Kompyuter tarmoqlari: dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari


Download 32.95 Kb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.95 Kb.
#196965
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq vir (2)

Kompyuter tarmoqlari: dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari




Reja:




  1. Kirish

  1. Lokal va global kompyuter tarmog’i

  2. Virus dasturlar haqida tushuncha

  3. Dasturiy, yuklanuvchi,makro va tarmoq viruslari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Ushbu mustaqil ishni yozar ekanman, Komyuter tarmoqlarining rivojlanishi virus dasturlar rivojlanishining tezlashishiga olib kelgani aytib o’tmoqchiman. Ayniqsa global tarmoqlarning ommalashishi virusli dasturlarning ko’payishiga sabab bo’la boshladi. Shu sababdan ushbu mustaqil ishimda viruslar haqida mulohaza olib borishdan avval tarmoqlar haqida tushunchalar bermoqchiman.

Tarmoqlar — bu tezda murojaat qilsa bo’ladigan ma’lumotning cheksiz olamidir.

Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir.

Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan hudud jihatdan uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak.

Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.

Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi.

Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.

Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.


Download 32.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling