishiga olib kelgan.
Qo’shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo’shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gaplar egasi bitta, bitta umumiy Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan gaplardir. Misollar: 1.Jamshid o’qir, yozar va chizar edi. 2.Do’kondorlar do’konlarini ochib, mudrab o’tirishardi. 3.Qushlar tinimsiz chug’urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gaplar esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy Pm li birdan ortiq kesimga ega bo’lgan gaplardir. Misollar: 1.Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2.Jamshid o’qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3Do’kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o’tirishardi. Qo’shma gaplar esa har biri o’z Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topadi. 1.Jamshid o’qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi.
Qo’shma gaplardagi formal-funktsional yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gaplar qo’shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik/mayl (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo’shma gaplar tarkibiga kiruvchi sodda gaplar orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo’ladi. Agar u teng bog’lovchi yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, tenglanish deyiladi. 1.O’g’lim keldi va tuyni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. To’g’ri, gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va gapni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo’lganda, formal yondashuv gaplarni teng munosabatli qo’shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog’lovchili qo’shma gaplar bog’lovchilarning tabiatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar va ergash gapli qo’shma gaplarga ajraladi.
Sodda gaplardagi tenglashish va tobelanish qo’shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo’rinadi:
1.Sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog’i, teng aloqa uyushiq bo’laklarni o’zaro bog’laydi:1.Yashil o’rmonlar va qorli tog’lardan o’tdik. 2.Javohir o’qir va yozar edi.
So’z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag’i, kitobni o’qimoq kabi. Qo’shma gapda esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik - qo’shma gapning turli ko’rinishlari uchun xizmat qiladi.
Tobe va teng bog’lovchi vositalar bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi - Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo’shma gap a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propazitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog’lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog’lovchisi kuchli namoyon qilgan.
2.Sodda gapdagi teng bog’lanish qo’shma gapdagi teng bog’lanishga nisbatan mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog’lanish uyushuvlik bilan «yo’ldoshdir». U sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi.
3.Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma‘noviy munosabatlari jihatidan sodda va qo’shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog’lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo’laklarda yuz beradi. So’z tarkibidagi grammatik vositali tobelashishni bog’lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo’lmaydi. Qo’shma gapda esa ergash gapli qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog’lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog’lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g’azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo’q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro tobe yoki teng bog’lovchi vositalarisiz birikadi. Ammo bu gaplarda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog’lovchi vositalar, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari qo’shma gap tarkibida uchburchak burchaklari kabi yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog’lovchisiz qo’shma gaplarda bog’lovchi vositalarning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari zimmasiga yuklatiladi.Ko’rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo’shma gapni tashkil etayotgan sodda gaplar ohang jihatidan mutlaqo tugallikka ega bo’lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo’ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gaplardagi tugallanganlikdan farqlanadi. Qo’shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi.
O’zgalarning hech o’zgarishsiz aynan berilgan kochirma gap deb ataladi. Ko’chirma gap yolg’iz o’zi yoki avtor gapi bilan birgalikda kelishi mumkin.
Masalan: “Alisher Navoiy go’zal xatotdir, - dedi faxrlanib Zayniddin” Ko’chirma gapdan asosiy maqsad boshqa shaxs gapinig barcha leksik, sintaktik, intinatsion xususiyatlarini saqlashdir.
Masalan: “Biz xalqni qutlaymiz, xalq bizni qutlaydi”, -dedi Sobolev.
Ko’chirma gap va avtor gapi o’zaro quyidagicha aloqaga kirishadi.
Bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida aloqaga kirishadi. Bunda ko’chirma gap bilan avtor gapini o’zaro bog’lashda demoq fe’lini deb (deya), degan shakllarda xizmat qiladi. “Hatto qurt-qumursqa ham yashash uchun kurashadi”, -degan gapi keldi.
Bog’lovchi vazifasidagi bunday so’z avtor gapi ko’chirma gapdan keyin kelganda ishlatiladi.
2. Bog’lovchisiz aloqaga kirishadi.
Bunda avtor gapining kesimi demoq, aytmoq, so’ramoq, gapirmoq, javob bermoq kabi fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: “xiyonatkor o’z chuqurlariga o’zlari yiqilurlar”,- dedi Navoiy ishonch bilan.
Ko’chirma gap bilan avtor gapining bog’lanishi va unda tinish belgilarining ishlatilishi
a) Ko’chirma gap yozuvda qo’shtirniqqa olinib bosh harf bilan
boshlanadi.
b) Ko’chirma gap avtor gapidan keyin keladi. Bu naqtda avtor
gapining kesimi so’radi, javob berdi, tugadi, gapirdi, dedi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
Ko’chirma gap avtor gapidan keyin kelganda, avtor gapidan so’ng ikki nuqta qo’yiladi. Bu vaqtda: 1) k’chirma gap oxirida nuqta qo’yish lozim bo’lsa, qo’shtirnoq bulardan keyin qo’yiladi. Masalan: 1. Michirun aytadi: “O’simlik qancha yosh bo’lsa, yangi sharoitda shunchalik tez moslashadi”. 2. O’qituvchi so’radi: Oybekning “Qutlug’qon” pomanidagi Yo’lchi obrziga kim harakteristika bergan?.
1. Ko’chirma gap avtor gapidan oldin keladi. Bu vaqtda avtor gapidagi bo’laklarinversiyaga ychraydi: kesm sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi. Avtor gapining kesimi ko’pincha deb aytdi, so’radi, gapirdi, dedi, der edi kabi fellar bilan keladi.
Ko’chirma gap avtor gapidan oldin kelganda, ko’chirma gapdan keyin qo’shtirnoq yopiladi. Agar ko’chirma gap darak gap bo’lsa, qo’shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo’yiladi. Agar ko’chirma gap so’roq yoki undov gap bo’lsa, qo’shtirnoq yopilish oldidan shu belgilarning o’zi qo’yiladi: qoshtirnoq yopilgach, tire qo’yiladi.
Masalan: 1. “Mehmonni laziz ovqatlar bilangina emas, shirin latifalar bilan ham kutmoq kerak”, -dedi kulib Sultonmurod.
2. “Ko’rishgan odam shunaqa siqar ekanmi?”-dedi Oyto’ti Karimaga.
3. “Dunyo mojarolaridan qo’l yuvmoqchi bo’lgan bir otaga keksaygan kunlarida farzand dog’ini ko’rmaslikning o’zi ham mukofotdir!”-dedi va ko’ziga yosh oldi.
4. Ko’chirma gap avtor gapning har ikki tomonida keladi. Bu vaqtda avtor gapi inversiyaga uchraydi: kesim sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi.
Avtor gapi ko’chirma gapning ichida kelganda, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:
1) Ko’chirma gap bo’lingan joyda hech qanday tinish belgisi
bo’lmasa yoki u erda vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta belgilaridan biri bo’lsa, vergul va tire qo’yilib, avtor gapi boshlanadi: avtor gapidan so’ng yana vergul va tire qo’yib, ko’chirma gapning qolgan qismi kichik harfbilan davom ettiriladi, masalan: “Odamning qo’lidan kelmaydigan hech bir ish yo’q,-dedi bolalarga bir-bir qarab Saodatxon, - odam hamma narsadan zo’r”. “Xo’b, men har qanday jabr tog’ini ko’tarmoqqa roziman, -dedi Navoiy keskin va dadil, - lekin ichi qora zotlar shuni yaxshi bilsinlarki, men qaerda bo’lmayin, haqiqatni qo’riqlaymen”.
2) Ko’chirma gap bo’lingan joyda nuqta bo’lsa, avtor gapidan
keyin esa nuqta va tire qo’yiladi. Ko’chirma gapning qolgan qismi bosh harf bilan davom erttiriladi. Masalan: “Haqiqiy sevgini hech narsaga tenglashtirib ham bo’lmaydi, do’stim,-dedi Elmurod.-Sevgi-kishining eng yuksak bebaho orzusi”
3) Ko’chirma gap bo’lingan joyda so’roq yoki undov belgisi
bo’lsa, bu belgilar o’z o’rnida saqlanadi va shundan keyin tire qo’yiladi. Avtor gapidan so’ng esa nuqta va tire qo’yilib, ko’chirma gapning qolgan qismi bosh harf bilan davom ettiriladi ettirildi. Masalan: “Ishing yirik, - O’sarjon”! –qichqirdi o’tkinchi, otboqar Qo’ziboy-G’o’zang dastlab mazasi yoq edi, nazarimda: xayronman, birdan avj olib ketdi.
4) Ko’chirma gap avtor gapining o’rtasida keladi. Bu vaqtda
avtor gapining “Ega sostavi esa avtor gapidan keyin keladi”. Ba’zan kesim sostaviga oid to’ldiruvchiyoki hol kochirma gapdan oldin kelishi ham mumkin.
Ko’chirma gap avtor gapining ichida kelganda, vtor gapi bo’lingan joyda ikki nuqta qo’yiladi va qo’shtirnoq ochilib ko’chirma gap bosh harf bilan boshlanadi: ko’chirma gap oxirida qo’shtirnoq yopiladi. Bundan keyin:
1) Ko’chirma gap darak gap bo’lsa, qo’shtirnoq yopgach vergul va
tire qo’yiladi, so’ng avtor gapining davomi yoziladi. Masalan: Kechqurun kanizak eshikdan kirishi bilan: “Siddiqjon aka, bizning zvenoda ishlar emishsiz,- dedi”.
2) Ko’chirma gap oxirida so’roq yoki undov belgisi qo’yiladigan
bo’lsa, ular qo’shtirnoqni yopilishidan oldin qo’yiladi: Qo’shtirnoq yopilgach tire qo’yiladi. Masalan: Bir kuni podsho afandidan: “Katta hovuzdagi suv necha chelak chiqadi?”-deb so’radi. Navoiy: “Shohona marhamatingiz uchun rahmat iloji bo’lsa, meni har qanday rasmiy mansablardan ozod etsangiz!” -dedi qat’iyat bilan.
Adabiyotlar:

  1. Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000.

  2. Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.

  3. G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989.

  4. O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.

  5. www.ziyonet.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling