12- mavzu. Yo`L QURILISH KORXONASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI HAMDA UNDAN OQILONA FOYDALANISH Yo`llari reja


Download 245.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi245.75 Kb.
#1134715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

Dastlabki qiymat - asosiy fondlarni sotib olish paytidagi harajatlar summasi (etkazib berish, 
o`rnatish yoki montaj harajatlari bilan birga). 
Tiklash qiymati - asosiy fondlarning bugungi kundagi inflyasiya, qayta baholash va hokazolarni 
hisobga olgan holda hisoblangan qiymati. 
Qoldiq qiymat - bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan eskirish summasi 
o`rtasidagi farqdir. 
Asosiy fondlarni to`liq tiklash uchun amortizasiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi: 
A = Namor x F,, 
bu yerda: F - asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish industriyasidagi korxona va tashkilotlarning ishlab 
chiqarish quvvatiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Qurilish tashkilotlarining fond bilan jihozlanish 
darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ularning ishlab chiqarish quvvati ham shu qadar yuqori bo`ladi. 
Ishlab chiqarish quvvati - berilgan mashina va asbob-uskunalar, texnologiyalar va ishlab 
chiqarishni tashkil qilish uslubida (ishchilar soni va ajratilgan vaqtni hisobga olgan holda) 
mahsulot ishlab chiqarishning (qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning) maksimal hajmi. 


Buni hisobga olgan holda qurilish korxonasining yillik, choraklik va oylik ishlab chiqarish 
quvvatini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish quvvatini va umuman asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni 
hisoblashda bir qator ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Ularni quyidagi uch guruhga bo`lish mumkin: 
ekstensiv ko`rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning vaqt bo`yicha 
ko`rsatkichlari;
intensiv ko`rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning unumdorlik 
(quvvat) ko`rsatkichlari; 
integral ko`rsatkichlar - ekstensiv va intensiv omillarning jami ta’sirini, ya’ni ekstensiv va 
intensiv ko`rsatkichlarning hosilasini hisobga oluvchi ko`rsatkichlar. 
Mazkur ko`rsatkichlar asosan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning natural 
ko`rsatkichlari hisoblanadi va quyidagi kategoriyalarni o`z ichiga oladi: 
asbob-uskunalar va mashinalarning bandlik koeffisienti
almashinuv koeffisienti; 
asbob-uskunalarning unumdorligi. 
Ular bilan bir qatorda amaliyotda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning qiymat 
ko`rsatkichlari ham keng qo`llanilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Download 245.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling