Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 106 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi106 Kb.
#221727
TuriReferat
Bog'liq
Falsafa referat




AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FARG’ONA FILIALI

" Telekommunikatsion texnologiyalari” fakulteti 633-20 guruh talabasi

Odiljonov Begijonning

Falsafa fanidan "Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy tizimi" mavzusida

tayyorlagan

REFERAT

2020 - Farg’ona

REJA:

1.Jamiyatning siyosiy tizimi



2.Jamiyatning ijtimoiy tizimi

3.Jamiyatning ma'naviy tizimi


Jamiyatning siyosiy tizimi — davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi barcha tashkilot va harakatlarni oʻz ichiga oladi. J. s.t.ning bosh bugʻini davlatdir. Davlat jamiyatning ijtimoiy muassasalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy tizim — davlat ichki tuzilishi jihatlarining oʻzaro aloqalari va taʼsirining eng muhim, doimiy xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi ham boʻlib, siyosiy hokimiyatni, umuman davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy tizim har bir mamlakatning mavjud shart-sharoitlari bagʻrida shakllanadi, odatda, mamlakat konstitutsiyasida va b. qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyiladi. Jamiyat demokratlasha borgan sari siyosiy tizimning xilma-xil koʻrinishlari oʻz faoliyatini namoyon eta boradi. Xalqning keng qatlami va turli yosh, kasb hamda soha vakillarining bu tizimda ishtirok etish imkoniyati kuchayadi.



Oʻzbekistonning siyosiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shu asosda qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlarda oʻz ifodasini topgan, hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyat, iekro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatita taqsimlash tamoyili asosida tuzilgan. Oʻzbekistonda qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP), Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi), "Xalq birligi" harakati, Yoshlarning "Kamolot" ijtimoiy harakati, diniy tashkilot va birlashmalar, ijtimoiy jamgʻarmalar faoliyat koʻrsatadi. Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), inson huquqlari boʻyicha respublika milliy markazining faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga qaratilgan. Oʻzbekistonning siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilgʻor demokratik davlatlar tajribasini oʻzida aks ettiradi.

Ijtimoiy tizim - jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular oʻrtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Ularning oʻzaro munosabatlari, shu jamiyatdagi tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish, i.ch. munosabatlari shakli jamiyatning kan-day tuzumda ekanligini koʻrsatadi. Har qanday I.t. asosida iktisodiy munosabatlar yetakchi rol oʻynaydi. Ijtimoiy munosabatlar va uning boshka shakllari bir-birini toʻldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Shoʻrolar tuzumida ijtimoiy mulkning roli haddan tashqari kuchaytirilib, xususiy mulk taqiqga uchradi. Natijada shaxs mulkidan be-gonalashib, oʻz mulkiga egalik qilish huquqidan mahrum boʻlib qoldi. Bu holat jamiyatning iktisodiy asosi yemirilib borishiga yoʻl ochdi va oxiroqibatda mazkur totalitar tuzumning oʻzi yemirildi. Marksistik konsepsiyada I.t. tushunchasi formatsiyalar nuqtai nazaridan talqin etilib, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mos keluvchi I.t. qaror topishi hakidagi gʻoya ilgari surilgan. I.t. tushunchasi oʻta siyosiylashtirilib, u sinfiy kurash nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Marksizmda jamiyat tarixida boʻlib oʻtgan tuzumlarni sinflar paydo boʻlguncha oʻtgan tuzumlar, sinfiy tuzumlar va sinfsiz tuzumlarga ajratib koʻrsatilgan. Unda sinflargacha davr ibtidoiy tuzum deb atalgan, sinfiy tuzum esa ikkiga ajratib talqin etilgan. Ularning birinchisi — antagonistik sinflar tuzumi: quldorlik, feodal va ka-pitalistik tuzum, ikkinchisi — no-antagonistik sinflar tuzumi — sotsi-alistik tuzum va nihoyat sinfsiz tuzum — kommunizm hisoblangan. Marksistik konsepsiyada sotsializm va kommunizm tuzumlari umumiy nom bilan kommunistik tuzum deb atalgan. Sotsializm kommunistik tuzumning quyi bosqichi (bunda bir-biriga dust sinflar boʻladi), kommunizm esa kommunistik (sinflarsiz) tuzumning oliy boskichi deb hisoblangan. Bunda I.t,larning biridan ikkinchisiga utishi va rivojlanishining asosiy omili sinfiy kurash deb uktirilgan. Bu bilan marksist-mafkurachilar jamiyatni birbiriga qaramaqarshi kuchlarga ajratib tashlagan. Bu kuchlardan bir tomonini ilgor, ikkinchi tomonini esa reaksion kuchlar deb atagan. Shun-day qilib, marksistik mafkura jamiyatning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarish birbiri bilan kelishmaydigan dushman kuchlar deb eʼlon qilib, ularni bir-biriga qaramaqarshi qoʻyadi. Shu tariqa marksizmda so-sialistik tuzum, garchi uning ishlab chiqaruvchi kuchlari kapitalistik tu-zumdagi davlatlar singari rivojlanmagan boʻlsa ham, ijtimoiy taraqqiyotda yuqori pogʻonada turadi deb taʼkidlanadi. Bu jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv qonuniyatlariga zid xulosa edi. Jamiyatshunoslikda I.t.ga marksistik yondashishdan tashkari etnik, sivilizatsiyaviy, iktisodiy, texnologik, diniy yondashishlar ham mavjuddir. Ularning umumiy jihati mazkur masalani ijtimoiy munosabatlarning muayyan shakliga tayanib aks ettirishi- ijtimoiy himoyadadir. Aslida I.t. tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini koʻrsatuvchi tushuncha, xolos. Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan boʻlsa, i.ch., texnika va texnologiya ham shunchalik rivojlangan boʻladi, bu esa, oʻz navbatida, ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish dara-jasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga bogʻliq boʻlsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogʻliqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, oʻz navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir.

Hoz. paytda Oʻzbekistonda bozor iqti-sodiyotiga asoslangan demokratik ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi I.t. qaror topmoqda.

Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’g’risidagi qarashlar,

nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari,

madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.

Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish,kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga

solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin

tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va

huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim

ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va

mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga

qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug’ullanadigan toifalar, guruh,

qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat

taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.

Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning

mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hyegel

jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax

din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz

mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch

bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish

sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va

jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda

mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga

oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir

yoqlama va xato ekanini ko’rsatdi.

Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.

Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar

jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti

borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq

o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa

xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.

Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan

maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z

oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.

Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan

darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi.

Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning

tanazzuli alomatidir.

Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham

mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga

erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti

yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a’zolarining

ma’naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni

boshqarishning o’ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat

barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari

tajribadan o’tgan.

Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir

ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashishi

mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda,

qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning

yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo

bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish

qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.

Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega

bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi.

O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z milliy davlatchilik asoslarini

158


mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini

yaratish imkoniga ega bo’ldi.

Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida.

Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy

davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.

Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan.

Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz

ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini

ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini

shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyusion yo’l bilan normal, madaniyatli

taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk

sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan —

bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim

bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga

bog’liqdir»

26

.



O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:

- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;

- davlatning bosh islohotchi ekanligi;

- qonun ustuvorligi;

- kuchli ijtimoiy himoyalash;

- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.

O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning

qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy

mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning

rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.

O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston

tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan

qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-

biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan

e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson

intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin

yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda

zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning

tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat

a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni

namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning

muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir.

Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.

Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga

bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotining mavqyei, oilaviy

munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida

ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg’or

an’analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda

ona va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda

muhim ahamiyatga ega.

Ulu² mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli,

mavqyei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi ko’p

jihatdan ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi

mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.

26

 Каримов И.А. ¤збекистоннинг ґз истиілол ва тараііиёт йґли. - Т.: ¤збекистон, 1992. 41 - бет.



159

Oila muammolarini ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga

maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham

davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat

beradi.

Mustaqillik yillarida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos

bo’lgan yangi alifboga o’tish uning mavqyeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat

kasb etdi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga

solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy

qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.

Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari

ham takomillashib boradi.O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga

yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining

tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat

kasb etdi.

Prezident  I.A. 

Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli

konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy,

huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada

takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli

jamiyatga o’tishga qaratilgandir.

Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli

ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy

harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari,

faxriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga

oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik

jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.



Fuqarolik jamiyatini barpo etish  — O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi.
Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling