Konservalangan sharbat tarkibidagi quruq modda miqdorini aniqlash


Download 90.27 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi90.27 Kb.
#1472014
Bog'liq
6 laboratoriya ishi; Konservalangan sharbat tarkibidagi quruq modda (2)


LABORATORIYA ISHI №6.

KONSERVALANGAN SHARBAT TARKIBIDAGI QURUQ MODDA MIQDORINI ANIQLASH.




Ishdan maksad: Konservalardagi va boshqa maxsulotlardagi quruq moddalar miqdorini aniqlash metodikalarini urganish.
Kerakli jixoz va reaktivlar:shisha tayoqchali byukslar, kuritish shkafi, analitik torozi, eksikator, refraktometr.
Uslubni moxiyati shundan iboratki, namunani ma`lum qismini og`irligi o’zgarmay qolguncha quritib, boshlanich va so’nggi og`irligini farqiga qarab mahsulotdagi namlik miqdori aniqlanadi.
Quritilgan qopqoqli va shishi tayoqchali byukslari analitik torozida tortiladi va unga 10 g quruq qizdirilgan qumdan solinadi, yana 0.001 g aniqlikkacha tortiladi. Qopqoqni byuksga quyib qum bilan quritish shkafiga solinadi va uzgarmas og`irlikkacha qizdiriladi, byuksni olib qopqoini yopib, eksikatorga solinadi, sovitiladi va og`irligi o’lchanadi. Shundan so’ng tayyorlangan shisha, tayoqchali qumli byuksga 5-6g maydalangan maxsulot solinadi va 0.001g aniqlikda, so’ngra qopqoini ochib quritish shkafiga 100-1050C da 4 soat davomida quritiladi. Namuna oirligi o’zgarmay qolgunicha quritiladi. qaytadan quritish 2 soat davomida olib boriladi.
Tajriba natijalari jadvalda yoziladi va analiz qilinadi. Xisoblash quyidagi formula asosida olib boriladi.
C=q3-q1/ q2-q1100%
Bu yerda; q1- byuksni tayoqcha bilan boshlanich oirligi, q2- idishni quruq maxsulot bilan oirligi, g
q3-idishni xo’l maxsulot bilan oirligi, g
Butun quritish jarayoni 6-8 soatni talab qiladi. Agar og`irligi ortib keta boshlasa, keyingi quritishlarni to’xtatib, oxirgi o’lchovdagi og`irlikni o’zgarmas og`irlik deb qabul qilinadi.
Quritish yo’li bilan quruq moddalar miqdorini aniqlash uslubi
Toza va quruq byuksni yoki chinni idishga 12 g qizdirilgan qum solib shisha tayoqcha bilan o’zgarmas og`irlikkacha qizdiriladi, eksikatorda sovitilib, analitik tarozida 0.001 g aniqlikkacha tortiladi. Qum bilan quritilgan byuksga analitik torozida 5-6 g tekshirish uchun olingan mahsulot tortib, namunani qum bilan aralashtirib byuks tubiga bir xilda tarqatib qo’yiladi.
Qopqog`ini byuks yoniga quyiladi, so’ngra qurituvchi shkafga solib, 88-1000C da 4 soat davomida quritiladi. Byuksni og`zini qopqoq bilan yopib, eksikatorda 20-30 daqiqa sovitib,
0.001 aniqlikda tortiladi va jadvalga yoziladi. Xisoblash ishlarini yuqorida ko’rsatilgan formulalar asosida olib boriladi.
Quruq moda miqdorini refraktometrda aniqlash
Usldubni moxiyatini refraktometrni sindirish ko’rsatkichiga qarab quruq moddalar miqdorini aniqlashdir.
Agarda konserva maxsulotlaridagi quruq moddalar miqdorini refraktometr bilan aniqlashga maxsus ko’rsatma bo’lsa qo’llaniladi.
Refraktometrni tayyorlash
Refraktometrda qurish maydoni aniq olish uchun to’ri burchakli prizma yorulik nuri tushadigan tomonga yuboriladi. Tushayotgan yorulik nurlari prizma yuzasidan ma’lum joylashishida qaytadi. Refraktometrni nuqtasini o’rnatib olish uchun shisha tayoqcha bilan prizmaga bir tomchi distillangan suv tomiziladi, bunda prizmani xaroratini 20oC da ushlab turilib, okulyar orqali punktir chiziqli bir biriga tushishi ko’rib olinadi yoki ko’rish doirasini markazi shkalani nolga bolinmasiga kelganligi quriladi.
Agar punktir chiziq yoki doira markazi 0 dan 0.2% gacha turi kelmasa maxsus kalit orqali 0 ga keltiriladi. Qurish maydoni bilan kompensatorni yo’naltirish yo’li yorug` va qorong`u chegarasini aniq ajratib olinadi.
Tajriba o’tkazish.
Pastki prizma yuzasini markaziy qismiga shisha tayoqcha bilan tekshirilayotgan suyuqlikdan bir tomchi tomiziladi. Prizmani yuqori qismini tekshirib olib uni pastki kismi bilan jips qo’yiladi.
Agar tekshirilayotgan maxsulotni tarkibi qattiqroq bo’lsa, u xolda 2 qavat taxlangan dokaga o’rab siqish yo’li bilan 2-3 tomchi shirasi olinadi va shirani bir tomchisini prizmaga tomiziladi. Prizma yuqori qismini tushirib, uni xarakatlantirib, pastki qismi bilan jips xolga olib kelinadi.
Prizmani maxkam qotirgandan so’ng okulyar orqali uni jildirib ko’rish maydonini yorug` va qorong`i chegarasini aniq topib olinadi. Bu chegarani shunda topingki u punktir chiziq ustiga tushsin va shundan so’ng shkaladan quruq moddalarning foiz miqdori topiladi. Refraktometrni ko’rsatishini aniqlayotganda tajriba o’tkazilayotgandagi xaroratni bilib olish kerak, chunki shkalani ko’rsatishi 200C da xaqiqiy buladi. Agar aniqlash boshqa xaroratda o’tkazilgan bo’lsa, tuzatish koeffitsienti kiritiladi.
Qora rangli maxsulotlarni tekshirilayotganda ulardan refraktometr prizmasiga solish uchun suyuq qismini ajratib olish qiyin.
Bunda quyidagicha: chinni kosachalarni tekshirilayotgan maxsulotdan texnik tarozida 5-10 g olinadi. Namunaga bir xil miqdorda tozalangan qum solinadi va namuna massasi bilan teng miqdorda distillangan suv quyiladi. Aralashmani ikki qavat qilib quyilgan, dokaga solinadi, siqib olingan suyuqlikdan ikki tomchi refraktometr prizmasiga tomiziladi va kursatgichi aniqlanadi.
Tajriba natijalarini xisoblash.
Quruq moddalar miqdorini quyidagi formula orqali xisoblanadi.
X2=2a
bu yerda: a-refraktometr ko’rsatkichi, xaroratga tuzatish koeffitsienti bilan; 2- aralashtirish darajasi.
Parallel olib borilgan tajribalar natijasining xatosi 0.2% dan oshmasligi kerak.
Download 90.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling