Ko‘pchilikka ma'lumki aqsh dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda aqshning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan


Download 10.16 Kb.
Sana12.01.2023
Hajmi10.16 Kb.
#1089713
Bog'liq
AQSH $ kurs ishi


Ko‘pchilikka ma'lumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul so‘rashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun ko‘pincha 1 dollar berishadi.
Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.
Download 10.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling