12- mavzu. Yo`L QURILISH KORXONASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI HAMDA UNDAN OQILONA FOYDALANISH Yo`llari reja
Download 245.75 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
- Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari xamda qurilishdagi xo`jalik sub’ektlari faoliyatidagi ahamiyati
12- MAVZU. YO`L QURILISH KORXONASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI HAMDA UNDAN OQILONA FOYDALANISH YO`LLARI REJA: 1.Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari xamda ularni qurilishdagi xo`jalik sub’ektlari faoliyatidagi ahamiyati. 2.Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy fondlarning qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatiga bog`liqligi. Tayanch iboralari: Resurslar tushunchasi, ishlab chiqarish salohiyati, asosiy fondlar, asosiy ishlab chiqarish fondlari, noishlab chiqarish asosiy fondlari, ma’naviy eskirish, jismoniy eskirish, amortizasiya ajratmalari, tiklash qiymati, qoldiq qiymat, ishlab chiqarish quvvati, ekstensiv ko`rsatkichlar, intensiv ko`rsatkichlar, integral ko`rsatkichlar, fond qaytimi, fond sig`imi, fondlarning rentabelligi, yo`l xo`jaligidaxo`jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari, lizing, kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish. aylanma fondlar, muomala fondi. ishlab chiqarish zahiralari, ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlar, transport zahiralari, joriy zahira, sug`urta zahirasi, qarz mablag`lari, aylanuvchanlik koeffisienti, bir aylanmaning o`rtacha davomiyligi. mehnat resurslari, qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari xamda qurilishdagi xo`jalik sub’ektlari faoliyatidagi ahamiyati Ma’lumki, har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy element: mehnat qurollari, mehnat predmetlari va bevosita mehnatning o`zidan, ya’ni inson faoliyatidan tashkil topadi. Bu elementlar birgalikda ishlab chiqarishning resurs asosini tashkil qiladi va ko`p jihatdan muayyan bir xo`jalik sub’ektining - korxonaning, qurilish tashkilotining yoki butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini belgilab beradi. Mazkur elementlarsiz ishlab chiqarish jarayoni mutlaqo mavjud bo`la olmaydi. Resurslar tushunchasi - bu pul mablag`lari, qimmatbaho buyumlar, qonunlar, joriy va kelgusidagi imkoniyatlar, daromadlar va ularning manbalaridir. Resurslar tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy resurslar, mehnat resurslari va hokazolar bo`lishi mumkin. Korxonalar, tarmoqlar va butun mamlakatning resurs imkoniyatlari qanchalik keng va katta bo`lsa, iqtisodiyot va uning rivojlanish istiqbollari ham shunchalik barqaror bo`ladi. Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot va butun tarmoqning berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yoki qobiliyatidir. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish salohiyatini ishlab chiqarishning resurs imkoniyatlariga taqqoslanadi. Ishlab chiqarish salohiyatining resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga o`zaro bog`liqligini ishlab chiqarish sharoitlari hamda u yoki bu mahsulotga bo`lgan ehtiyojlarni (iste’molchilar talabini) hisobga olgan holda tasvirlash mumkin. Ishlab chiqarish salohiyatini xo`jalik sub’ektining ishlab chiqarish omillari majmuasi deb ko`rsatish mumkin. Bu omillar shu su’ektning xalq xo`jaligi va aholining ma’lum davrdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli moddiy ne’matlar yaratish yoki xizmatlar ko`rsatish imkoniyatlarini belgilab beradi. Ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini o`rganishda uning faqat miqdoriy baholash mumkin bo`lgan material-moddiy omillarini emas, balki uning sifat omillarini (mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish shart-sharoitlari, mehnat motivasiyasi, xo`jalik mexanizmi va boshqalarni) ham tahlil qilish lozim. Bundan tashqari, ishlab chiqarish salohiyatining tarkibini aniqlash ham muhim bo`lib, unda ishlab chiqarish resurslarining ro`yxati va nisbati, ishlab chiqarish jarayonida mehnat va resurslarning o`zviy uyg`unligi yuz beradigan ishlab chiqarish sharoitlari aks ettirilishi lozim. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslar o`zaro bog`liq kategoriyalar sifatida rivojlanish va samaradorlikka ta’sir ko`rsatibgina qolmay, balki o`z navbatida ichki va tashqi omillarga, avvalo fan-texnika taraqqiyotiga, boshqaruv tizimiga va axborot bazasiga bog`liqdir. Gap shundaki, fan- texnika taraqqiyoti va boshqaruv tizimi axborot yordamida yanada zamonaviy mehnat qurollari va predmetlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishga safarbar qilinadigan resurslarning sifatini oshirishga imkon tug`diradi. Agar ishlab chiqarishning material-moddiy omillari ishlab chiqarish va texnik salohiyatning tanasi bo`lsa, fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruv va axborot uning jonidir. Mazkur omillar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin: “FTT - ishlab chiqarish resurslari” aloqasi FTT yutuqlarining ishlab chiqarish resurslari sifatida namoyon bo`lishi jarayonini aks ettiradi, ya’ni FTT natijasida xom ashyo va materiallarning yangi turlari yaratiladi. FTT, axborot, boshqaruv va ishlab chiqarish sharoitlari o`rtasidagi aloqalar axborot va boshqaruvning o`ziga xos ishlab chiqarish omillari sifatida ishlab chiqarish sharoitlarining FTT darajasini hisobga olgan holdagi ahvolini belgilaydi. Umuman olganda, ishlab chiqarish resurslari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoniga mo`ljallangan bo`lib, o`z navbatida boshqaruv tizimiga, axborotga xamda fan-texnika taraqqiyotiga bog`liq bo`lib, korxonalar, tarmoqlar va butun xalq xo`jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Qurilish industriyasining korxona va tashkilotlari mana shu aloqalar va o`zaro bog`liqliklar sharoitida faoliyat ko`rsatadi. Download 245.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling