Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari. Darsning maqsadi
Download 0.8 Mb.
|
9-MAVZU (1)
MA’RUZA №9. KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB CHIQARISH TIZIMLARI. Darsning maqsadi – Qazib olish tizimi va klassifikatsiyasi tо‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bо‘lish. Ochiq kon ishlarida ochish usullari vaklassifikatsiyasi tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish. Reja: Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish tizimlari. Transportsiz qazish tizimi. Transportli qazish tizimi. Kombinatsiyalashgan kazish tizimi. Qazish tizimining asosiy elementlari, parametrlari va kо‘rsatkichlari. Ochish usullari tо‘g‘risida tushuncha. Ochish usullari klassifikatsiyasi. Karyer ishchi gorizontlarini ochish sxemalari tо‘g‘risidagi asosiy tushunchalar. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish tizimlari. Konlarni qazib olish tizimlari ochish tizimlari bilan bir qatorda ham yer osti usulida, ham ochiq usulda qazib olish texnologiyalarining muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Mavjud kon geologik va tashkiliy iqtisodiy sharoit uchun ratsional va tо‘g‘ri tanlangan qazish tizimi kо‘p jixatdan kon ishalrining iqtisodi va xavfsizligini, shuningdek atrof muhitga bо‘lgan ta’sirini aniqlaydi. Ochiq kon texnologiyasida mavjud qazish tizimlari soni yer osti texnologiyasi tizimlari bilan taqqoslanganda kо‘p emas. Biroq, har doim ham u yoki bu karyerda qо‘llanilayotgan qazish tizimini nomini ifodalash oson emas, chunki ayni bir qazish turli klassifikatsiyalarda turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, prof. YE.F.Sheshko klassifikatsiyasidagi transportsiz qazish tizimi akad. V.V.Rjevskiy klassifikatsiyasida qazib olishning yoppa uzunasiga bir bortli tizimi deb ataladi. Bunday holat turli klassifikatsiyalarda ayni bir qazish tizimining turli belgilari xarakterlanishi bilan tushuntiriladi. Shuning bilan bir qatorda, qazish tizimining nomlanishi о‘quv jarayonida turli fanlarni о‘rganishda, kon sanoati amaliyotida, energiya, mehnat va materiallar sarf xarajatlarini meyorlashda, loyixalashda – samarali texnik yechimlarni tanlash va taqqoslash va shunga о‘xshash kо‘p soxalarda juda muhim amaliy ma’no kasb etadi. Qazib olish tizimining nomi ma’lum kon-geologik sharoitlarda kon ishlari texnologiyasining shunday jihatlarini о‘zida namoyon etishi kerakki, mavjud texnologik kompleksni boshqalaridan sezilarli darajada farqlasin. Bunday jihatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, bu kon jinslarini qazib olish va yetkazib berish jarayonlarining mexanizatsiyalash usullari, ikkinchidan bu, ish zonasining karyer muhitiga nisbatan va vaqt bо‘yicha shakllanishi, ya’ni, uning konstruksiyasi va dinamikasi (о‘zgarishi, rivojlanishi). Yuqorida keltirilgan belgilarga mos ravishdaochiq usulda qazib olish texnologiyasi nazariyasida bir necha klassifikatsiyalar tavsiya etilgan bо‘lib, ularni ikki guruhga bо‘lish mumking. Birinchi guruhga prof. YE.F.Sheshko, akad. N.V.Melnikov va boshqalarning klassifikatsiyalarini keltirish mumkin. Bu klassifikatsiyalarda ochiq usulda qazish tizimlari jinslarning ag‘darmalarga haraktlanish usullaridan kelib chiqib, transportsiz, transportli va kombinatsiyalashgan holda bо‘lishi mumkin. Ikkinchi guruh akad. V.V.Rjevskiy va A.I.Arsentyevlarning klassifikatsiyalarida qazish tizimlari ish zonasi shakllanishining tartibidan kelib chiqqan holda bо‘lingan. Birinchi guruh klassifikatsiyalarining asosiy kamchiligi shundaki, ular tik qiya va qiya joylashgan foydali qazilma konlarini qazib olishning о‘ziga xos jihatlarini hisobga olmaydi, vaxolanki bunday hollarda ish zonasining asosiy konstruksiyasi va uning dinamikasi (vaqt bо‘yicha shakllanishi) asosiy farqlovchi belgi hisoblanadi. Ikkinchi guruh klassifikatsiyalarining kamchiligi shundaki, ular jinslarni ag‘darmalarga tashish usulini xarakterlamaydi, vaxolanki aynan shu jarayonni amalga oshirish kon siklining barcha xarajatlarining 60-70% ini talab qiladi. Yuqorida keltirilgan guruh klassifikatsiyalaridan о‘rin olgan bir tomonlama va shuning natijasida qazish tizimini tо‘laqonli bо‘lmagan xarakteristikasidan qochish uchun, uning nomlanishida ikkala muhim belgi о‘z ifodasini topmog‘i lozim, ya’ni kon ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayoni bо‘lgan qoplovchi tog‘ jinslarining tashish usuli, shuningdek ish zonasi konstruksiyasi va unda ochiq kon ishlari rivojlanish tartibi. Bunday yondashuv ochiq usulda qazib olish tizimlari texnologik klassifikatsiyasini tavsiya etish imkonini berdi. Unda (15 jadval): a) ikkala guruh klassifikatsiyalarining asosiy jihatlari birlashtirildi; b) ochiq kon ishlari texnologiyasining ikki muhim xarakterli о‘ziga xosliklari hisobga olindi; v) loyixalash va rejalash amaliyotida qо‘llaniladigan qazish tizimini tashkil etuvchi elementlarining an’anaviy nomlanishi saqlab qolindi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling