Ko’mir qazib olish va uning kukunini briketlash
Download 19.36 Kb.
|
Ko\'mir konlari Xusanjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angren koʻmir koni
KO’MIR QAZIB OLISH VA UNING KUKUNINI BRIKETLASH Xakimov A.A., Sobirov X.F. Farg’ona politexnika instituti O’zbekistonda ko’mir qazib olish va yangi ko’mir konlarini izlab topish yil sayin rivojlanib bormoqda. O’zbekistonda asosan 44 ta katta hajmdagi ko’mir konlari mavjud. Bu konlar qatoriga Angren, Sharg’un, Boysun ko’mir konlari ham kiradi. Ular O’zbekistondagi yirik ko’mir konlaridan biridir. Angren ko’mir koni qo’ng’irko’mir qazib olsa, Sharg’un bilan Boysun ko’mir konlari toshko’mir qazib oladi. Yillar o’tishi bilan O’zbekistonda yoqilg’iga bo’lgan talab yana oshib bormoqda. Bu esa yurtimizda yangi ko’mir konlarini topish va qazib olish suratini yanada rivojlantirishga turtki bo’lmoqda. Chunki, hozirgi kunda yangi ko’mir konlari ochilib, ko’mir qazib olishga katta sarmoya kiritilmoqda. Buning natijasida 1000 lab ish o’rinlari paydo bo’lmoqda va yurtimizdagi ko’mirga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga erishilmoqda. Shunday qilib, O'zbekistonda ko'mirning asosiy zaxiralari Angren, Sharg'un va Boysun konlarida joylashganligini bilib oldik. Angren koʻmir koni – Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir ko’mir koni. Qurama va Chatqol tog’lari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-yildan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 km². Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuzasida 20 m dan chuqurlikda 130 m gacha. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Koʻmir asosan ochiq usulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashqari "Yerostigaz" stansiyasida ko’mir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻladigan jinslar koʻp. Angren ko'miri sifati past - qo'ng'ir ko'mirdir. Shunday bo'lsada, O'zbekistondagi boshqa ko'mir konlaridagiga nisbatan ko'mir zaxirasi katta hamda iste'molchilarga yaqin va yuza joylashganligidan ko'mir qazib chiqarish jadal o'sdi. Ko'mirning asosiy qismi kon yaqinidagi GRESda ishlatiladi. Bir qismi esa yer ostida gazga aylantiriladi. Ko'mir tarkibida nodir va tarqoq elementlar hamda ko'plab gilmoya uchraydi, ulardan to’liq foydalanish esa konning samara-dorligini yana ham oshiradi. Ochiq usulda qazib oladigan ko'mir, shaxta usulida qazib olinadigandan 6 barobar unumli bo'ladi. Shu bilan birga, karyer (havza) qancha katta bo'lsa, xarajat shuncha kam bo'ladi. Ko'mir mahsulotlarini uzunligi 17 km dan ortiq osma sim yo'l vositasida temiryo'lga yetkazib beriladi. Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan yiliga 2 mln tonnaga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. Lekin bu miqdor O'zbekistonning ko'mirga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. O’zbekistonda metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko'mirga bo'lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda. Demak, bundan kelib chiqadiki, ko’mir qazib olishni yildan-yilga oshirib borishimiz va yangi ko’mir konlarini qidirib topishimiz kerak ekan. Ko'mir ochiq usulda qazib olinishi natijasida katta-katta yer maydonlarini kon chiqindilari band qilib, tutun va qurumdan atmosfera va qishloq xo'jaligi jiddiy zarar ko'rmoqda. Bunday noxush holatning chorasi sifatida ko'mir sanoatidan zavol ko'rgan maydonlar rekultivatsiya qilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda. Shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. Bu esa hozirgi kunda o’z samarasini berib kelmoqda. Ma'lumki, ko‘p hollarda sifatli ko‘mir sifatsiz xomashyo (ko‘mir kukuni) bilan aralashtirib yuborilar va shu holda elektr stansiyalariga ham, aholiga ham yetkazib berilar edi. Bu ayniqsa uyini qishda ko‘mir bilan isituvchi xonadon egalarini qoniqtirmasdi. Sababi, ko‘mir kukuni uy pechlarida yaxshi yonmaydi va ko‘mirga qaraganda ancha kam issiqlik beradi. Bunday ko’mir kukunlari nafaqat atrof-muhitga, balki, aholiga ham ko’plab noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Lekin hamma narsani imkoni bo’lgani kabi buning ham imkoni bor. Ko'mirning maydasi qazib olingan konning o’zidayoq briket qilinadigan bo’ldi. Briket - ko`mir kukunini bosim ostida yoki bitiktiruvchi aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan ko’mir mahsuloti hisoblanadi. Ko’mir briketi har tomonlama aholiga qulayliklar tug’diradi. Aholi isitish pechkalariga ko’mir kukunini emas balki, uning briketini yoqilganda ko’proq foyda va yaxshigina issiqlik beradi. Ko’mir kukunlari yaxshilab bir-biriga bosim ostida biriktiriladi va ular turli xil shaklga keltirilib, foyda-lanishga yaroqli qilib, maxsus qoplarga qadoqlanib briket usulida ishlab chiqariladi. Bu usul nafaqat har tomonlama qulay va ko’mir kukunidan ko’ra yaxshi energiya beradi. Bu orqali ko’mir konidan ko’mir kukunini tashishning yoki, yo’lda ezilib ketgan ko’mirlarni saqlashning oldi olindi. Download 19.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling