Ko’p qavatli uyning umumiy mulkini saqlash va boshqarish bo’yicha


Download 46.36 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi46.36 Kb.
#1467104
  1   2   3   4   5
Bog'liq
узб Договор жилой2023



Ko’p qavatli uyning umumiy mulkini saqlash va boshqarish bo’yicha
№______ SHARTNOMA



Toshkent sh.

«____» ______________ 2023 y.

Bundan keyin «Boshqaruv servis kompaniyasi» deb yuritiluvchi «EXCLUSIVE HOUSE SERVICE BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI» MChJ Ustav asosida ish yurituvchi vakili – MChJ direktori D.G. Kudratova bir tomondan, bundan keyin «Xonadon egasi» deb yuritiluvchi ____________________________________________________ manzilda joylashgan umumiy maydoni __________m2 bo’lgan xonadon egasi __________________________________________________lar ushbu shartnomani tuzishdi. Mulkdorlar umumiy yig’ilishining qaroriga, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152 sonli «Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan ushbu shartnoma amalga oshiriladi.
1. UMUMIY SHARTLAR.
1. Xonadon egasi – ko’p qavatli uydagi tura-joy xonadoniga egalik huquqiga ega bo’lgan shaxs. Xonadon egasi ko’p qavatli uydagi umumiy mulkga ulushli egalik qilishning ishtirokchisi bo’lib, umumiy mulkni saqlash bo’yicha umumiy xarajatni o’z zimmasiga oladi. Xonadon egasining umumiy mulkka umumiy egalik huquqidagi ulushi unga tegishli bo’lgan xonadon maydonining umumiy maydoniga mutanosibdir.
1.2.Boshqaruv servis kompaniyasi – ushbu shartnoma asosida ko’p kvartirali uydagi umumiy mulkni boshqaruvchi va umumiy mulkni saqlashni ta’minlaydigan, unga ushbu shartnomaga 1-ilovada keltirilgan xizmatlar ko’rsatishda sifat texnik reglamentlar talablariga va umumiy mulkni saqlash bo’yicha belgilangan qoidalarga muvofiq bo’lgan holda umumiy mulk egalari oldida javobgar bo’lgan yuridik shaxs.
1.3. Ko’p kvartirali uydagi umumiy mulk – ko’p kvartirali uydagi umumiy xonalar, o’rab turuvchi inshoatlar, zinapoyalar, liftlar, yo’laklar, yerto’la, tom va cherdaklar, uyning muxandislik tarmoqlari, binolarning atrofida yoki ichida joylashgan va bir nechta xonadonlarga xizmat ko‘rsatadigan aloqa, mexanik, elektr, sanitariya va boshqa jixozlar va qurilmalar va boshqalar .



Download 46.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling