Kollektorlik xossalarini aniqlash uchun namunalar olish va tayyorlash


Download 9.28 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi9.28 Kb.
#1781920
Bog'liq
1- Амалий


1 AMALIY MASHG‘ULOT


KOLLEKTORLIK XOSSALARINI ANIQLASH UCHUN NAMUNALAR OLISH VA TAYYORLASH

Bu usul tabiiy sharoitlarda neft, gaz yoki suv bilan to`yingan tog` jinslarida qo`llaniladi va namunalarni olish va tayyorlashga qo`yiladigan umumiy talablarni hamda kollektorlik xossalarini aniqlash uchun asosiy jihozlar ro`yxatini belgilaydi.


1. Namunalar olish
1.1. Tog` jinslarining kollektorlik xossalarini aniqlash uchun namunalar burg`ilash quduqlaridan kern ko`rinishida yoki ixtiyoriy shakldagi jins bo`lagi ko`rinishida olinadi.
1.2. Kern yoki jins bo`lagining chiziqli yoki og`irlik o`lchamlari va shakli tadqiqotning turi va jinslarning litologik xususiyatlariga bog`liq va 1.3. hamda 1.4. bandlarda ko`rsatilgan talablarga javob berishi lozim.
1.3. Suyuqlik to`yintirish usuli bilan ochiq g`ovaklik koeffitsiyentini aniqlashda to`g`ri shakldagi (silindr, kub) va ixtiyoriy shakldagi tog` jinslari namunalaridan foydalaniladi. Namunaning og`irligi 20 dan 800 g gacha.
1.3.1. Litologik bir xil tog` jinslarining g`ovakligini aniqlashda 20 dan 60 g gacha og`irlikdagi namunalardan foydalaniladi.
1.3.2. 20 g dan kichik og`irlikdagi namunalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
1.3.3. Jinslarning asosiy massasidan litologik tavsifi bo`yicha ajralib turadigan elementlari mavjud (galechnik va boshqalar); yaqqol ifodalangan tekstura xususiyatlari bo`lgan; 2 mm dan katta o`lchamdagi bo`shliqlarga (kovaklar, darzliklar) ega bo`lgan tog` jinslari uchun kernning quduqni burg`ilashdagi diametri saqlangan holdagi og`irligi 800 g katta bo`lmagan namunalardan foydalaniladi.
1.4. Mutloq gaz o`tkazuvchanlikni aniqlashda to`g`ri shakldagi (silindr, kub) shakldagi tog` jinslari namunalaridan foydalaniladi.
1.4.1. Chiziqli sizilishda o`tkazuvchanlikni aniqlash uchun diametri 15-35 mm va balandligi 20-50 mm bo`lgan silindr shaklidagi namunalardan hamda tomonining uzunligi 15-35 mm bo`lgan kub shaklidagi namunalardan foydalaniladi.
1.4.2. 1.3.3 band bo`yicha olingan tog` jinslarining o`tkazuvchanligini aniqlash uchun ko`ndalang yuzalari parallel kesilgan, silliqlangan namunalardan foydalaniladi. Namunaning markazida 6-12 mm diametrli teshik ochiladi. Namunalar gaz oqimining radial yo`nalishida o`tkazuvchanlikni aniqlash uchun foydalaniladi. Namunaning balandligi 40-100 mm.
2. Namunalarni tayyorlash
2.1. Uglevodorodli tog` jinslari namunalarining kollektorlik xossalarini aniqlash uchun ulardan chiqarib yuborish yo`li bilan tozalanishi lozim. Erituvchilar sifatida xloroform va spirtobenzolning 1:2 nibatdagi aralashmasidan foydalaniladi.
2.2. To`g`ri geometrik shakldagi namunalarni tayyorlash uchun qattiq quymali yoki olmosli koronkalar va olmosli aylanalardan (disk) foydalaniladi. Tayyorlangandan so`ng namunaga laboratoriya tartib raqami va ^ yoki ֐ shartli belgilar bilan (muvofiq ravishda qatlamlanishga perpendikulyar va parallel) yo`nalishi yozib qo`yiladi.
2.3. Kernning yuzasida burg`ulash va kern olish jarayonida yuzaga kelgan buzilishlar bo`lsa, yuza qavati olib tashlanadi yoki kernning o`rta qismidan maksimal o`lchamda silindr yoki kub shaklidagi namuna tayyorlanadi.
2.4. Kollektorlik xossalarini aniqlash 105±2 °C haroratda doimiy og`irlikkacha quritilgan namunalarda o`tkaziladi. Juda gilli va gipsli jinslar uchun quritish 70 ±2 °C haroratda termovakuumli shkaflarda amalga oshiriladi.
2.5. Quritilgandan so`ng tadqiqot o`tkazishdan oldin namunalar sovitiladi va eksikatorda qizdirilgan xlorli kalsiy yoki yuqori dispersli silikagel ustida saqlanadi.
Download 9.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling