Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari. Darsning maqsadi
Qazish tizimining asosiy elementlari
Download 0.8 Mb.
|
9-MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.4. rasm. Qazish tizimi elementlari. Tizimning aososiy k о‘ rsatkichlariga
Qazish tizimining asosiy elementlari kо‘yidagilar: ishchi pog‘ona va maydonchalar, qirqma transheyalar, ichki ag‘darmalar va x.k.
Tizimlarning asosiy parametrlariga: ishchi pog‘onalarning balandligi va qiyalik burchagi, ish maydonchalariga kirish kengligi, ishchi bortning qiyalik burchagi, ish zonasining parametrlari, f.k. uyumini qoplovchi jinslar uyumidan ajratuvchi qazish qatlamlarining qiyalik burchaklari, ochuvchi, qazib oluvchi va ichki ag‘darmalardagi ishchi pog‘onalar soni, ish fronti uzunligi, ishchi bortlar soni, ochilgan va qazib olishga tayyor zaxiralar miqdori. 15.4. rasm. Qazish tizimi elementlari. Tizimning aososiy kо‘rsatkichlariga: pog‘onalar siljish tezligi. Karyerning chuqurlashish tezligi, ish frontining ruda va qoplovchi jins bо‘yicha unumdorligi va ish zonasining unumdorligi. Ochish usullari tо‘g‘risida tushuncha. Ishchi gorizontlarni ochish maxsus kon lahimlarini о‘tish yordamida amalga oshiriladi. Ularni ochishdan kо‘zda tutilgan asosiy maqsad, bu – pog‘onalarda yо‘lga qо‘yilgan yuk oqimlarini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlash va buning natijasida kon massasini ishchi gorizontlardan yer yuzasiga yoki о‘rta gorizontlarga tashish imkoniyatini yuzaga keltirishdir. Ochuvchi kon lahimlari yer yuzasidan boshlanib yoki avval ochilgan ish gorizontidan boshlanib, ochilishi nazarda tutilayotgan gorizont ish maydoni belgisida tugaydi. Qazish usullari qator belgilariga qarab aniqlanadi. Bunday belgilardan eng asosiysi bu – ochuvchi lahimlar turidir. Alohida hollarda butun foydali qazilma konini qazish ishlari va karyer yuklarini tashish ishlari ochuvchi lahimlarni о‘tmasdan turib ham olib boriladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: bashenniy kran – kran va shunga о‘xshashlarni qо‘llagan hollarda. Kо‘p hollarda karyerning alohida ishchi gorizontlariga transport vositalarining yetib borish imkoniyati ochish laximlarisiz ham mavjud bо‘ladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: tog‘li va tog‘li-chuqurlik sharoitida joylashgan konlarda qoplovchi jinslarni gorizont yon bag‘ridagi ag‘darmalarga tashishda, kichik qiyalikka ega bо‘lgan joy relyefida ishchi gorizontga yer yuzasidan bevosita yetib borish imkoniyati bо‘lganda va shunga о‘xshash hollarda. Ochishning bunday usuli transheyasiz ochish usuli deb ataladi. Kо‘pgina hollarda karyerning ishchi gorizontlarini kapital transheyalar yoki yarim transheyalar yordamida ochishadi. Kapital transheya - ishchi gorizontni ochish uchun xizmat qiluvchi ochiq qiya kon lahimi bо‘lib, transport vositasini yer yuzasidan kongacha yetib borishini ta’minlaydi. Yer osti laximlari (qiya va vertikal stvollar, shtolnyalar, tonellar bilan birgalikda) yordamida ochish kamdan kam hollarda amalga oshiriladi. Bulardan tashqari yuqorida keltirilgan ikki turdagi kon lahimlarining (yer osti va yer usti) kombinatsiyasidan foydalanib ham konlarni ochishadi. Bunday usul kombinatsiyalashgan usul deb aytiladi. Kapital va yarim transheyalar quyidagicha farqlanadi: karyerni tugal chizig‘iga nisbatan joylashishiga qarab; ochuvchi kon laximlari qiyaliklari kattaliklariga qarab; umumiy yо‘lga (trassaga) ega bо‘lgan transheyalar xizmat kо‘rsatadigan pog‘onalar soni bilan; transheyaning asosiy vazifasiga kо‘ra; ochuvchi kon lahimlarining xizmat qilish muddati bilan (statsionar va yarimstatsionar va boshqalar). G‘ildirakli transport vositalari (temir yо‘l va avtomobil transporti) harakati uchun mо‘ljallangan transheyalar qiya transheyalar deb, kо‘targichlar bilan jihozlangani esa tik-qiya deb yuritiladi. Umumiy yо‘lga (trassaga) ega bо‘lgan transheyalar xizmat kо‘rsatayotgan pog‘onalar soniga qarab, alohida (bitta pog‘ona), guruh (bir necha pog‘onaga) va umumiy (karyerning oxirgi chuqurligigacha bо‘lgan barcha pog‘onalar) transheyalarga bо‘linishi mumkin. Tashqi transheyalar statsionar yoki yarim statsionar holatida bо‘ladi. Ichki transheyalar statsionar (karyerning ish olib borilmayotgan bortida joylashgan), yarim statsionar va vaqtincha bо‘lishi mumkin. Karyerning ishchi bortlarida vaqtincha va yarimstatsionar holatida joylashtirishga, kon kapital ishlari hajmini kamaytirish maqsadida va ochish ishlari hajmini vaqt bо‘yicha qayta taqsimlash uchun harakat qilinadi. Bir (yagona) kapital transheya bilan ochilgan ishchi gorizontda kо‘p hollarda transport vositalarining mayatniksimon (qaytma) harakati yо‘lga qо‘yiladi. Agar ishchi gorizont ikkita transheya (yukli va yuksiz) bilan ochilgan bо‘lsa, bunday holda transport vositalarining ikki yoqlama harakati ta’minlanadi va kо‘p hollarda kon texnikasidan foydalanish darajasi oshadi, bu esa о‘z navbatida ochuvchi laximlarni о‘tishda sarflangan xarajatlarni oshishini qisman qoplaydi. Bunday transheyalar juft transheyalar atalib, tashqi yoki ichki qо‘yilishga ega bо‘lishi va ular alohida, guruh yoki umumiy transheyalar juftligidan tashkil topgan bо‘lishi mumkin. Trassalar ham о‘z navbatida mos ravishda yagona (birlamchi) va juft trassalarga bо‘linadi. Juft transheya va trassalar (yо‘l) asosan chuqur bо‘lmagan, yuk aylanmasi sur’ati yuqori karyerlarda qо‘llaniladi. Yuqorida keltirilgan kapital transheyalarni bir-biridan farqlash belgilaridan kelib chiqqan holda asosiy ochish usullari klassifikatsiyasi №1 jadvalda keltirilgan. Jadval professor YE.F. Sheshko klassifikatsiyasi asosida tuzilgan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling