Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
Download 37 Kb.
|
taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: UrDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʻqtuvchisi: Yusupov D.
5330501 – “Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)” mutaxasisligining bitiruvchisi, 913-17 guruhi talabasi Davletov Bakdurdi SHuxrat oʻgʻlining “Statistik maʼlumotlarni vizuallashtiruvchi ilova yaratish.” mavzusidagi bakalavrlik bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Ushbu Davletov Bakdurdining bitiruv malakaviy ishida quyidagi ishlar bajarildi. Oʻzbekiston hududida iqlim sharoitini nazorat qilish hamda favqulodda holatlarni oldini olish va oldindan shu toʻgʻrisida taqribiy bayonot qilish. Hamda hududlarda keskin oʻzgaruvchi ob-havo iqlimidan boxabar qilib turish. Shuningdek oldindan yigʻilib kelinayotgan ma’lumotlar asosida keyingi yillarda kutilishi mumkin boʻlgan ob-havo sharoitlari bilan tanishtirib borish. Joylarda mavsumiy kutilishi mukin boʻlgan ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda yerlarda agratexnik ishlov jarayonlarini olib borish. Hamda eksprtbob maxsulotlarning sifatini yanada yaxlash, sifatini oshirish kabi muhim jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Statistik ma’lumotlarni vizuallashtiruvchi ilovalar tahlil qilish. Statistik jarayondagi qoʻllaniladigan usullarini tahlil qilish. Web ilovani loyihalash va arxitekturasini ishlab chiqish. Web ilovani ishlab chiqish uchun algoritmni va dasturlash vositalarni tanlash. Statistik ma’lumotlarni vizuallashtiruvchi web ilovasini ishlab chiqish. Foydalanuvchi uchun yoʻriqnomani shakllantirish. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchtata bob, xulosa va adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Birinchi bobda quyidagi ma’lumotlar berilgan; rivojlanish davrida statistkaning tutgan oʻrni, hozirda mavjud boʻlgan satistik jarayonlarni vizuallashtiruvchi dasturiy ilovalarning tahlili va bitiruv malakaviy ishining maqsadi haqida aytib oʻtilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida loyihalash texnologiyasi haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar, loyihalash texnologiyasini amaliy jarayonida qoʻllash metodikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishining uchunchi bobida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi toʻgʻrisida ma’lumot berilgan. Davletov Bakdurdining bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonida bitiruv malakaviy ishiga qoʻyilgan barcha talablarni qanoatlantiradi. Bitiruv malakaviy ishini a’lo baholashga loyiq deb oʻylayman Taqrizchi: UrDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta oʻqtuvchisi: Yusupov D. Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling