Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi


Download 43.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi43.83 Kb.
#1107138
Bog'liq
Svetafor xabari



Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi
mashg‘ulotda yaratilgan muntazam burchakning diagonallari nomli ilova ishini
avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik tartibiga
o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga oshirib,
uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Ilovani Delphi ga qayta yuklab,
unga Timer obyektini joylaymiz. Uning Enabled xossasining qiymatini
yolg‘onga o‘tkazamiz. Button1 tugmasining sarlavhasini Start ga
o‘zgartiramiz. Bu tugmani ikki marta bosib, hosil bo‘lgan protseduraga
quyidagi ikki operatorni kiritamiz:
Form1.Timer1.Enabled:=not Form1.Timer1.Enabled;
if Form1. Timer1.Enabled =True then
Form1.Button1.Caption:='Stop' else
Form1.Button1.Caption:='Start'
Birinchi qatordagi operator Timer1 ning faolligini Enabled xossasi
yordamida teskarisiga o‘zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni
Enabled qiymatiga qarab Stop yoki Start qilib o‘zgartiradi. Timer1 ni ikki
marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch operatorni kiritamiz:
Form1.SpinEdit1.Value:=form1.SpinEdit1.Value+1;
if Form1.SpinEdit1.Value>40
then Form1.SpinEdit1.Value:=3; diagonallar;
Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi. Keyingi
operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi.
Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning diagonallarini chizib chiqadi.
1. Oldingi amaliy mashg‘ulotdagi topshiriqlarda ilovalarga Timer
obyektini joylang va geometrik shakllarni 2 sekund interval bilan ekranga
chiqaring.
2. Button va Label obyektlaridan foydalanib soat dasturini tuzing.
3. Ilova oynasining eni 100 dan 800 gacha sekundiga 20 marta 1 qadam
bilan o‘zgaradigan ilova yarating.
4. Svetofor ilovasini ishlab chiqing. Qizil va yashil shiroqlar 5 sekund,
sariq chiroq 1 sekund yonsin. Chiroqlar o‘chganda kul rangga o‘tsin.
4.1. Ilova Oynasini yarating va unga Timer obyektini joylang.
4.2. Ilova kodi oynasiga o‘tib, var Form1:TForm1; operatorini toping
va undan keyin var i:integer; operatorini kiriting;
4.3. Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi
operatorlarni kiriting:
procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject);
begin
i:=i+1;
MAVZU:

Svetofor xabari” loyihasi: Label
komponenti 


if i mod 12 =1 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clRed;
canvas.Ellipse(20,20,70,70);
end;
if i mod 6 =0 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clYellow;
canvas.Ellipse(80,20,130,70);end;
if i mod 12 =7 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clGreen;
canvas.Ellipse(140,20,190,70);
end; end;
4.4. Bu protseduradan oldin light_off protsedurasini kiriting:
procedure light_off;
begin
form1.canvas.brush.Color:=clBlue;
form1.canvas.Rectangle(10,10,200,80);
form1.canvas.brush.Color:=clGray;
form1.canvas.Ellipse(20,20,70,70);
form1.canvas.Ellipse(80,20,130,70);
form1.canvas.Ellipse(140,20,190,70);
end;
4.5. Ilovani ishga tushirib, uning ishini kuzating:
Parolni kiritsh oynasi
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uningxossalari.
Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma’lumotlarni
kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli
ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir.
Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib
joylashgan va uning yorlig‘i .Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi
obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor.
Unda Caption xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga
ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn


satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini
bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari. Edit obyektining yana
bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga
kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan,
maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi kerak bo‘lsa, MaxLengthni
4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga adashib boshqa ma’lumotlarni
kiritib yuborishning oldini oladi. Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font
bo‘lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift
o‘lchami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish mumkin.
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi. Ilovada foydalanuvchi o‘z nomini va
hamma uchun umumiy bo‘lgan parol: “12345” ni kiritishi kerak bo‘lsin. Buning
uchun Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita Label, uchta
Edit, bitta Button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori
(Object Inspector)da quyidagicha o‘zgartiramiz:
Form1.Caption:=’Oltinchiilova’;Label1.Caption:=’’;
Label2.Caption:=’’;Button1.Caption:=’OK’;
Edit1.Text:=’’;Edit2.Text:=’’;Edit3.Text:=’’;
Edit2.Passwordchar:=#42;Edit3.ReadOnly:=True;

Download 43.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling