Korporativ menejment


Download 97.88 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi97.88 Kb.
#1245599
Bog'liq
КОРПОРАТИВ МИРЗАЕВ ХУМОЮНМИРЗО

Korporativ menejment

Tayyorladi:Mirzayev.X

Mavzu:Korporativ boshqaruvda raqobatning o’rni va ro’li.

REJA:

  • Korporativ boshqaruvda raqobat bozor iqtisodiyotining asosi.
  • Korporativ raqobat ko’rinishlari va antimonopol qonunchilik.
  • Raqobatli ajzallik va kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.

Korporativ boshqaruvda raqobat bozor iqtisodiyotining asosi.

  • Raqobat — bozorning asosiy sharti. aytish mumkinki, uning qonunidir». Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish uchun unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi.

Mustaqil tovar ishlab chiqaruvcbilar (korporatsiyalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Korporativ ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.

  • Mustaqil tovar ishlab chiqaruvcbilar (korporatsiyalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Korporativ ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.

Korporativ raqobat ko’rinishlari va antimonopol qonunchilik.

  • Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to'rtta shakii alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir
  • Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korporatsiyalar mavjud boladi va yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko'plab sotuvchilar o'zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.

    Erkin raqobat sharoitida yangi korporatsiyalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korporatsiyalаг esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin.

Monopoliyada tarmoqda asosan bitta firma hukmronlik qilishi sababli, u mavjud mahsulotning yagona yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.

Monopoliyada tarmoqda asosan bitta firma hukmronlik qilishi sababli, u mavjud mahsulotning yagona yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.

Bunday sharoitda firma narx va taklif hajmi ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.

Monopoliyaning mavjud bo‘lishi tarmoqqa kirish uchun to‘siqlaming mavjud bo‘lishiga sabab bo£ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‘siqlar yangi raqobatchilaming tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Antimonopol qonunchilik.

Antimonopol qonunchilik.

Davlatning asosiy vazifalaridan biri bu raqobatni himoya etish. Raqobatga nisbatan qarama-qarshi qutbda monopolizm yotadi. Binobarin, raqobatni himoya etishning asosiy dastagi, bu monopoliyalaming faoliyatini monopolizmga qarshi qonunchilik yordamida tartibga solishdir. Hozirgi zamon antimonopol qonunchilik ikkita asosiy yo‘nalishga ega:

  • baholar ustidan nazorat;
  • kompaniyalarning qo'shilishi ustidan nazorat.

Hozirgi davrda Respublikada agar korporatsiya ishlab chiqargan muayyan mahsulot bozoridagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korporatsiya monopolistik korporatsiya sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari uchun bunday mezon darajasi 200 foiz deb belgilangan.

Hozirgi davrda Respublikada agar korporatsiya ishlab chiqargan muayyan mahsulot bozoridagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korporatsiya monopolistik korporatsiya sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari uchun bunday mezon darajasi 200 foiz deb belgilangan.

Raqobatli ajzallik va kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.

  • Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va «ishlab chiqaruvchi uchun qiymat» hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik «ichki afzallik » deb ataladi. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya — bu xarajatlar bo’yicha afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau»siga asoslanadi.

Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.

Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.

Porter tomonidan 1982-yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va yetkazib beruvchilar kabi kuchlaming ta’siriga ham bog’liqdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 97.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling