Ko‘prik kechuvlari qidiruvlarida dala ishlari. Reja


Download 122.6 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi122.6 Kb.
#1052914
  1   2   3
Bog'liq
4.4.KO‘PRIK KECHUVLARI QIDIRUVLARIDA DALA ISHLARI


Ko‘prik kechuvlari qidiruvlarida dala ishlari.
Reja:



  1. Topografik – geodeziya ishlari.

  2. O’tish joyining tafsilotli planini tuzish.

  3. Muhandis geologik tadqiqotlar .

  4. Stvorlarni rejalash.

  5. Burg’ulash ishlari.

  6. Daryo vodiysini geologikgeologik profillarini tuzish.

  7. Aerofotosyomkalar.

Qidiruvlarning kameral davrida va texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun ko’prikli o’tish joyini qurish bo’yicha umumiy dastlabki mulohazalarni tuzishdan keyin batafsil texnik qidiruvlar davri keladi, u dalada olib boriladigan geodezik, geologik, gidrometrik, gidrologik va boshqa ishlardan iborat bo’lib, bular ayni bir vaqtda ko’prikli o’tish joyi loyihasini ishlab chiqishdan oldin bajariladi.


Ko’prikli o’tish joylari qidiruvlarida topografik s’yomkalar rel’efni batafsil tasvirlash va daryo vodiysining tafsilotli hususiyatlarini batafsil tasvirlash uchun zarur bo’lgan, o’tish joyi variantini batafsil asosli tanlash va inshootlarni loyihalash uchun yetarli hajmdagi materiallarni olish maqsadida bajariladi. Topografik ishlar tarkibiga avvalambor ikki planni s’yomka qilish kiradi: ko’prikli o’tish joyi trassasini o’tkazishdagi barcha mumkin bo’lgan variantlar zonasini qamrab oluvchi tafsilot plani; o’tish joyi inshootlarini-ko’prikka kirish (o’tish, borish) yo’llari; boshqarish inshootlari va hokazolarni bevosita loyihalash uchun zarur bo’lgan batafsil (yirik masshtabda va gorizontallarda) plan.
Kameral ishlar davrida yig’ilgan kartografik (geografik) materiallar yetarlicha bo’lmaganida yoki eskirib qolganida tafsilot plani olinadi. Trassalashda o’zani o’zgaruvchan daryolar uchun eski s’yomka kartalaridan, ayniqsa xo’jalik faoliyati oldin o’tkazilgan topografik s’yomkalar vaqtidan beri kuchli rivojlangan rayonlarda juda mayda masshtabli kartalardan foydalanishga ehtiyotlik bilan yondoshish zarur. Ayni bir vaqtda bu eski kartalar daryo o’zanining suriluvchanligini tavsiflash uchun juda foydalidir. Kartalarni asli bilan sinchiklab taqqoslash, yangi tafsilot ob’ektlarini yarim instrumental s’yomka qilgandan keyin mayda tuldirishlar kiritish kerak. Agar kartalardagi tuzatishlar juda k o’p bulsa, o’zanning yangi konturlari eski konturlaridan kuchli farq qilsa, bu kartalardan foydalanish mumkin emas.
O’tish joyining har qaysi varianti bo’yicha tafsilot plani daryoning yoyilib o’tishining butun kengligi bo’yicha, ko’tarma uchun hisobiy gorizontda suv kamaygan chiziqdan narida har ikki tomonga 200m dan zahira qoldirib olinadi. Daryo vodiysi bo’yicha s’yomka qilinadigan uchastka uzunligi o’tish joyining dastlabki belgilangan o’q chizigidan yuqoriga va pastga yoyilib o’ish kengligining kamida 1,5 qismi qadar qabul qilinadi. Agar trassa variantlari bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa, u holda umumiy tafsilot plani olinib, oqim bo’yicha yuqorigi variantdan yuqoriga va pastki variantdan pastga uzunligi bo’yicha yoyilib o’q kengligining kamida 1,5 qismi qadar zahira qoldiriladi. Planning ko’rsatilgan o’lchamlari taxminiy, minimal bo’lib, ko’prikli o’tish joyidan uzoqda joylashgan bo’lsa ham, loyihadagi hisoblashlarga va inshootlarning joylashuviga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan joy tafsilotini ko’rsatish uchun zarurdir. Masalan, qayirlar keng bo’lganida ko’shimcha qayir ko’priklarini joylashtirish ehtimoli bo’lgan irmoqlar va shohobchalarni (ularning manbaidan quyilish joyigacha) butunlay s’yomkalar bilan qamrab olinishi kerak.
Tafsilot planlarining masshtablari, odatda, o’zanining kengligi kamida 1000 m bo’lgan katta daryolar uchun 1:25000 va bopqa daryolar uchun 1:10000 qilib qabul qilinadi. Tafsilot planlari teodolit-taxeometrlar (kamdan-kam menzulalar) yordamida bajariladi. S’yomka qilish va planni chizish uchun iloji boricha s’yomka qilish chegaralariga yaqin joylashgan berk poligon asos bo’lib xizmat qiladi, uning tomonlari dalnomer bo’yicha qo’sh vizirlash (oldinga va orqara) yo’li bilan o’lchanadi
(1-rasm). Burchaklar trubaning ikki xolatida bir minutlik teodolit bilan o’lchanadi. Poligon uchlarining belgilari qo’sh vizirlab trigonometrik nivelirlash yo’li bilan aniqlanadi. Balandlik belgilari poligonning loaqil bitta nuqtasida aniq nivelirlash umumiy tizimiga (yaqindagi nishon, reperga) bog’langan bo’lishi kerak.


Download 122.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling