Konstitusiyaga o’zgartirish kiritish tartibi Reja


Download 66.82 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1407352
  1   2   3   4
Bog'liq
Konstitusiya



Konstitusiyaga o’zgartirish kiritish tartibi
Reja:

  1. Konstitusiya- davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni

  2. Konstitutsiya nima, uni o'rganish nima uchun kerak?

  3. Kon­stitutsiyaning talabga javob beradigan shaklda bo'lishi

  4. Konstitutsi­yaga o’zgartirish kiritish masalalari



Konstitusiya- davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni
Mustaqil yurtimizda tom ma’nodagi yangi jamiyat barpo etish borasida bugunga qadar erishgan yutuqlarimizning, hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan demokratik amaliyot va an’analarni joriy etish borasida, shuningdek davlat hokimiyatini tashkillashtirish va faoliyatida inson huquqlari va manfaatlari g’oyalariga sobitlik bilan tayanib ish ko’rayotganligimiz natijasida xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tibori mustahkamlanib borayotganligining guvohimiz.Bugun xalqimizning tinch-osoyishta hayoti va ertangi kunga bo’lgan ishonchining negizida Konstitusiyamizda belgilangan asosiy qoida va huquqiy asoslar yotganligi barchamiz tushunib yetdik. Milliy davlatchiligimizning chuqur ildizlari va dunyo mamlakatlarining konstitusionalizm amaliyotini joriy etishdagi ilg’or tajribasiga asoslangan holda rivojlanayotganligiga ham mana yigirma bir yil vaqt o’tdi. Tabiiyki, hayot bir joyda to’xtab turmaydi, u doimo harakatda va o’zgarishda shunday ekan, yurtimizni har tamonlama rivojlantirishning har bir bosqichida yangi-yangi muammolar paydo bo’ladi va ularni hal etish bo’yicha zamon bizning oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo’yadi. Fuqarolarimizning bugungi tinch-totuv hayoti va yurtimizda tarkib topgan barqarorlikni hyech kim inkor eta olmaydi va har birimiz uni qadrlashimiz hamda asrashimiz darkor. Asosiy Qonunimizda belgilangan siyosiy sohadagi asosiy vazifalardan biri xalqning boy turmush tajribasiga asoslangan holda respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratik prinsiplarni qaror toptirishdir O’tgan yillar davomida Konstitusiyamiz matniga bir qator muhim va salmoqli o’zgartirishlar, tuzatish va qo’shimchalar kiritishni davr o’zi taqoza etdi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitusiyaga o’zgartish va qo’shimcha kiritilgan bo’lib, "O’zbekiston Respublikasining Konsti­tusiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida«gi O’zbekis­ton Respublikasining qonuniga asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77-modda 1-qismidagi „150 nafar deputatdan“ degan so’zlar „deputatlardan“ degan so’z bilan almashtirildi[1]. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunchilik tashab­busi huquqidan foydalanib 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tish va 2004 yilda bo’ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib, tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiya­sida bu masalaning hal etilishini dastlabki muhokamasi bo’lib, 2002 yil 4 aprelda O’zbekiston Respublikasining „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida“gi Konstitusiyaviy qonuni qabul qilingan. Mazkur qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi „O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida“gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvo­fiq Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Konstitusiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag’ishlangan bo’lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag’ishlangan, kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq uning 76-moddasida „O’zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil“ degan qoida mustahkamlandi. Konstitusiyaning O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga bag’ishlangan XIX bobiga ham o’zgartish kiritildi. Kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq Konstitusiyaning 89-moddasidan „O’zbekis­ton Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi“ degan qoida chiqarib tashlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o’tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko’ra, O’zbekiston Respub­likasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-bandiga ko’ra esa, amnistiya to’g’risidagi hujjat­larni qabul qilish haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi­ning Senatiga taqdimnoma kiritishi va O’zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni avf etishi belgilandi. Ilgari O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya to’g’risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi. Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasi moqomiga bag’ishlangan XX bobiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitusiyaning 98-moddasida „Vazirlar Mahka­masi tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi“ degan qoida mavjud bo’lgan bo’lsa, hozirda 98-moddaning ikkinchi qismida „Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllan­tiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Res­publikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi“ degan qoida mavjud.Shuningdek, Konstitusiyada O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda 5-qismiga „O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O’zbekiston Respub­likasi Prezidentining topshirig’iga binoan xalqaro munosabat­larda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida, O’zbekiston Respub­likasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi“, 6-qismiga esa O’zbe­kiston Respublikasi Prezidenti ushbu Konstitusiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlis­larida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O’zbekiston Respubli­kasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli» degan qoidalar kiritildi. Mazkur kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq O’zbe­kiston Respublikasi Bosh vaziriga O’zbekiston Respublikasi Prezi­dentiga Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish vakolati berildi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yillar o’tgani sayin biz Konstitusiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi o’rni va ta’sirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz. Konstitusiya har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi o’rni va turmush tarzini belgilab beradigan asosiy qonundir. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimizning inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini ifoda etib, milliy davlatchiligimiz rivoji, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga asoslangan, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishning mustahkam yo’lini belgilab berdi. Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy yo’li aniq ifodalab berilgan bu qomusiy hujjatda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo’linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilangan. Inson huquq va erkinliklari Konstitusiyamizda muhrlab qo’yilganligi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning bosh omili bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo’lsak, bularning poydevorida Konstitusiyamiz — buyuk hayotimiz qomusi turibdi. Bu esa, o’z navbatida, Bosh Qomusimiz xalqimizning ruhiyati, ma’naviyati va orzu-intilishlariga hamohang tarzda yaratilganining amaldagi yaqqol ifodasidir. Mustaqillik yillarida hayotning hamma jabhalarida — el-yurtimiz tinch¬ligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida qaror toptirish, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatimizni modernizasiya qilish borasida qanday ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsak, barchasining zamirida Konstitusiyamizda kafolatlangan huquqlar, g’oyalar, prinsiplar mujassam ekanini bugun har bir yurtdoshimiz chuqur his etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Konstitusiyani „xalqchil qomus“ deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, suveren respublikamiz Konstitusiyasi — inson va fuqaro huquqlarining demokratik xartiyasi bo’lib, u huquqiy va insonparvar davlatni shakllantirishning strategik dasturi vazifasini o’tab kelmoqda. Konstitusiya — davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi. U eng taraqqiy topgan, rivojlangan davlatlarning konstitusiyaviy tajribalariga tayanish bilan birga, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan hujjat ekanini namoyon etmoqda. Konstitusiya o’zbek davlatchiligini zamonaviy, ma’rifiy asosda qayta tiklash, tinch-totuv yashash va tinchlikni barcha choralar bilan mustahkamlash, demokratiyani chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiq qolish, adolatli huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni ta’minlash kabi vazifalarga mas’ul va kafolat bo’lib hisoblanadi. Zotan, Yurtboshimiz ta’kidlab aytganidek: „Bizning Konstitusiyamiz umuminsoniy — tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug’ g’oyalarga xizmat qiladi“. Bu esa aynan xalqimiz asrlar osha ardoqlab kelayotgan eng ezgu fazilatlar — tinchlik-totuvlik, o’zaro hamkorlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, jamoaning fikriga bo’ysunish, oila muqaddasligi va boshqa ko’plab qadriyatlarining Bosh Qomusimizda aks ettirilgan huquqiy ifodasi ekanining yana bir isbotidir. Konstitusiyamizning ikkinchi bo’limi bevosita „Inson va fukarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari“ deb nomlangan bo’lib, unda insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari alohida boblar va moddalarda mustahkamlangan. Darhaqiqat, inson — hayot gultoji. Uni e’zozlash, uning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish haqiqiy demokratik, adolatli davlatga xosdir. Bu o’zaro mehr-oqibatli bo’lish, yon-atrofdagilarga hurmat-ehtirom ko’rsatish hayot tarziga aylangan xalqimizga xos fazilatlardan hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning 13-moddasida qayd etilganidek, „O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi“. O’tgan yillar davomida mana shu ezgu maqsadlar yo’lida yurtimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Inson manfaatlarini muhofazalashga qaratilgan milliy qonunchilik tizimi yaratilgani va izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani samarasini bugun ona-yurtimizda yashayotgan har bir insonning munosib hayot kechirishida, aholi farovonligi, jamiyat barqarorligi, obod shaharu qishloqlar misolida yaqqol ko’rish mumkin. Mamlakatimizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi¬moyalanish, mulkdor bo’lish, keksayganda, mehnatga layoqatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot, bilim olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitusiyamiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratlashtirish va yangilash, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashning, shuningdek, ishonchli va istiqbolli xalqaro hamkorlikning mustahkam huquqiy negizi bo’lib xizmat qilmoqda.Iqtisodiyotimizning rivojlanishi va o’sish sur’atlari ta’minlanishida Konstitusiyamizda belgilangan huquqiy asoslar muhim omil bo’lmoqda. Mamlakatimizda xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, iqtisodiyotda uning salmog’i ko’payishi, tadbirkorlik uchun yanada qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish, davlat tuzilmalarining tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvini cheklash borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olish, hisobotlar taqdim etish, ruxsat berish tartiblarining soddalashtirilgani hamda tekshirishlarning qisqartirilgani, huquqiy ta’sir choralarini sud orqali qo’llash tartibining joriy etilgani, moliyaviy javobgarlikning erkinlashtirilgani bu jarayonda muhim o’rin tutadi. Konstitusiyamiz asosida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi o’laroq o’tgan yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o’sdi, o’rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko’paydi. 2008-2009 yillarda yuz bergan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz jahonning eng taraqqiy etgan davlatlarini ham tang ahvolga solib qo’ygan, ko’plab yirik moliya muassasalari kompaniya va firmalar kasodga uchragan, ishlab chiqarish orqaga ketgan, millionlab kishilar ish joyidan mahrum bo’lgan bir mushkul sharoitda O’zbekistonda iqtisodiyot o’sish sur’atlari 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etdi. 2010 yilning birinchi yarim yilligida esa yalpi ichki mahsulot 8,0 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 11,8 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi 6,9 foizga, qurilish ishlari hajmi 11,5 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 10,3 foizga, ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 10,9 foizga o’sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdordagi profisit bilan ijro etildi, inflyasiya darajasi prognoz ko’rsatkichlaridan past bo’ldi. Asosiy Qonunimizda mulk shakllarining daxlsizligi, mulkdorlarning huquq va erkinliklari kafolatlangan boshqa muhim qoidalar tufayli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Kichik biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi joriy yilning to’qqiz oyida 48,5 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda Konstitusiyamiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz obodligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashning, shuningdek, O’zbekiston o’zining ishonchli va istiqbolli sherigi deb bilayotgan jahondagi ko’plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlarining mustahkam huquqiy negizi bo’lib xizmat qilmokda. Istiqlol yillarida mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo’lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish, birinchi galda, sudlarning amaldagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash borasidagi ishlar bugun o’z samaralarini bermoqda. Zero, bugun xalqaro hamjamiyatda iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni saqlash hamda jamiyatni ravnaq toptirish jarayonida o’zaro muvozanatni ta’minlash, jumladan, huquq va huquqni qo’llash institutlarini rivojlantirish orqali qulay shart-sharoit yaratish eng dolzarb masalalardandir. Bunda sud hokimiyati alohida o’rin tutishi, shubhasiz. Chunki sud — odil sudlovning oliy nuqtasi va uning mavqyeini oshirish huquqiy davlat barpo etish yo’lidagi qonuniy jarayondir. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda o’lim jazosining bekor qilinishi, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o’tkazilishi inson huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash yo’lida muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat qurish yo’lidagi keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish doimiy e’tiborda bo’lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilning Barkamol avlod yili deb e’lon qilingani ana shu ezgu ishlarning mantiqiy davomidir. Barkamol avlod yiliga bag’ishlab ishlab chiqilgan Davlat dasturi va shu asosda bajarilayotgan amaliy ishlar istiqlolimizning dastlabki kunlaridan Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan izchil siyosatda farzandlarimizga berilayotgan e’tiborni yanada kengaytirish va kuchaytirish uchun yangi ¬imkoniyatlarni safarbar etishga qaratilmoqda. Avvalo, bolalar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni uyg’un kamol toptirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o’zgartish va qo’shimchalar kiritish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, onalar va bolalar salomatligini himoya qilish, farzandlarimizni sportga keng jalb etish, bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash singari masalalar shular jumlasidandir. »Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armani tashkil etish to’g’risida«gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 noyabrdagi Qarori ta’lim muassalarini kompleks modernizasiya qilish bo’yicha olib borilayotgan faoliyatning tizimliligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan. »Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida«gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bolalarni himoya qilishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga, voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning, shuningdek, ota-onalarning, vasiylik va homiylik organlarining yosh avlod uchun mas’uliyatini oshirishga qaratilgandir. »Sog’lom ona — sog’lom bola" dasturini amalga oshirib borishni ta’minlash, onalarning reproduktiv salomatligini, bolalar va o’smirlar sog’ligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktik sog’liqni saqlashni ustuvor darajada rivojlantirish, tibbiyot xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi va uni tarbiyalash masalalari bo’yicha aholi o’rtasida tushuntirish ishlarini yanada faollashtirish orqali sog’lom avlodni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, yoshlarda sog’lom va ahil oila qurishga intilishni shakllantirish vazifasi ham hukumatimizning doimiy diqqat-e’tiborida bo’lib kelmoqda. Ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash yuzasidan hukumatimiz tomonidan 2010 yil 20 avgustda maxsus qaror qabul qilinib, bu yo’nalishda ham katta amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy davlat barpo etish jarayonida aholi huquqiy savodxonligining oshishi alohida ahamiyatga ega. Zero, bu fuqarolarning demokratik yangilanishlardagi ishtirokini yanada oshirishga xiz¬mat qiladi. Mamlakatimizda Konstitusiyamizni o’rganish va uning mazmun-mohiyatini aholi, xususan, yoshlar ongiga chuqur singdirish masalasiga ham alohida e’tibor karatilmokda. Prezidentimizning 2001 yil 4 yanvarda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida«gi Farmoyishi bunda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Konstitusiyamiz mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lida, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, yurtimizda demokratiya va umuminsoniy prinsiplarni amalga oshirishning mustahkam asosi bo’lib xizmat qilmoqda. Asosiy Qonunimiz bundan keyin ham Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizasiya qilish hamda jamiyatni yangilash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning huquqiy asosi bo’lib qolaveradi. Xalqimizning farovon turmushi va buyuk kelajagini ko’zlagan ushbu islohotlarni hayotimizda samarali tatbiq etish jarayoniga hissa qo’shish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Konstitusiya mamlakatimizda davlat hokimiyatini demokratik asoslarda shakllantirishga va nodavlat tuzilmalar faol ishtirokini ta’minlashga imkoniyat yaratib berdi. Unga ko’ra, endilikda ijroiya hokimiyati organlari shakllanishida siyosiy partiyalar faol ishtirok etib, hukumatning umumdavlat dasturlari yaratilishida bevosita ishtirok etmoqdalar.
Mamlakatimiz oldida turgan dolzarb vazifalarning murakkabligi va ko’lami kengligi davlat hokimiyati tizimini hamda uning konstitusiyaviy asoslarini yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Bu xususda muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish bo’yicha taklif etilgan islohotlar muhim siyosiy-huquqiy voqyelik bo’ldi. Unda ilgari surilgan g’oyalar mamlakatimizni modernizasiya va isloh qilishning muhim yo’nalishlarini belgilab berdi.
Bu borada 2011 yil 28 aprelda qabul qilinganO’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu Qonun respublikamiz oliy davlat hokimiyati organi bo’lgan Vazirlar Mahkamasini shakllantirilishida yangi, yanada demokratik tartibning joriy etilishiga asos soldi. Mazkur qonun mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining subyektlari: davlat rahbari — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sosial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish kabi muhim maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Mustaqil yurtimizda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etish, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan shu kabi islohotlar xalqimizning buguni va kelajagining ishonchli asoslarini belgilab bermoqda. Uning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xizmat qilmoqda.
Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun Konstitusiya to’g’risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida gapirar ekanmiz, Asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatlarining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo’yilganini yana bir marta ta’kidlab o’tish o’rinlidir.
Demak, Konstitusiya davlatning ijtimoiy va davlat tuzumini, saylov tizimini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyatini, fuqarolarning huquq va burchlarini belgilab beruvchi Asosiy qonun ekanligidan tashqari, u bugungi amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning g’oyaviy-huquqiy asosidir. Undan tashqari, u huquqiy hujjat sifatida jamiyatning ijtimoiy tuzumini tartibga soladi, siyosiy va ijtimoiy hayotning huquqiy mezonlarini belgilab beradi.

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling