Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari


Download 24.54 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1087311
Bog'liq
Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erki


KONSTITUTSIYAMIZDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
Meyliyev Shaxzod
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
Ilmiy raxbar: Xajiyev. R

ANOTATSIYA


Ushbu maqolada konstitutsiyamizda insoning huquq, erkinliklari va qonunda belgilangan fuqarolik burchlari haqida mulohaza qilinadi.
KALIT SO’ZLAR
Konstitutsiyaviy huquq,hozirgi vaqtda, konstuitutsiyaning mazmun-mohiyati,jami
yatimizdagi o’rni haqida ma’lumot beruvchi manba hisoblanadi. Yanada kengroq
ma’noda aytadigan bo’lsak , konstitutsiyaviy institutlar haqida bilimlar, konstitutsi
yaviy normalar orqali tartibga solinadigan munosabatlar va qonunchilikni rivojlan
tiruvchi qarashlar tizimi hisoblanadi. Fuqarolar o’z konstitutsiyaviy huquqlarini
anglashlari ,konstitutsiyada belgilab qo’yilgan inson huquqlari va erkinliklarining
ta’minlanishi hamda himoya qilinishini bilishlari lozim. Konstitutsiyaviy huquq va
majburiyatlarni fuqarolar orasida singdirish, ta’lim berish zarur ahamiyat kasb
etadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda tizimli ravishda
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu islohotlarning bosh maqsadi,
avvalambor, insonlarning qonunlardagi mustahkamlangan huquqlari va
erkinliklarini amalga oshirishdir. Qator islohotlar zamirida barcha masalalarga
e’tibor qaratilmoqda. Barchamizga ma’lumki, insonning sha’ni, qadr- qimmati va
boshqa huquqlari eng oliy qadriyat deb e’tirof etilgan. Adolat, tenglik,
fuqorolarning huquqi va erkinliklaridan sud qarorlarisiz mahrum etib bo‘lmasligi
Konstitutsiyamizning 19-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu moddada
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari
va burchlari bilan o‘zaro bog’liqdir. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas’’,-deb
ko‘rsatilgan.
Asosiy qonunimiz qabul qilinganidan o‘tgan 29 yil mobaynida unga bir
qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, bularning barchasi davlat
hokimyatini tashkil etishda, faoliyat ko‘rsatishda, fuqarolar ta’sirini kuchaytirish,
fuqarolarning huquqlarini va erkinliklari muhofaza etishda odil sudlovning o‘rnini
mustahkamlashga qaratildi. Yurtimizda juda ko‘plab millat va elatlar yashaydi.
Ular har bir sohada yurtimiz ravnaqi uchun mehnat qilib kelmoqdalar.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston
Respublikasi barcha fuqarolar bir-xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan
qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar’’. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Bizning
Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimizning kafolatidir. Mamlakatimizda inson
manfaatlari hamma narsadan ulug’ degan tamoyil asosida keng qamrovli ishlar
amalga oshirilmoqda. Aholi o‘rtasida sayyor uchrashuvlar, xalq bilan yuzma-yuz
muloqotlar o‘tkazilib, ularning orzu istaklari, turli muommolari o‘z yechimini
topdi. Albatta, xalqimizning bunday orzu istaklarning ro‘yobi ularni yanada
jipslashtirdi. Ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi
Yurtimizning har bir tuman, shaharda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Xalq
qabulxona”lari tashkil etildi. Hozirgi kunda xalq qabulxonalari fuqarolar
manfaatlarini ta’minlovchi ishonchli maskanga aylandi. Ilgari yurtimiz fuqarolari
biror bir muommoni hal qilish uchun tashkilotlar eshigi tagida soatlab navbat kutar
edilar. Fuqarolarning muommolarini yengillashtirish, xalqning dardini eshitish
uchun Prezident virtual qabulxonalari joriy etilishi ham yurtimizda inson
huquqlari, erkinliklari va burchlariga katta e’tibor berilayotganligining yorqin
dalilidir. Darhaqiqat, fuqarolarimizga berilayotgan mana shunday huquq va
erkinliklar farovon.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Fuqarolik kodeksining yangi tahriri
muhokamaga qoʻyilgan.
Yangi tahrirda bular muhokamaga quyilgan:
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, fuqarolik muomalasi
qatnashchilarining хohish-istagini ifodalash erkinligi va mulkiy mustaqilligiga,
mulkning daхlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, хususiy ishlarga biron-bir
kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik
huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini,
ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi;
fuqarolar (jismoniy shaхslar) va yuridik shaхslar oʻz fuqarolik huquqlariga oʻz
erklariga muvofiq ega boʻladilar va bu huquqlarini oʻz manfaatlarini koʻzlab
amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda
erkindirlar
Boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari
ushbu Kodeksga zid boʻlishi mumkin emas. Idoralar, vazirliklar va boshqa davlat
organlari ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va
doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatini bilmaslik yoki uni toʻgʻri tushunmaslik ushbu hujjatni
qoʻllamaslik yoki unda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etish uchun asos
boʻlmaydi.
Bu yangi tahrirda belgilanishicha, fuqarolik huquq va majburiyatlari qonunda
nazarda tutilgan asoslar, shuningdek fuqarolar va yuridik shaхslarning qonunda
nazarda tutilmagan boʻlsada, biroq umumiy tamoyillar va fuqarolik huquqlari va
majburiyatlari keltirib chiqaradigan fuqarolik huquqi mazmuniga muvofiq
harakatlaridan vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagi asoslarga binoan vujudga keladi:
qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi
qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa-da, lekin unga zid boʻlmagan shartnomalar va
boshqa bitimlardan;
qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda
tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
hujjatlaridan;
sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
qonun yoʻl qoʻyadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, iхtirolar va boshqa intellektual faoliyat
natijasida;
boshqa shaхsga zarar yetkazish natijasida;
asossiz boyib ketish natijasida va boshqalar.
Shuningdek, loyihada fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini,
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga
boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish
tartibini belgilovchi normalar, boshqa korporativ va tadbirkorlik munosabatlari,
shartnomaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek mulkiy va nomulkiy
munosabatlar va h.k. bayon etilgan.
Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling